1-mashg’ulot mavzu: Yo’sintoifalar Bryophyta bo’limi


Politrixumdoshlar va Sfagnumdoshlar oilasi



Download 0,58 Mb.
bet4/5
Sana30.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#596393
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Politrixumdoshlar va Sfagnumdoshlar oilasi


O’rganilayotgan vakilning sistematik o’rni.
Yo’sintoifa bo’limi - Bryophyta
Sfagnumsimonlar yoki poya bargli yo’sinlar ajdodi - Sphagniopsida
Yashil yo’sinkabilar ajdodchasi - Bryidae
Politrixumnamolar qabilasi - Polytrichales
Politrixumdoshlar oilasi - Polytrichaceae
Vakillar: 1. Kakku zig’iri - Polytrichum commune
2. Funariya yo’sini - Funaria hygrometrica


Mavzuning maqsadi: Oila vakillarini anatomo - morfologik tuzilishini, jinsiy va jinssiz ko’payishini o’rganish.
Kerakli jixozlar: Gerbariylar, o’simliklar aniqlagichi, rasmlar, jadvallar, preparatlar, mikroskop, lupa, pintset preporoval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Sfagnumsimonlar ajdodi 700 ta turkum va 14500 turdan iborat. Ular morfologik va anatomik tuzilishi jihatidan jigarsimon yo’sinlardan quyidagi asosiy belgilari bilan farq qiladi. Bular orasida tallom tuzilishiga ega bo’lgan vakillar yo’q. Tanasi poya va barglarga bo’lingan. Poyasi radial tuzilishga ega bo’lib, unda barglar ketma - ket (yoki spiral) holda joylashgan. Poyani ichki anatomik tuzilishida hali haqiqiy floema va ksilema rivojlanmagan bo’lsada, ularning vazifasini bajaruvchi soda tuzilishga ega bo’lgan o’tkazuvchi naychalar bor. Protonema ipchalari shoxlangan bo’ladi. Ko’sakchada faqatgina sporalar hosil bo’lib, prujinachalar taraqqiy etmaydi.
Bu ajdodning yashil yo’sinkabilar ajdodchasi 14000 turni o’z ichiga oladi. Ajdodchaning keng tarqalgan vakillaridan biri Kakku zig’iri hisoblanib, uning tuzilishini o’rganib chiqishga tavsiya etamiz.
Kakku zig’iri
Bu o’simlik yashil yo’sinlar orasida ko’proq tarqalganlaridan biri bo’lib, asosan o’rmon, botqoqlik va sernam joylarda qalin chim hosil qilib o’sadi. Uning poyasi tik o’suvchi 20-30-40 sm.gacha yetib borib, shoxlanmay, uchli, dag’al, qattiq barglar bilan zich qoplangan. Barglari poyani o’rab turuvchi qin hosil qilib ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori va o’rta qismidagi barglar, pastdagiga nisbatan yirikroqdir. Poyaning pastki, bargsiz qismi tuproq ostida ildizpoyaga aylanib, undan rizoidlar hosil bo’ladi. Poyaning ichki tuzilishi birmuncha murakkab tuzilishga ega bo’lib, tashqi tomondan epidermis, undan keyin po’st va markaziy qismini o’tkazuvchi nay bog’lamlari tashkil etadi. Ular floema va ksilemaga to’g’ri keladi.
Kakku zig’iri ikki uyli o’simlik. Jinsiy organlari anteridiy va arxegoniylar hisoblanib, poyani uchki tomonida hosil bo’ladi. Anteridiy serbar, qizg’ish yoi sarg’ish barglar orasidan joy olgan. Uning tuzilishi uzun xaltacha ko’rinishida bo’lib, qisqa banddan iborat. Anteridiyning devori bir qavat, ichi bir nechta spermagen xujayralardan tashkil topgan. Har bir spermagen xujayradan ikki xivchinli spermatozoidlar yetiladi. Anteridiylar orasida iplarga o’xshab ko’rinadigan va yuqori tomoni kengayib, plastinkalarga aylanadigan maxsus parafizalar bor. Arxegoniylarni tuzilishi jigarsimon yo’sinlardagidek. Otalanish jarayoni suv yordamida - yomg’ir yoqqanda yoki shudring tushganda amalga oshadi. Otalangan tuxum xujayradan sporofit nasl-sporogoniy hosil bo’ladi. yetilgan sporogoniy murakkab tuzulishga ega. U ikki qismdan - ko’sakcha va banddan iborat. Ko’sakchani yuqori tomoni arxegoniyning qorin devorchasidan o’sib chiqqan serbar, tukli qalpoqcha bilan o’ralgan.

Kakku zig’iri. 1-otalik o’simlik; 2-onalik o’simlik 3-anteridiy va parafizalar; 4-arxegoniylar; 5-Zigota; 6-Sporogonli o’simlik; 7-sporogonning tashqi ko’rinishi va uning ochilgan qopqog’i; 8-peristoma; 9-sporani o’sishi, protenema ipchalari va kurtakni hosil bo’lishi.
Ko’sakcha o’z navbatida bir oz kengaygan asosi-apofiza (bo’yin), ko’sakcha bo’shlig’i va uni bekitib turadigan qopqoqchaga bo’linadi. Ko’sakcha bo’shlig’ida xaltachaga o’xshagan sporangiy joylashgan. Sporangiy ko’sakcha bo’shlig’idan o’tgan ustunchani xalqa tarzida o’rab turadi. Sporangiyda hosil bo’lgan sporalar tayyor holga kelgandan so’ng, ko’sakcha ochiladi. Ko’sakcha ochilgunga qadar avval qalpoqcha tushib ketib, keyin qopqoqcha ochiladi. Bu vaqtda epifragma va uning atrofida uchi dumaloqlashgan bir nechta kalta tishchalar (peristomalar) joy olgan. Epifragma bilan tishchalar o’rtasida teshikchalar bo’lib, shu yerdan sporalar tashqariga sochiladi. Peristoma sporalarni tarqalishiga yordam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushgandan so’ng, o’sib sershox protonema ipchalariga, bularda esa kurtaklar vujudga keladi. Kurtaklar asta-sekin o’sib poya bargli yo’sinlarga aylanadi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish