1. “Karimov Bunyod” Yatt tashkiliy va iqtisodiy tavsifi



Download 452,12 Kb.
bet3/6
Sana16.03.2022
Hajmi452,12 Kb.
#495869
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Karimov Bunyod” YaTT

Bozor ko’rsatkichlarini shakllantirish tovar dizayni, uning shakli, rangi, og’irligi, o’rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi.
Shakl, rang va sifat tovarni xarid qilish to’g’risida qaror qabul qilishga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar hisoblanadi. Tovar to’g’risidagi birinchi taasurot uning tashqi ko’rinishi bilan bog’liq bo’lib, uning sifati va funksional xususiyatlari baholanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko’rinish tovarni sotib olishga undovchi motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari doirasini shakllantiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Bu esa iste’mol tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun ham xosdir.
Xaridorlarga ta’sir ko’rsatish, ularni tovarni sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin.
Shu bilan birga tovarni sotishda uning sifati ham katta rol o’ynaydi. Tovarning sifati bu - uning mazkur tovarga xos bo’lgan (masalan, xizmat qilish muddati, iste’mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig’indisidir.
Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu tovarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning bir-biridan farq qiluvchi variantlari va imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Tovar shakli tovarni tanib olishga va xaridorda u to’g’risida ma’lum bir tasavvur uyg’otishga ko’maklashadi.
Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari iste’mol tovarlari shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir.
Yangi tovarning iqtisodiy tahlili uni ishlab chiqish, bozorga olib chiqish va sotish bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek, zarur oborotga ega bo’lgan yangi tovarni ishlab chiqarish bilan asoslanuvchi tavakkalchilik va foydani baholash bilan bog’liq. Buning uchun zararsizlik tahlili uslubi qo’llanib, u savdodan tushuvchi daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’luvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar minimal hajmini tavsiflovchi zararsizlik nuqtasini belgilashga imkon yaratadi.



  1. Karimov Bunyod” YaTTda marketing faoliyatini
    boshqarishni tashkil etish


Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini
bir maqsadga yo’naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir.
Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad va tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to’g’ri va murakkabligi darajasiga qarab o’zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyusiya o’zgarishlari va tashqi muhit bilan o’zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko’rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo’naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat:

  • bozor imkoniyalarini tahlili;

  • maqsadli bozorni tanlash;

  • marketing kompleksini ishlab chiqish;

  • marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish.

Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti, marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa talab hajmini o’lchovi, bozorni segmentlash jarayonlari ko’rib o’tiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish, tovarga narx o’rnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida ishlar olib boriladi.
Keyingi bosqichda marketing chora – tadbirlarini amalga oshirishda strategik va taktik rejalashtirish, marketing faoliyatini nazorat qilish, korxonaning tashkiliy tuzilishi kabilar to’liq yoritib beriladi.
“Karimov Bunyod” YaTT tovarining individualligini, uning boshqa tovarlar orasida ajralib turishi, o’ziga xos va takrorlanmasligini ta’minlash uchun tovarga o’ziga xos nom berish muhimdir. Tovarning nomi ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va kommunikatsiyalarni osonlashtiradi. Ko’pincha, ayniqsa tovar nomi oson aytiladigan, tez esda qoladigan, ijobiy hislarni uyg’otadigan va o’ziga jalb qiladigan bo’lsa, u bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishisha garovi bo’ladi.
Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy muammo, chunki tovar nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajratish uchungina qo’llanilmaydi. Tovar nomi tovarning turini tavsiflashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg’ular uyg’otishi, reklama ta’siriga ega bo’lishi va o’ziga xos bo’lishi lozim.
“Karimov Bunyod” YaTT yangi tovari uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:

  • izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish;

  • biron-bir ma’lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy e’tirozlar qolmaguncha transformatsiya qilish(o’zgartirish);

  • yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakllantirish;

  • biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo’shib qo’yish uchun foydalanish.

Ma’lum bir nomdagi tovarni doimiy ravishda iste’mol qilish jarayonida xaridor bozorda mavjud bo’lgan ko’p sonli tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish xaridor ongida ijobiy his-tuyg’ularni uyg’otishga xizmat qiladi. Bu reaksiya tovar ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali yetkaziladi..
Marka bu - bitta yoki bir nechta tovar ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) mahsulotlarini identifikasiya qilish va uni raqobatchilar tovarlaridan farqlash maqsadida foydalaniluvchi nom, belgi, simvol, rasm, atama yoki ularning kombinasiyasidir. Marka bozorda tovarni tanib olish, boshqa tovarlardan farqlash va differensiatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Marka o’z ichiga marka nomi, marka belgisi va tovar belgisini kiritishi mumkin.

Download 452,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish