1-mavzu. Davlat tashkilotlarining harakat xavfsizligi sohasini boshqarishining umumiy tizimi reja



Download 54,87 Kb.
bet1/5
Sana14.04.2022
Hajmi54,87 Kb.
#550810
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma'ruza mashg'uloti (1)


1-mavzu. DAVLAT TASHKILOTLARINING HARAKAT XAVFSIZLIGI SOHASINI BOSHQARISHINING UMUMIY TIZIMI


Reja:

  1. Davlat tashkilotlarining harakat xavfsizligi sohasini boshqarishining umumiy tizimi.

  2. Vazirlar Mahkamasining va mahalliy hokimiyat organlarining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni.

  3. Harakat xavfsizligi sohasini boshqaruv bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari.

  4. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda jamoat tashkilotlarining ishtiroki.



Tayanch iboralar: davlat boshqaruvi; boshqarishning umumiy tizimi; harakat xavfsizligi qonuni; me’yoriy hujjatlar; mahalliy hokimiyatning vakolatlari; harakat xavfsizligi komissiyalari; maxsus vakolatli organlar; jamoat tashkilotlari.


1. Davlat tashkilotlarining harakat xavfsizligi sohasini
boshqarishining umumiy tizimi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, maxsus vakolatli davlat organlari va ularga tegishli turli tashkilot hamda korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.


Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;

  • “Avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish” davlataksiyadorlik kompaniyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Avtomobil transporti sohasidagi harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar davlat vakolatli organi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda yuridik maqomga ega bo‘lgan turli vazirlik, kompaniya, konsern, uyushmalarga tegishli avtokorxonalar, shuningdek xususiy avtotransport korxonalari tomonidan olib boriladi.
Avtomobil yo‘llarida va shahar ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yo‘l xo‘jaliklariga qarashli tashkilot va korxonalar bajaradilar. Bunda mavjud tizimga ko‘ra, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llaridagi barcha turdagi ishlarni O‘zbekiston “Avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli viloyat, tuman yo‘l tashkilotlari; mahalliy ichki yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini suv xo‘jaligi, «O‘zneftgaz» DAK, «O‘zdonmahsulot» DAK va boshqa vazirliklar; shahar yo‘l va ko‘chalarida harakatni xavfsiz tashkil etish masalalariga qaratilgan vazifalarni shahar hokimliklariga tegishli obodonlashtirish korxonalari va yo‘l-foydalanish tashkilotlari tomonidan tashkil etiladi.
Haydovchilarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash davrida bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Vatanparvar” OTJ, “Avtohavaskorlar” OTJ, turli vazirliklar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar tomonidan haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bilim, saviya va ko‘nikmalar berishga oid masalalar bilan shug‘ullanishlari vazifa qilib qo‘yilgan.
Piyodalar harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublikada xalq ta’limi vazirligiga bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarga maxsus dastur asosida yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari o‘rgatilishi yuklatilgan. Lekin bu masala yuzasidagi ishlarni keng xalq ommasiga boshqa vazirliklar, kompaniya, konsern, uyushma, tashkilot, korxona va mahallalar miqyosida ham keng targ‘ib etishga e’tiborni kuchaytirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasida «Avtomobil-yo‘l-haydovchi-piyoda-muhit» tizimiga bog‘liq bo‘lgan harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha ishlarni davlat tomonidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, uning viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlariga yuklatilgan.



Download 54,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish