1-mavzu. “Dtsning maqsad va vazifalari”



Download 29,44 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi29,44 Kb.
#554704
  1   2
Bog'liq
“DTSning maqsad va vazifalari”


1-mavzu. “DTSning maqsad va vazifalari”

“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlarining qabul qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi uchun ulkan omildir.


Ta’limda davlat standarti nima?
Ta’limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.
Standart –ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga riya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni bajarishga qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak. Albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo‘yayotgan ekan, o‘sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlarning minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. Ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat - davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, DTS nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim muassasalarida ko‘zlangan ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir.
Ta’limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash va muammolarni echish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan boy shaxslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi chuqurlashib borar ekan, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga bo‘lgan talab yanada kuchayib boradi. Bu fikrdan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi bugungi kun talabini hisobga olgan holda emas, balki kelajak talablarini aniqlagan va hisobga olgan holda ish olib borishi kerak degan xulosaga kelamiz. CHunki, bugungi kun talablari kelajakda jamiyatning asosiy o‘zagiga aylanadi. Demak, ta’lim tizimi o‘quvchilarni bugungi kundagi hayotga emas, balki kelajakdagi hayotga tayyorlashi lozim. Bu ham ta’limning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. 1
Didaktik tizim negizini tarbiyaviy o‘quv jarayoni tashkil etib, u o‘z vaqtida 2 bosqichga bo‘linadi: doimiy va dinamik.
Asosiy o‘quv jarayoni – bu bosqichda ta’lim oluvchilar umumiy talablarga javob beruvchi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, ular shunday bilim oladilarki, u ilmiy-texnik o‘zgarishlar ta’siriga mos keladi. Umumiy mehnat egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarga kasbiy bilimlarga asos bo‘lib, uning mustahkamligi ishlab o‘qitishning samaradorligiga olib keladi. Asosiy o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilimlar uning kelajakdagi faoliyati, mehnat turi va ishlab chiqarishda egallaydigan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy bilim berish jarayoni maxsus bilim berishning negizi bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun ta’lim oluvchi ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni mustahkam egallab bormog‘i lozim. 2
Maxsus o‘quv jarayoni – asosiy o‘quv bosqichidan maxsus bosqichga o‘tish sekin-asta ro‘y berib, butun o‘quv jarayoni shu maqsadlarga qaratilgan vaqt ichida olib boriladi. Maxsus bosqichda o‘qitish tanlangan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilib, o‘qitish jarayoni shu sohadagi texnik va texnologik rivojlanish talablariga javob bermog‘i lozim, ammo markazlashtirilgan tartibda ishlab chiqilgan o‘quv dasturi xo‘jalik sohasidagi yoki korxona talablariga javob bera olmaydi, chunki bir sohada texnologik jihozlarning bir turi o‘rganilsa, ikkinchi turida mutaxassislarni tayyorlashda turli sohalar bo‘yicha o‘qitish afzaldir.
Davlat ta’lim standartlari ta’lim tizimining eng zarur va etarli darajasi hamda o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi.
Ta’lim mazmunining zaruriy o‘zagi hisoblanmish ta’lim standarti vositasida mamlakat xududidagi turli o‘quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. O‘quv yuklamalari me’yoriga keltiriladi, ta’lim oluvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Ta’lim oluvchi davlat belgilagan ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda, ya’ni kengroq, chuqurroq bilim olishga va yuqori reyting bali to‘plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki ta’lim oluvchi xush ko‘rmaydigan predmetni o‘rganishda unga standartda belgilangan me’yor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda ta’lim oluvchi o‘zining qiziqishi, xohishi, qobiliyat va intilishlarini ro‘yobga chiqarishga, o‘zi uchun eng maqbul yo‘lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan tushunarli tarzda ifoda qilingan mazkur talablar ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalariga oldindan ma’lum qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ushbu qoidalari alohida ahamiyatga egaligi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun 7-moddasining mazmunida alohida ta’kidlangan. Unda O‘zbekiston Respublikasida jahon amaliyoti mezonlariga muvofiq keladigan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Ta’lim darajasiga hamda mulkchilikning barcha shakllari uchun majburiy bo‘lgan o‘quv yuklamalari hajmlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni shular belgilab beradi.
SHunday qilib, davlat ta’lim standartlari, qonunlarga muvofiq:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini belgilash va amalga oshirishni;

  • ta’limni rivojlantirish, uni moddiy-texnik jihozlash dasturlarini ishlab chiqish va bajarishni;

  • ta’lim muassasalarini attestatsiyalash va akkreditatsiyalash tartibini, shuningdek, pedagog va ilmiy kadrlarni attestatsiyalash tartibini o‘rnatishni ta’minlovchi tartibga soluvchi funksiyalar bilan qurollantiriladi.

Bundan tashqari, ta’lim tizimini boshqarish sohasidagi gumanistik, demokratik tamoyillar ham qonunning ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining huquklari, majburiyatlari va mas’uliyati mustahkamlanadigan qismida qonunan tartibga solinadi.
Davlat ta’lim standartlarining tartibga soluvchi, ya’ni ijtimoiy-pedagogik chegaralovchi funksiyasining yuqorida sanab o‘tilgan barcha tarkibiy qismlari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning IV qismida (25-29-moddalar) mustahkamlangan hamda Davlat ta’lim standartiga boshqaruv funksiyasini berish va uni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini boshqarish mexanizmiga qo‘shish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Endi ta’limning qanday tarkibiy qismlari yoki «ob’ektlari» davlat ta’lim standartlari bilan, binobarin, ta’lim sifatini boshqarish bilan tartibga solinishini aniqlash maqsadida «standart» va «standartlashtirish» tushunchalarining ma’nosini, ularning mohiyati hamda ta’lim jarayoniga tatbiqan vazifasini ko‘rib chiqamiz.
Respublikada ishlab chiqilgan, tayanch(bazis) o‘quv rejasi, alohida tayanch ta’lim sohalari bo‘yicha standartlarni, o‘quvchilar o‘qishda erishgan yutuqlarni baholashning va o‘qituvchilar pedagogik mehnatini attestatsiyalashning o‘ziga xos uslublari singari qismlardan iborat bo‘lgan davlat ta’lim standartlarining tahlili ta’lim jarayonining davlat ta’lim standartlari yordamida boshqariladigan bosh «ob’ektlarini» ajratib olishga asos beradi.
Ta’lim standarti ta’limning mazmuni, tuzilishi, ushbu mazmunni namoyish qilish darajasi, ta’lim natijalarini o‘lchash hamda talqin qilish shakl va usullari singari «ob’ektlarini» tartibga soladi (binobarin, boshqaradi ham). Standart o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘quv rejalari, dasturlar, o‘quv yurtlarini akkreditatsiyalash, o‘qituvchi kadrlarni attestatsiyalash singari va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘ladi.
Ta’lim mazmunining yadrosi bilan aniqlanadigan standart vositasida Respublika «ta’lim makoni»ning butun hududida o‘quv yurtlari tiplari har xil (davlat - jamoat va xususiy) bo‘lgani holda ta’limning barqaror va umumiy darajasini ta’minlash sharti bajariladi. Jamiyatning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ushbu darajaga qo‘yiladigan talablarni takomillapggirish, o‘quvchilarning ijtimoiy ta’lim ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning mazmuniy qismi hisobiga darajani oshirish imkoniyati beriladi.
Ayni vaqtda, davlat standartini joriy etish - ta’limni demokratlashtirish tamoyiliga rioya qilish zarurligi tufayli - ta’lim jarayonini qat’iy andozaga bo‘ysundirishni bildirmaydi, aksincha, pedagogik ijodiyot uchun, har bir ta’lim sohasi bo‘yicha majburiy mazmun mag‘zi atrofida variativ dasturlarni, o‘qitishning rang-barang texnologiyalarini, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib bermokda.
Bundan tashqari, davlat ta’lim standartining demokratikligi ta’lim tizimini boshqarish kabi tarkibiy qismini ham loyihalash imkonini beradi. Buni davlat hokimiyati organlari tomonidan markazlashtirilgan holda me’yorlash hissasi (darajasi) va ushbu me’yorlash mustaqil ko‘lamining o‘quv yurtiga, uning maqomi (davlatniki yoki xususiy ekanligi)dan qatiy nazar, beriladigan hissasining nisbati bilan tavsiflanadi va «belgilanadi».

Download 29,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish