1. Madaniyat tushunchasida “tarixiylik va ilmiylik”


madaniyatni ta’sir etish obyekti sifatida o‘zlashtiradi; 2



Download 38,74 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2022
Hajmi38,74 Kb.
#599440
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madaniyatning inson va jamiyat hayotida tutgan o`rni

1. madaniyatni ta’sir etish obyekti sifatida o‘zlashtiradi;
2. madaniy qadriyatlarni tashuvchi va ifodalovchisi sifatida konkret madaniy muhitda faoliyat ko`rsatadi;
3. madaniy ijod subyekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi.
Madaniyat va shaxsning o`zaro munosabatlari, uning shaxsiy hayotida tutgan o`rni to‘g‘risidagi mulohazalarimizga yakun yasab, shuni aytish mumkinki, tabiat stixiyali qonunlar asosida rivojlanib borsa, insonning ichki dunyosini shakllantirish maqsadli, yo‘naltirilgan asosda tashkil etilishi mumkin. Bunda madaniyat insoniyatga shunday imkoniyatni yaratuvchi muhim vosita bo`ladi.
Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida, aql bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta’sir, ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Forobiyning fikricha, aql faqat insongagina xos bo`lgan tug`ma quvvat, ruhiy kuch bilan bog`liqdir. Uning aql, umuman bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi. U «Mantiq san’ati kishiga shunday qonunlar haqidagi ma’lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog`lom fikr yuritishga o`rganadi, - deb yozgan edi. Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika o`rtasidagi mushtaraklikni qayt etar ekan, mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir, degan fikrni bildiradi. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`ldan borishi uchun aqlni to‘g‘rilab turadi.
Forobiy logikasi musulmon Sharqida mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta turtki berdi. Uning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari inson tafakkuri rivoji uchun xizmat qiladi. Aqllilik bilimlik va mantiqiy fikrlash bilan chegaralanmay, u ma’lum axloqiy prinsiplar va axloqiy madaniyatni o‘zlashtirishni ham ham taqozo etadi. Har bir davrda jamiyat axloq, madaniyat mezonlari bilan baholanar ekan, madaniyatli inson ahloqsiz, e’tiqotsiz, imonsiz va aqlsiz insonlardan farqlanib turgan. «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, -degan edi Farobiy,- ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etuvchi iste’dod egasi bo‘lib, ular yomon ishlardan o‘zlarini chetga olib yuradilar. Yomon ishlarni o`ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim».
Forobiy o`rta asrlar sharoitida birinchi bo`lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Bu ta’limotda madaniyatli jamiyatning ko`p masalalari – davlatni boshqarish, ta’lim tarbiya, ahloq, ma’rifat, diniy e’tiqod urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.
Tabiat qonunlari kabi, insonning tabiati, ya’ni madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu o`zgarish faqat ilgarilab borish yoki yangi qadriyatlarning vujudga kelishidangina iborat bo‘lmasdan, balki biror-bir sohadagi buzilishlar, inqiroziy alomatlarning kuchayishi tufayli ham sodir bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyotining tabiiy muhitga, ma’naviy hayotga va boshqa sohalarga salbiy ta’siri fikrimizning dalilidir. «Inson,-degan edi N.Berdyayev,- eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam».
Madaniyatshunoslik fani madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilishda bilishining uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi.
1) Konkret davrning yaxlit qiyofasini, ya’ni uning badiiy obrazini yaratishga intiladi;
2) Insoniyat borlig‘ining umumiy dinamikasida davrning ma’naviy o‘rnini aniqlaydi (ijtimoiy ong tarixida, fanda, san’at va falsafada o‘rganiluvchi davrga berilgan bahoning evolyusiyasini ham o‘z ichiga oladi).
3) Konkret davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, uning muammolarini bizga qanday ta’sir etishini, hozirgi vaziyatning sotsial va individual kamchiliklarini ko‘rsatadi.
Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o`zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda sifat o`zgarishlari ham yuz beradi. Konkret tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to`g`risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari to`g`risida atroflicha ma’lumotga ega bo`lishimiz uchun biz shu davrning madaniyatiga murojaat qilishimiz lozim. Shuning uchun madaniyatshunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanishi tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o`rganish bilan birga, konkret tarixiy davrning ijtimoiy taraqqiyotida tutgan ma’naviy rivojlanishi bosqichlari, umumiy qonuniyatlari, o`ziga xos xususiyatlarini ham o`rganadi.
Madaniyatshunoslik ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko`plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko`rsatadi. Kishilarning fuqarolik va ma’naviy yetuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini ko`ra bilishda muhim ahamiyatga egadir. Har qanday davrning xususiyati va darajasi madaniyat rivoji bilan o‘lchanadi.
Madaniyatshunoslik fani insonda ziyolilik hissini tarbiyalash kabi muhim tarbiyaviy vazifani ham bajaradi. «Kishi qanchalik ziyoli bo`lsa,-degan edi D.S.Lixachev,- u shuncha ko‘p tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo`lsa, u hamma yangiliklarga va «juda eski»likka nisbatan shunchalik befarq bo`ladi, o`zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo`lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O‘tmishning madaniy qadriyatlarini va o‘zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko‘paytirish, estetik qimmatlarini qabul qila bilishining rivojlanib borishi madaniy-taraqqiyotining eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyati rivojlanishi tarixi bu nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o‘zga madaniyatlarni bilish ma’lum ma’noda gumanizm tarixi bilan qo‘shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to‘g‘ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir.
Madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushunchasini qo‘llanishiga qarab quyidagicha o‘rganadi:
a) Individual-shaxs madaniyati;
b) guruhiy madaniyat- milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy madaniyat;
v) makon va zamonda cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati
g) insoniyat madaniyati.
Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarni bartaraf etmaydi, aksincha uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqurroq o‘rganish madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurimizni kengayib borishiga xizmat qiladi.
Madaniyat tushunchasi qo‘llanilishi jihatidan xilma-xil bo‘lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «xatti-harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz. Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni baholash tushunchasi sifatida va shaxsning ma’lumotligi, xushmuomalaligi, tartibliligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyatli kishi tushunchasiga qo‘shib ishlatiluvchi sifatlar juda keng bo‘lib, uni qo‘llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning sotsial statusiga bog‘liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapiriladi. Bu iboralar orqali madaniyat deganda ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari tushuniladi. Ba’zan madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish, «madaniy» kishilar bilan do‘stlashish va go‘zallikni his qilish bilan bog‘liq deb tushuniladi. Matbuotda «iqtisodiy va madaniy», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari ishlatiladi. Bunda madaniyat ma’naviy ustqurma yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklanib qoladi.
Madaniyatning quyidagi funksiyalari bevosita shaxs bilan bog‘liq:
1. «Gominizatsiya» - urug‘doshlik xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib, u har bir «aqlli odam» uchun xos bo‘lgan-nutq, narsalarni ramziy ifodalash (yoki mavhum tafakkur) xususiyatlarini o‘rganishga imkon yaratadi.

Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish