1. Madaniyat tushunchasida “tarixiylik va ilmiylik”



Download 38,74 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2022
Hajmi38,74 Kb.
#599440
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madaniyatning inson va jamiyat hayotida tutgan o`rni

2. Sotsializatsiya – (umumlashtirish)- jamiyat hayoti uchun uning haqiqiy a’zosi sifatida zarur hisoblangan ma’lum miqdordagi shartlarni o‘zlashtirishdan borat bo‘lib, bu funksiya idrok, tafakkur, nutq, so‘zlarni qo‘llanilishi, ohangi, imo-ishora va shama, tipik hodisalarga munosabat tarzi, shuningdek, talab va qadriyat yo‘nalishlari tizimini shakllantirish kabi andozaviy usullarning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir.
3. Inkulturatsiya – avvalo o‘z xalqi, keyin umuminsoniy madaniy meroslariga (aralashish) munosabatda bo‘lishdir (bu jarayonni o‘rganishga alohida mavzu bag‘ishlanadi).
4. Individualizatsiya – madaniyat ma’lum shaxslar qobiliyati, iqtidori, xususiyatini o‘ta rivojlantirishga mo‘ljallangan. Shaxs madaniyati qolgan barcha madaniyatlar doirasida (jamiyat, insoniyat) asosiy bo‘g‘in bo‘lib, bu har bir shaxs madaniyatining barkamollik darajasi jamiyat yoki butun insoniyat madaniyatiga bog‘liq bo‘lishini bildiradi.
Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u insonning qanday yashashi va harakat qilishini, jamiyatdagi o‘rnini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun alohida mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabat o`rnatadi. Shaxsni jamiyatdan, ijtimoiy munosabatlardan ajratib bo`lmaganidek, jamiyat taraqqiyoti ham insonning amaliy faoliyati bilan uzviy bog`liqdir. Jamiyat bilan shaxs o`rtasidagi munosabat bir-biriga bog`liq, bir-birini taqozo qiladigan munosabatlardir.
3. O`zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy merosga munosabat.
O`zbekiston o`z mustaqilligini mustahkamlash jahon ham jamiyatida o`zining munosib o`rnini egallash jarayonda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o`zgarsih – milliy g`oya – milliy mafkurani shakllantirish jarayoni kechmoqda. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning quyidagi so`zlari o`ta ibratlidir: “Biz kelgsi asrga o`zimiz bilan nimani olib o`tishimiz mumkin? Va nimalardan voz kechishimiz darkor? Yangi mingyilliklarda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimizni tortmog`I lozim?
Madaniy meros – bu o`tmishda qolgan qadriyatllar, g`oyalar, tajriba, bilimlar ularni o`zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijtimoiy faoliyati usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasiidir. O`zlashtirish yoki aniqrog`I madaniy meros jarayoni o`ta muhm bo`li, madaniyatning harakatidagi siyosiy qonuniytlardan biri sanaladi. Bu jarayon insoniyatning o`tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani Izlash, ma'hum narsant ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo'lmaganidek o'tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O'tmish bilan batamam uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo'lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida "proyetar madaniyati yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu inqiloblar jarayonida yang madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo'q bo'ladi: qo'l yozmalar kitoblar, suratlar yoqildi; me'moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibada o'tmish bilan bog'liq uzviylik jamiyat ma'nan orqaga ketdi. Madaniyatning me'yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e'tiborni qaratgan holda O'zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo'shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo'llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va festivallar o'tkazilishi, chet mamlakatlarning Ahmad Yassaviy, Bahoviddin Naqshband, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi buyuk yurtdoshlarimizning jahon tamadduni va madaniyati rivojiga qo'shgan munosib ulushini yuksak baholashni ko'rsatdi. Milliy an'analar va ko'hna madaniyatimiz qayta yuz ocha boshlayapti. Ulug' ajdodlarimizni yod eta boshladik. Madaniy-ma'naviy meros o'zaro bir-biridan farq qilsada, ularning o'rtasida o'tib bo'lmas "Xitoy" devorini qo'yish ham mumkin emas, madaniy merosnl barpo etishning zamirida ham ma'naviyat ya'ni Insonning madaniy ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste'dodi, aqli va nazariy bilim faoliyati yotadi. Madaniy va ma'naviy meros o'rtasida umumiylik ham farqli tomonlari ham mavjud. Madaniy meros koʻproq umumiylik ustunlik qilsa, manaviy merosda uslubiylik ustunlik qiladi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tutashmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi.
Ma'naviy boyliklar avloddan avlodga bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o'tadi va Jamiyat, uning ma'naviy taraqqiyotiga katta taʼsir ko'rsatadi. Ma'naviy meros deb uzoq va yaqin o'tmishdagi, hozirgi davrdadi ma'naviy jihatdan g'oyat qimmatli, o'chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma'naviy boyliklarga aytiladi. Prizidentimiz aytganlaridek xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy merosning o'zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashga oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimly yozuvlar, bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalari, ulug' shoir va mutafakirlarimiz yaratgan dunyovly va badily asarlar, Qur'oni Karim, hadislar yassaviy va Baqirg'aniylar yaratgan diniy axloqiy ruhidagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojiblar yaratgan aqliy, pand-nasihat turidagi asarlar Najmiddin Kubro, Baxovuddin Naqshbandly yaratgan inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan taʼlimotlar, Navoiyning o'lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma'naviy boyligimiz hisoblanadi. Sivilizatsiyaning o'zi insonning madaniyati va ma'naviyati taraqqiyoti bosqichida ro'y beruvchi sifat jihatida yangi boshqichi bo'lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sizilizatsiya - maʼlum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo'lga kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui. Shunday qilib, madaniyati, madaniy meros, si vilizatsiyalar yutug'i Jamiyat va inson manaviyatining rivojlanishida, ma'naviy barkamol avlod voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o'tmishda toptalgan ma'naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi.
Mustaqilligimizning o'tgan yillarida ana shu merosimizni o'zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. Bu borada, tabiiyki, maʼnaviy meros, madaniy boyliklar ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.
- Bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat sharq balki Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini xalqaro jamiyatchilik tan olmoqda va e'tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olim-u-ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqant, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyamning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy limlarning ayniqsa, Islom dini bilan bog'liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko'tarishga ona yurtimizda tug'ulib kamolga yegan ulug' allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g'urur va iftixor bag'ishlaydi. Bu ko'hna tuproqda milodgacha bo'lgan davrda va undan keyingi qurilgan suv inshootlari hall hanuz o'zining koʻrki tarovatini saqlab kelayotgani sari ziqalarimiz qadim-qadimdan o'lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me'morchilik va shaharsozlik san'at yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan 4 mingdan ziyod moddiy-manaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro'yxatiga kiritilgani ham bu fikmi tasdiqlaydi.
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijod namunalaridan tortib, bungungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-mingab qo'lyozmalar, ular mujassamlashgan tarix, adblyot, sanʼat siyosa, axloq, falsafa, tibblyot, matimatika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me'morchilik, dehqonchilk va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo'lgan holi dunyoda kamdan-kam topiladi.
Ota-boblarimizning asrlar davomida to'planga hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yogorliklar orasida bundan qarib uch ming yil muqaddan Xorazm vohasi hududida yaratilgan "Avesto" deb atalgan bebaho maʼnaviy obida axloqiy o'rin tutadi. Avalambor, shuni aytish joyizki, ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo'ri mahsuli bo'lmish bu noyob yodgorlikning zamon to'fonlarida, qanchadan-qancha og'ir sinovlarda o'tib, bizning davrimizgacha yetib kelganing o'zida katta ma'no mujassam. Bunday o'lmas asori-atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi. Misol uchun, "Avesto”ning tub ma'no-mohiyatini belgilab beradigan "Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" degan tamoyilni oladigan bo'lsa unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan saboqlar borligini ko'rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya'ni, ezgu niyat, so'z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g'oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma'naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog'liq holda ko'rsatilgani ko'p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma'naviy dunyoni shakillantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta'sir o'tkazib keganiga yana bir bor e'tiborimizni jalb qiladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish "Alpomish" dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo'lsa "Alpomish" ana shu dostonning shoh bayti, desak to'g'ri bo'ladi.
Shu bois "Alpomish" dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo'y bo'lishga, o'z yurtimizni, oilamiz qo'rg'onini qo'riqlashga, doʻsti yorimizni or nomusimizni, ota-bobolarimizning mozorlarimizni har qanday tajavvuzdan himoya qilishga o'rgatadi.
Bir paytlar, aniqrog'i, o'tgan asring 50-yillarida, milliy merosimizning ko'pgina namunalari kabi, "Alpomish” dostoni ham millatchilik ruhidagi asar sifatida qaralib, qatag'onga uchragan edi. O'sha og'ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko'rsatib, saqlab qolishga muvaffaq bo'lganliklarini butun minnatdorchilik bilan eslaymiz. Bu o'lmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o'z imon-e'tiqodidek asrab avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz "Alpomish" dostoni asosida tarbiya topgan, o'zligini anglagan, ma'naviy boylikka ega bo'lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.
Milly ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram-sharqona yangi yil bo'lmish Navro'z ayyomi misolida ayniqsa, yorqin namoyon bo'ladi.
Ko'p asrlar mobaynida xalqimiz qalbida chuqur joy olib, hayot ma'nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni qadriyatimiz, urf odat va an'analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo'lib kelayotganini alohida ta'kidlashimiz joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik oxiratni o'ylab yashash, yaxshilik, mehr-shavqat singari xalqimizga mansub bo'lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli huruj va hamlalardan tuhmat va bo'xtonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib o'sib kelayotgan yosh avlodlarimizga to'g'ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish vazifasi hamon dolzarb bo'lib kelmoqda. Ma'lumki, xalqimiz azaldan islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo'shib keladi. Bu haqiqatni Jahon Jamoatchiligi. butun musulmon yaxshi biladi va tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot bo'lmish islom konfrensiyasi tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan Toshkent shaxrini 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinganini hain anashu yuksak e'tirofning yana bir tasdig'idir.
Musulmon olamining "muhaddislar sultoni" deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo'tabar zot merosining gultoji bo'lmish eng ishonchli hadislar to'plami - "Al-Jome' as-Sahih" kitobi islom diniga Quroni Karimdan keyingi 2 muqaddas manba bo'lib, ahli islom e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug'i hisoblanadi.
→ Abu Iso Muhammad Ibn Sino, Termiziyning ma'naviy merosi, jumladan, "Sunoni Termiziy" asari ham musulmon olamida anashunday yuksak qadrlanadi.

Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish