“Psixologiya” fakulteti



Download 463,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana04.06.2022
Hajmi463,78 Kb.
#636412
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiyada anketa usulI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
 
 
“Psixologiya” fakulteti 
“Psixologiya”kafedrasi 
Ijtimoiy psixologiya 
Fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu: Ijtimoiy psixologiyada anketa usuli 
BAJARDI: 930-20 guruh talabasi talabasi B. Abdullayev 
QABUL QILDI: O. Ravshanov 
Jizzax_2022 
 
 
 


Anketa usuli va uning qo`llanilishi. 
Anketa so`zi frantsuzcha atama bo`lib, tadqiq etish, o`rganish, so`rash degan 
ma`nolarda qo`llaniladi. Odatda, anketa deganda, muayyan mavzu tevaragidagi 
savollar to`plami tushunilib, bu savollarga tadqiq etiluvchi kishilar guruhi javob 
berishi nazarda tutiladi. Anketa ba`zi xususiyatlariga ko`ra, interv’yu janriga yaqin 
turadi, ammo beriladigan savollar alohida olingan respondentga emas, balki 
ko`pgina kishilar guruhiga qaratilgan bo`ladi, ayni vaqtda tuzilgan savollar og`zaki 
tarzda emas, yozma shaklda beriladi. Anketa so`rovi shakllining asosiy 
komponentlari sotsiolog, respondent va anketadan iboratdir.
Anketaning 
kirish qismida
sotsiolog tadqiqot o`tkazayotgan ilmiy tadqiqot 
yoki uning guruhi, ilmiy tashkilot manzilgohi, tadqiqotning nomi va maqsadi, 
anketani tuzuvchining ismi-sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt 
va respondentga berilgan savollarga qay tarzda javob qilish usuli, va nihoyat, 
to`ldirilgan anketani kimga va qaerda topshirish yo`llari va lo`nda bayon etiladi. 
Bu muqaddimaning ahamiyati shundan iboratki, respondent, odatda, kirish 
qismidan dastlabki ma`lumotlarni oladi va tayyorgarlik ruhiga ega bo`ladi. 
Ikkinchi 
qismda
respondentning o`ziga xos pasporti aks etadi. Bunda respondentlar 
ijtimoiy-demografik xarakteristikasiga oid savollar bo`lishi nazarda tutiladi. 
Ko`pincha respondent shaxsiga oid savollar anketaning oxirgi qismida keltiriladi. 
Bunga sabab qilib, ayrim sotsiologlar anketa boshlanishida shaxsga oid 
savollarning berilishi bir jihatdan odob va axloq qoidalariga muvofiq emas, deb 
hisoblashsa, ikkinchi jihatdan bunday savollar respondentni cho`chitib yuborishi va 
maqsadga xizmat qiluvchi ob`ektiv va to`g`ri javoblar olishga halaqit berishi 
mumkin, deb ta`kidlashmoqda. Shaxsga oid savollar majmuasiga jins, yosh, 
ma`lumot, kasb-hunar, ijtimoiy kelib chiqish, partiyaviylik, oilaviy ahvol 
xususidagi masalalar kiritilishi mumkin.
Keyingi bosqichda
respondent bilan aloqa o`rnatish bilan bog`liq savollar 
o`rin oladi. Aloqa o`rnatish savollari tadqiqot maqsadi va vazifalaridan kelib 
chiqadi. Ayni chog`da, bunday savollar me`yordan ortiq bo`lib ketmasligi kerak
chunki bunday savollarning haddan oshib ketishi anketaning asosiy savollariga 
mas`uliyat bilan yondashilishi darajasini pasaytirishi mumkin. 
Keyingi bosqichda
anketaning asosiy savollari batafsil va mantiqiy bog`liqda berilishi lozim. Asosiy 
savollar o`z mazmuni bilan muhim axborotni qo`lga kiritish imkonini beradi. 
Anketadagi asosiy savollar tadqiqot dasturida ko`zda tutilgan maqsad va 
vazifalarga to`la javob berishi lozim. Anketaning 
so`nggi bosqichida
yakunlovchi 
savollar o`rin olishi kerak. Bunday savollar asosiy bosqichda ilgari surilgan hamma 
savollarga xulosa yasashi, respondentlarni ruhiy-intellektual hayajon vaziyatidan 
chiqarishga xizmat qilishga lozim.
Hozirgi sharoitda konkret sotsiologik tadqiqotlar anketa usulining uch 
ko`rinishidan unumli foydalanib kelmoqda. Ular qo`lma-qo`l tarqatish asosidagi, 
pochta va matbuot orqali anketa o`tkazish shakllarini o`z ichiga oladi. 

Download 463,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish