1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Reja


Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari nima?



Download 304,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana16.03.2022
Hajmi304,47 Kb.
#496430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘z

Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari nima?
Birinchidan,
odatda uch yoshlardagi bola organizmi to‘la mustaqil harakatlanish imkonini
beradigan darajada rivojlanadi. Kichkintoyning bilishga oid qiziqishlari ham shakllanib
ulgurganidan, u tashqi olam hamda o‘z imkoniyatlarining “tadqiqotchi”siga aylanadi. Tabiiy
holki, bunday “yetilganlik” natijasida hamma ishni mustaqil bajarishga intilish hamda ota-
onasining yordami va cheklovlariga nisbatan norozilik kuchayadi.
Ikkinchidan,
aynan uch yoshda bola shaxsga aylanadi. Albatta, uning shaxsiyati bolalikning ilk
davrlaridayoq shakllanadi, biroq mana shu bosqichda psixologik jihatdan ota-onasidan ajralib,
o‘zini alohida shaxs sifatida anglay boshlaydi. Shunday qilib, “Mening o‘zim” iborasi uning
lug‘atidan mustahkam o‘rin egallaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu bosqichda kichkintoyda
iroda va erkinlik sifatlari shakllanar ekan. Bola o‘z “men”ini kuchaytirish uchun mustaqil
bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Biroq bu bosqichning asosiy muammosi shuki, u mustaqil bo‘lishga
intilish bilan birga, kattalarning qo‘llab-quvvatlashi-yu, mehr-muhabbatiga muhtoj bo‘ladi. Bu


davr ota-onadan jajji qaysarining mustaqilligini tan olgan holda, uni avvalgiday sevib,
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni talab qiladi.
Uchinchidan,
uch yosh krizisi belgilarining aniq namoyon bo‘lishiga kattalarning o‘z vaqtida
farzandining ulg‘ayganini, endi u bilan muloqotda ko‘p narsani o‘zgartirish kerakligini anglab
yetmasligi sabab bo‘ladi. Natijada, bolaning o‘zi endilikda eski qoidalar asosida yashash
mumkin emasligini namoyish qilib, tashabbus ko‘rsatadi.
Krizisning yetti belgisi
Negativizm
– bir insonning boshqa insonga bo‘lgan munosabatidagi salbiy ifoda. Masalan, bola
unga biror bir ishni aynan kattalar buyurgani uchun ham bajarmaydi. Bu bosqichda negativizm
tanlangan bo‘lib, bola oilaning faqat bir a’zosi yoki bitta tarbiyachi gapiga kirmaydi, qolganlar
bilan esa yaxshi muloqotga kirishadi. Faoliyatning asosiy motivi – unga aytilgan gapning
tamoman teskarisini qilish.
O‘jarlik
– biror nimani qattiq istayotgan emas, aksincha kattalardan nimanidir talab qilib, fikrini
o‘zgartirish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishni aslo xohlamayotgan bola xatti-harakatidir.
Terslik
– aniq bir kishiga emas, balki tarbiya normalari, munosabatlar tizimi, oiladagi hayot
tarziga umumiy qaratilgan teskari kayfiyat.
O‘zboshimchalik
– bolaning imkoniyatlari darajasida bo‘lmagan ishlarni mustaqil bajarishga
intilishi (u – “Mening o‘zim” so‘zini ko‘p ishlata boshlaydi), shaxsiy tashabbus ko‘rsatishi bilan
kechib, bu kattalar bilan ziddiyatga borishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, kichkintoyning
atrof-muhitga bo‘lgan munosabati ham o‘zgaradi: endi uni yangi narsalarni, yangi faoliyat
hamda yurish-turish malakasini o‘rganish istagigina harakatlantirmaydi. Bola bilish, o‘rganishga
bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Bu uning faolligi, qiziquvchanligida namoyon bo‘ladi.
Isyonkorlik
– ota-onalar bilan tez-tez bo‘ladigan ziddiyatlarda kuzatiladi. Bunda
atrofdagilarning farzandi mustaqilligiga jiddiy nigoh bilan qarashi juda muhim ahamiyat kasb
etadi. Agarda bola u bilan hisoblashmayotganlarini, uning fikri va istaklarini hurmat
qilmayotganlarini sezsa, isyon ko‘tara boshlaydi. U oldingi munosabatlar, eski qoidalarga qarshi
norozilik bildiradi.
Qadrsizlanish
– ilgari bola uchun oddiy, qiziqarli hamda qadrli bo‘lib ko‘ringan hamma narsa
o‘z qadr-qimmatini yo‘qotadi. Qadrsizlanish belgilari bolaning ota-onasiga so‘kinishida, mazax
qilishida, sevimli o‘yinchoqlarini sindirishida namoyon bo‘ladi.

Download 304,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish