1. Ishsizlik tushunchasi va uning paydo bo'lish sabablari. Ishsizlik turlari, shakllari



Download 352,44 Kb.
bet6/21
Sana05.07.2022
Hajmi352,44 Kb.
#742810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
qwert

Ishsizlik bo’yicha nafaqalar. Ishsiz deb e’tirof qilingan fuqarolarning toifasiga qarab, ularga beriladigan ishsizlik bo’yicha nafaqalar tabaqalashtiriladi: korxonalardan har qanday asos bilan ishdan bo’shatilayotganlar (shu jumladan, III guruh nogironlari va harbiy kuchlardan, davlat xavfsizligi va ichki organlardan bo’shatilganlar) ishsizlik boshlanishidan oldin 12 oy mobaynida kamida 12 kalendar hafta mobaynida to’liq ish kuni (haftasi) yoki to’liq bo’lmagan ish kuni (haftasi) sharoitida ishlagan bo’lsa, ishsizlik bo’yicha nafaqa qonunda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda va mamlakatda qaror topgan o’rtacha ish haqidan yuqori bo’lmagan miqdorda to’lanadi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim shaxslar ishsizlik bo’yicha beriladigan nafaqani qo’shimcha daromad manbai turlaridan biri deb qaraydilar, o’zlari esa mustaqil ravishda ish bilan shug’ullanadilar yoki shartnoma asosida ishlayotgan bo’ladilar.
ISHSIZLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING OLDINI OLISH YO’LLARI
Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari qandayligi to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar. Jumladan, bu masala klassik va keynsian maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzularidan biridir. Bu bahs xususida qisqacha to’xtalamiz.
Klassik (va neoklassik) nazariyaga ko’ra, ommaviy ishsizlikning asosiy sababi moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi. Ish haqi o’z muvozanat darajasidan oshib ketsa, mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi, mana shu uzilish ishsizlikni keltirib chiqaradi. Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarda ish bilan bandlikni o’z darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati inflyatsiyadir.
Mehnat bozorida ishsizlik yuzaga kelishining sabab-oqibatli omili bo’lmaydi. Chunki uning funktsiyasi ishchi kuchini tovar sifatida oldi-sotdisi sodir qilinishidangina iborat bo’ladi. Ishchi kuchining aniq bir paytda unga bo’lgan talab darajasidan ortiqcha bo’lishining asosiy sabablari mehnat bozoridan tashqarida yotadi. Ikkinchi tomondan esa, bozor iqtisodiyotida ishsizlik mehnat bozoridan tashqarida mavjud bo’la olmaydi, chunki mehnat bozorining o’zigina ishsizlikning miqdor va sifat jihatdan parametrlarini (ishchi kuchining ortiqchaligini) aniqlab beradi.
Ishsizlik o’zini keltirib chiqargan omillardan o’z rivoji uchun qudratli turtki olib, bozor iqtisodiyotining ajralmas bo’lagi bo’lib qoladi, bozor xo’jaligi sub’yektlari xo’jalik faoliyatining natijadorligiga, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir etaveradi.
Ishsizlik fenomenini talqin qiladigan bir necha kontseptsiya mavjud bo’lib kelmoqda. Hozirgacha mavjud nazariyalarda ishsizlik kapital jamg’arish jarayoni bilan bog’lab talqin qilinadi, bunda jonli mehnatga (doimiy kapitalga) bo’lgan ehtiyoj mashinalar va uskunalarga (o’zgaruvchan kapitalga) bo’lgan ehtiyojga qaraganda sekinroq oshib boradi deb hisoblanadi. G’arbdagi iqtisodiyot fanlarda biroz boshqacharoq nuqtai nazar ustunlik qilib kelmoqda: ishsizlik xuddi ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’min etilishi darajasi asosiy kapitaldan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aks ettiruvchi ko’rsatkich bo’lib, aslida resurslardan foydalanishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini o’zida aks ettiradi.
Ish bilan bandlikni va ishsizlikni tartibga solish yuzasidan mehnat bozorida davlat olib boradigan faoliyatning kontseptual asosi sifatida ko’p yillar mobaynida (XX asr 70yillarining oxirigacha) faol davlat siyosati tarafdorlari (keynschilar va institutsionalistlar)ning qarashlari xizmat qilib keldi.
Ishsizlik va uning yuzaga kelish sabablari hamda bartaraf qilinishi yo’llari xususidagi G’arb nazariyalaridan J.M.Keyns nazariyasi ayniqsa keng yoyilgani bo’ldi. Bu nazariya uning “Ish bilan bandlikning, foiz va pulning umumiy nazariyasi” deb nomlangan kitobida to’liq bayon qilingan. Keynsning fikricha, tarkibiy elementlari, bir tomondan, shaxsiy iste’mol tovarlaridan, ikkinchi tomondan esa, investitsiya tovarlari (ishlab chiqarish vositalari)dan iborat bo’ladigan “samarali talab” yetarlicha hajmda emasligi ishsizlikning hal qiluvchi sababi bo’ladi. “Ish bilan bandlikning hajmi va binobarin, ish bilan band emaslikning, yoki ishsizlikning hajmi mutlaqo muayyanlik tarzida talabning samarador hajmi bilan bog’langan bo’ladi”3. Keyns iste’mol tovarlari (shaxsiy iste’mol buyumlari) to’lovga qobiliyatli talabi yetarli emasligining bosh sababini kishilarning jamg’arishga moyilliklari oshib borishida va shunga muvofiq, iste’molga moyilliklari kamayib borishida deb biladi. Ishlab chiqarish iste’moli tovarlari talabi pastligining sababini esa u investitsiyalar yo’naltirishga rag’batlantiruvchi omillarning etishmasligida deb biladi.
Samarali talabning yetarli hajmda emasligi korxona egalarining kapital mablag’ sarflashdan kam manfaatdor bo’lishlari oqibatida investitsiya jarayonining sustligiga va binobarin, mehnatga layoqatli aholi “ish bilan to’liq bandligi”ning iloji bo’lmay qolishiga muqarrar ravishda olib keladi, bu esa ishsizlikning oshishiga sabab bo’ladi.
Keynsning fikricha, ishsizlik yalpi ijtimoiy talabning to’g’ridan-to’g’ri funktsiyasidir. Shunisi ham borki, ushbu funktsiyada ifodalangan bog’lanishlar bir-biriga teskari munosabatdadir, ya’ni iste’mol tovarlariga va investitsiya tovarlariga yalpi talab qanchalik kam bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, ushbu tovarlarga yalpi talab qanchalik ko’p bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past bo’ladi.
Keyns samarali talab yetarli emasligi noxush vaziyatidan qutulish chorasi yalpi talabni shakllantirishdagi davlatning rolini davlat sarf-xarajatlari kupayib borishi hisobiga, davlat talabi oshib borishi hisobiga yuksaltirishdan iborat bo’ladi deb bilgan edi. Bu esa investitsiya jarayonni faollashtirish maqsadida, iqtisodiy faol aholining yuksak darajada ish bilan bandligini ta’minlash, ishsizlikni mumkin qadar kamaytirish maqsadlarida investitsiya tovarlarga bozor talabining davlat tomonidan rag’batlantirib borilishi kerakligini anglatadi. Bu maqsadga erishishga moliya-byudjet, fiskal va kredit tizimlarining tashkiliy mexanizmi bo’ysundirilishi kerak. Bunday siyosat inflyatsiya tendentsiyalarining kuchayishi bilan bog’liq bo’lishi avval boshdanoq ayon bo’lsa-da, ushbu tarzdagi bo’ysundiruv zaruratdir.

Download 352,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish