1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

 
Nutq madaniyati nima? 
Umumiy ma’noda nutqda hissiy ma’noli (emotsional-ekspressiv) so`zlardan 
qo’llay bilish, ularni o`z o’rnida to`g`ri ishlatish va to`g`ri talaffuz qilish
ortiqchalikdan qochish; nutqdagi ta’sirchanlik, jozibadorlik, musiqiylik, obrazlilik, 
salmoqdorlik; Nutqda sinonim, omonim, va paronim so`zlardan o`rinli foydalana 
olish; So`zlarni ko’chma ma’noda (metonimiya, metofara va boshqalar) 
muvaffaqiyatli qo’llay bilish va kishilar bilan jonli, ishonchli muloqatda bo’lish, 
ularni so`z sehridan to’lqinlantira bilishdir. 
Nutq madaniyati, ya’ni madaniy nutqning fazilatlari deyilganda uning 
to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi kabilar tushuniladi. 
Nutq madaniyati fani madaniy nutqning ana shu fazilatlarini hamda madaniy 
so`zlash usullarini o’rganadi. 
Nutq madaniyati ham fan sifatida o`z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. 
Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning 
kommunikativ (aloqa uchun keraqli) fazilatlaridir. 
 
2. Nutq faoliyati haqida tushuncha 
Insonning nutqiy faoliyati uch ko`rinishda amalga oshiriladi. Bular: so`zlash, 
mutolaa va eshitish. 
So`zlash deganda so`zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, 
o`ziga no’malum narsalar haqida so’rashi anglashiladi. So`zlaganda so`zlovchining 
bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. 
So`zlash monologik va dialogik ko`rinishda bo’lishi mumkin. Monologik 
nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga 
chiqadi, suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi.
Dialogik nutqda muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh 
so`zlovchi bo’lib turadi. 
Mutolaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan 
muloqotidir. Mutolaa tufayli o’quvchi yozma nutqda aks etgan voqea-hodisalardan 
xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida xulqida qandaydir o`zgarish bo’ladi. Mutolaa 


ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali ma’naviy yetuklikka 
erisha boradi. 
O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda o’qituchining nutqi ishi bilan 
teppa-teng ahamiyatga ega. Zotan o`qituvchi mutaxassislikka oid ishning yirik 
bo’lagini nutqi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt 
g’oyaviy yuksak, ravon, yumshoq, dilkash bo’lishi lozim. Nutqda va ishda 
subutsizlik o`qituvchi uchun noloyiqdir. Har bir nutq bolalarning yosh 
xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib tuzilishi shart. Shu bilan 
birga, o`qituvchining nutqi yosh avlod ko`z oldida uni o’rab olgan moddiy va 
ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib berishni maqsad qilib qo’yadi. Demak, 
o`qituvchining nutqi ta’lim-tarbiya berishning asosidir. 
O`qituvchining nutqi iloji boricha sodda, jozibador, ta’sirchan tuzilishi 
lozim. Har qanday bilim va tarbiya, asosan, o`qituvchining dars hamda darsdan 
tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Nutqda u qanday shaklda bo’lmasin 
bizning qadriyatlarimiz qattiq hurmat qilinishi lozim. 
Pedagogik nutqiy muloqatning o`ziga xosligi o`qituvchining hamma yerda, 
har qanday sharoitda ham tarbiyachi ekanligi bilan xarakterlanadi. Pedagog o`z 
tarbiyalanuvchilari bilan ko`proq auditoriyada, darsda nazariy muloqotda bo’ladi. 
Uning nutqi ilmiy-pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday vaqtda ilmning turli 
sohalariga xos qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Bunday nutqda har bir narsa 
o`z o’rnida, me’yorda bo’ladi. Atamalarga, yangi so`zlarga berilgan izohlar sodda, 
o’quvchi “hazm qiladigan” sintaktik qurilmalarda berilishi shart. Qoida va 
nazariyalar hayotiy, o’quvchiga yaqin misollar bilan tushuntiriladi. 
Polilog. Ikkidan ortiq kishilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. 
Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan diologning o`zidir. So`zlovchi tomonidan 
o’rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o`z fikrlarini bildirishi 
mumkin. 
O`qituvchi sinfda og`zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi. Quyi 
sinflarda ko`proq nutqning diolog va polilog shakli o`rinlidir. Chunki suhbat usuli 
shunga asoslanadi. Monologik nutqdan o`qituvchi hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif 
xaraktiridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi. Monologik nutq tarix
adabiyot darslari uchun xos bo’lganidek, diologik nutq ona tili, matematika 
darslarida qo’l keladi. O`qituvchi har bir darsda og`zaki nutqning hamma 
shakllaridan foydalanishi lozim. 
O`qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu va material to`la yetib 
borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko`zda tutgan holda aytilayotganlarga mos 
harakatlar ham qiladi: Masalan, ko`z, qosh, qo’l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga 
soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkorni yoki mamnunlikni va hokazolarni 
ifodalashi mumkin. Harakat o`z o’rnida bo’lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi. 
Ammo hadeb o`rinli-o`rinsiz harakatlar qilish o’quvchini zeriktiradi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish