1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Reja



Download 304,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana16.03.2022
Hajmi304,47 Kb.
#496430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘z

Katta guruh (5-6 yoshlilar
)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda bolaning
bo’yoi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og’irligi
20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayoli tez qiyoshayoib
qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to’g’ri o’sishini ta'minlashga alohida e'tibor
berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq
muskullari hali etarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga etganda miya
po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan kattalarnikiga
yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi ravon bo’lishini ta'minlash kerak. Bolaning bu
faoliyatida nuqson bo’lgan takdirda uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi
bolalarning so’z boyoligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar
bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik
tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiyo tushunchalarga ehtiyoj
seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish


maqsadga muvofiqdir.
Maktabga tayoyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)
ning rivojlanish xususiyatlari. Bola
hayotining ettinchi yoilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida
harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o’zini idora qilish va o’z
harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlayodi. Bu yoshdagi o’g’il bolalarda
mustaqil faoliyat ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi
shakllanadi Bu davrda bolaning bo’yoi 120 sm ga etadi, og’irligi 22-24 kg bo’ladi. Bu yoshda
bola chiniqadi, qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va
tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiyo borliqni bilishga intila boshlayodi. Bolalarda
gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayoyorlash jarayonida ularda faoliyatning
yangi turi bo’lgan ta'lim olishga o’qishga ishtiyoq uyog’otish lozim. Bu o’rinda bolalarni ruhan
ta'lim jarayoniga kirishishga tayoyorlash maqsadida dastlabki o’quv elementlarini o’rgatish
lozim. Har qandayo olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u
jismonan, ruhan hamda aqliyo jihatdan ta'lim olishga tayoyor bo’lishi kerak. Bolalarning
maktabga tayoyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim.
Bolalarning ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma
yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi
asab tizimi faoliyatining ta’siri natijasida namoyon bo‘lib, tarbiyachi bu jarayondan voqif
bo‘lishi zarur. Shuningdek, kichkintoyning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasidan
ham xabardor bo‘lishlari talab etiladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bola nutqqa ega bo‘lmasa-da unda gapni tushunish, harakatlarni
idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyati kuzatiladi. Shuning uchun ham go‘daklik davridan
boshlab uch yoshgacha bo‘lgan vaqtda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Kichkintoy
bir yoshgacha bo‘lgan paytda esa, dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Bunda kattalar, asosan, oila
a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim. “Bola tushunmas ekan” deb
unga befarq bo‘lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to‘g‘ri talaffuz qilishlari kerak.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish davri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir
yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan vaqt mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan
so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga
taqlid qilish jarayoni boshlanadi, kichkintoy musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. Shuning
uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish
lozim. Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his
etish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam
qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg, bo‘yi 90-
95 sm.ga yetadi. Tayanch-harakat organlari takomillashib, asab tizimi taraqqiy etib boradi. 3
yoshli jajjilar qisqa muddat davomida o‘z xatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega
bo‘ladilar. Ularda mustaqil bo‘lishga intilish hissi ortib, sensor idroki, jamoa bo‘lib o‘ynash
malakalari rivojlanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash
imkoniyati kengayadi.
Tasviriy hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch
yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy
borliqni idrok etish jarayoni boshlanib, taxmin qilish imkoniyatlari vujudga keladi.
O‘rta guruh (4-5 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Kichkintoy to‘rt yoshga yetgach,
uning jismoniy o‘sishi birmuncha jadallashadi, bo‘yi 105-108 sm.gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-


19 kg.ni tashkil etadi. Bu davrda uning miyasi, katta yarimsharlar po‘stlog‘ining faoliyati
takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib, qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi.
Katta guruh (5-6 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Ushbu davrda bolaning bo‘yi
7-8 sm.ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg.ni
tashkil etadi. Bu yoshda bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli muntazam noto‘g‘ri
o‘tirish natijasida qiyshayishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini
ta’minlashga, gavdani tik tutgan holda o‘tirishga alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi
chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada
mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab katakchalari
rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishi kattalarnikiga o‘xshaydi.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola
hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi. 6-7 yoshli bola
o‘zini idora qilish va harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi
o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini
tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Ushbu davrda kichkintoyning bo‘yi 120 sm.ga o‘sib boradi,
og‘irligi 22-24 kg.ga yetadi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni
bilishga, gigiyenik malakalarni egallashga intiladi.

Download 304,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish