1-Mavzu. Dastlabki kimyoda atom, element tushunchalari. Ularni hozirgi zamon nuqtai-nazaridan baholash


Kimyoning asosiy vazifasini ayting?



Download 466,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi466,66 Kb.
#896568
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy-1

3.Kimyoning asosiy vazifasini ayting?
Kimyoning asosiy vazifasi avvalo insoniyat uchun eng kerakli materiallarni 
tabiiy moddalardan olish uchun zarur - metallar, keramika, bog’lovchi moddalar, 
farfor, shisha, o’g’itlar, farmasevtik materiallar, kauchuk, plastmassa, sun’iy 
tola, yoqilg’i oziq-ovqat mahsulotlari, kompozitsion materiallar va ko’pgina 
boshqa materiallar olishga qaratilgandir. Buning uchun kimyo o’zining asosiy 
muammosini hal qilishi kerak: ya’ni ayni modda qanday kimyoviy elementlardan 
tashkil topgan va kerakli materiallarni olish uchun qanday o’zgartishlar qilish 
kerak. Bundan kimyoning asosiy vazifasi - xossasi oldindan ma’lum moddani
olish va modda xossasini boshqarish yo’llarini bilish yoki aniqlashdan iborat 
ekanligi kelib chiqadi. 


Shuni nazarda tutgan holda biz ham kimyo tarixi kursida shu vaqtgacha 
ma’lum bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, kimyoning hozirgi vaqtdagi o’rnini 
aniqlashga harakat qilamiz. 
4. kimyo tarixi bilimlar majmuasida qanday o’rinni egallaydi?
Bu predmet
gumanitarmi yoki tabiiy-ilmiy fanlar qatoriga kiradimi? degan savollarga javob 
izlaymiz.
Kimyo tarixi predmeti - kimyo fanining turli davrlarda rivojlanishini, uning 
boshqa tabiiy fanlar orasida tutgan o’rnini va rivojlanish bosqichlarini o’rganadi.
Kimyo tarixida “ O’rta asrlar” va “uyg’onish” davri juda katta o’rinni egallaydi. Bu 
davrning buyuk olimlari I. Nyuton fizik bo’lishiga qaramasdan - biologiya 
muammolari bilan shug’ullanib – ulardagi kimyoviy bog’lanishlarni o’rgangan. 
Tomas Sprot /1667y/ “London podshohlik jamiyati tarixi” kitobida “ Kimyogarlar - 
tabiatni o’rganuvchilar bo’lib, ular ko’pchilik hollarda medisinada yangilik ochadi, 
”metallar mutasiya”si yoki “eleksir moddasini” izlash bilan shug’ullanadilar” deb 
yozadi. 
Lavuazye – kimyogar bo’lishiga qaramasdan yonishni fizik- jarayon degan 
nuqtai-nazardan tadqiq qildi. Laplas esa biologiya fanida moddalar almashinish 
energetikalari muammolarini o’rgandi. Demak, bu davrdagi olimlarda fanlarni 
“koridor”ga ajratish bo’lmagan. Ular bari tabiiy fanlarga taalluqli umumiy ilmiy 
ishlar bilan shug’ullanganlar. 
Bunga asosiy sabab haqiqatdan ham, tabiatdagi asosiy qonunlarning bir-
birini to’ldirishidir. Fizika, kimyo va biologiya fanlari juda yaqin va bir-biri bilan 
chambarchas bog’langan. Nemis fizigi. V. Gayzenberg “ fizika va kimyo 
tushunchalarining bir - birini to’ldiradigan yopiq sistemasi - kvant nazariyasini” 
taklif qiladi. 
Buslova M.K. bu fanlar umumtabiat kompleksiga asoslanganligini, buning 
isboti “fizik kimyo, biokimyo, geokimyo, kosmokimyo” fanlarning yuzaga kelishidir 
deydi. 
Faqatgina tabiiy fanlar emas, balki kimyo fani ham - organik kimyo, 
anorganik kimyo, fizik kimyo va analitik kimyoga ajraldi, lekin ularning asosida 
kimyoviy tavsif – yani moddaning tarkibi, tuzilishi va kimyoviy bog’lanishi yotadi. 


Kimyo tarixi fanini ham tabiiy, ham gumanitar fan sifatida o’rganish 
mumkin. Chunki kimyo fani insonlarning turmush tarzini yaxshilash bilan 
qanoatlanib qolmasdan, ularning madaniyatli bo’lishi uchun xizmat qilib keldi. 
Bunga juda ko’plab misollarni keltirish mumkin. Hatto Shekspirning Romeo va 
Djulyetta \1615\ asarida atom tushunchalari uchrashi bunga yorqin misoldir. 
Shularni nazarda tutgan holda biz kimyo tarixi predmetini tabiiy va hamda 
gumanitar fan sifatida o’rganishga haqlimiz. Bunday deyishimizga sabab bilimlar 
orasiga “Xitoy devori” qo’yish juda katta xatoliklarga olib kelishini tarix isbotlagan. 
Jamiyat rivojlanishi o’z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning 
tarixini alohida, texnologyasini, sistemali holda o’rganishni talab qiladi. Bu tabiat 
sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri bo’lib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab 
chiqaruvchi kuch hisoblanmish-kimyo faniga ham taalluqlidir. Lekin quruq 
faktlarni to’plash bu tarix emas, nazariy o’rganishgina fanlar tarixini yaratadi. 
Shuning uchun rivojlanishning tarixiy metodologik analizi kerak.

Download 466,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish