1-Mavzu: Tekislikning parallel va perpendikulyarligi Reja: Ikki tekislikning kesishish chiz



Download 0,66 Mb.
Sana12.01.2023
Hajmi0,66 Mb.
#899034
Bog'liq
Hujjat (1)






Agzamxodjaeva M.Sh
1-Mavzu: Tekislikning parallel va perpendikulyarligi
Reja:

Ikki tekislikning kesishish chizig’ini yasash.
To’g’ri chiziqni tekislik bilan kesishishi
Fazoda ikki to’g’ri chiziq bir tekislikda yotsa va kesishmasa, ular parallel to’g’ri chiziqlar deyiladi. Agar to’g’ri chiziq bilan tekislik kesishmasa, ular parallel deyiladi.
A gar tekislikda yotmagan to’g’ri chiziq shu
tekislikdagi biror to’g’ri
chiziqqa parallel bo’lsa, bu to’g’ri chiziq tekislikning o’ziga ham parallel bo’ladi.
I kki tekislikning parallellik alomati: tekislikda yotgan o‘zaro kesishuvchi a va в
to‘g‘ri chiziqlar tekisligida yotgan c va d to‘g‘ri
chiziqlarga mos ravishda
parallel bo‘lsa, u holda va tekisliklar o‘zaro paralleldir.
Parallel tekisliklar haqidagi teoremalar:


  1. A gar ikiki parallel tekisliklarni

uchinchi tekislik kesib o‘tsa, u holda
kesishish chiziqlari parallel bo‘ladi.

  1. Ikkita parallel tekislik orasiga

joylashgan parallel to‘g‘ri chiziqlarning kemalari teng.

Tekisliklarning perpendikulyarligi


K esishuvchi ikkita tekislikning kesishgan to‘g‘ri chizig‘iga
perpendikulyar bo‘lgan uchinchi tekislik ularni perpendikulyar
to‘g‘ri chiziqlar bo‘yicha kesib o‘tsa, bu ikki tekislik
perpendikulyar tekisliklar deyiladi.
Tekisliklarni perpendikulyarlik alomati.
Agar tekislik ikkinchi tekislikka perpendikulyar to‘g‘ri chiziq orqali o‘tsa, u holda ular o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi.

Perpendikulyar tekisliklar haqidagi teoremalar:


  1. Agar ikki tekislik perpendikulyar bo‘lib, ulardan biriga tegishli bo‘lgan to‘g‘ri chiziq ularning kesishish chizig‘iga perpendikulyar bo‘lsa, u holda bu to‘g‘ri chiziq ikkinchi tekislikka perpendikulyar bo‘ladi.



  1. Agar ikki tekislik perpendikulyar bo‘lib, ulardan biriga kesishgan chiziqdan perpendikulyar o‘tkazilsa, u holda bu perpendikulyar butunlay ikkinchisiga tegishli bo‘ladi.

Tekislikka tushirilgan perpendikulyar va og‘ma


B erilgan nuqtadan berilgan tekislikka tushirilgan perpendikulyar deb, berilgan nuqtani tekislikning nuqtasi bilan
tutashtiruvchi va tekislikka perpendikulyar
to‘g‘ri chiziqda yotuvchi kesmaga aytiladi.
Nuqtadan tekislikgacha masofa perpendikulyarning uzunligi deyiladi.
B erilgan nuqtadan berilgan tekislikka o‘tkazilgan og‘ma deb berilgan nuqtani

tekislikdagi nuqta bilan


tutashtiruvchi va tekislikka perpendikulyar bo‘lmagan istalgan kesmaga aytiladi.
Tekislikda og‘mani asosidan uning proyeksiyasiga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq og‘maning o‘ziga ham
perpendikulyardir. Aksincha, tekislikdagi to‘g‘ri chiziq og‘maga perpendikulyar bo‘lsa, u og‘maning proyeksiyasiga ham perpendikulyar bo‘ladi.
O g‘ma va tekislik orasidagi burchak deb, og‘ma va uning shu teksilikdagi ortogonal proyeksiyasi orasidagi burchakka aytiladi.
To’g’ri chiziqning ixtiyoriy vaziyatda joylashgan tekislik bilan kesishgan nuqtasini topish. Agar to’g’ri chiziq tekislikka tegishli yoki parallel
bo’lmasa, ular o’zaro kesishishadi. Ularning
kesishgan nuqtalarini topish masalasi chizma geometriya kursida asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan to’g’ri chiziqni kesishgan nuqtasini topish uchun yordamchi kesuvchi tekisliklardan foydalaniladi. Agar yordamchi tekislik proyeksiyalovchi bo’lsa masala osonlik bilan yechiladi.
Proyeksiyalovchi tekislik bilan ixtiyoriy vaziyatdagi tekislikning o’zaro kesishish chizig’ini topish uchun proyeksiyalovchi tekislik bilan ixtiyoriy vaziyatdagi tekislikning har qanday ikki to’g’ri chizig’ining kesishgan nuqtalarini topib, ular o’zaro birlashtiriladi.

a va b da kesishuvchi ikki to’g’ri chiziq bilan berilgan F tekislikning proyeksiyalovchi G tekislik bilan o’zaro kesishish chizig’ining
topilishi fazoviy tasvirda ko’rsatilgan.
A vvalo a va b to’g’ri chiziqlarning
G tekislik bilan kesishgan M va N nuqtalari aniqlab olinadi.
So’ngra bu nuqtalar o’zaro birlashtiriladi. MN chiziq F (ab) va
G tekisliklarning kesishish chizig’idir.
Adabiyotlar:

  1. Xorunov R. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1997.

  2. Sobitov E. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1993.

  3. Murodov Sh. va boshqalar. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1988.

  4. Abdullayev U. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish