1. Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha bering. Reproduktiv salomatlik


  Mikroblaring patogenligi va virulentligini belgilab beradigan omillarni  aytib  bering



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/205
Sana02.08.2021
Hajmi0,97 Mb.
#136198
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   205
Bog'liq
Final tibbbiy

 

12.  Mikroblaring patogenligi va virulentligini belgilab beradigan omillarni  aytib  bering. 

Infeksion kasallikni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogenlik, virulentlik, spesifiklik va organotroplik xossalariga egadir. 

Patogenlik yoki kasallik paydo qilish xususiyati infeksion kasalliklar qo’zg‘atuvchilarining turiga xos belgisi bo’lib, nasldan naslga 

o’tib  boradi.  Yuqorida  aytib  o’tilganidek,  patogenlik  faqat  ma'lum  mikroorganizm  va  xo’jayini  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlarni 

xarakterlaydi. Masalan, qizamiq virusi yoki vabo vibrioni odam uchun patogen va hayvonlar uchun patogen emas. Qoramol touni (o’lati) 

qo’zg‘atuvchisi odam uchun patogen emas. Patogenlik tushunchasi parazitarlik tushunchasiga qaraganda ancha keng. Yuqorida ko’rsatib 

o’tilganidek,  saprofit  mikroblar  hayot  faoliyatining  mahsulotlari,  toksinlari  (botulizm,  qoqshol,  gazli  gangrena  qo’zg‘atuvchilari)  odam 

organizmiga tushib qolsa, parazitlik qilib yashamaydigan saprofit mikroblar patogen bo’lib qolishi mumkin. 

Patogen mikroblarning eng xarakterli belgisi ularning spesifikligi, ya'ni har bir patogen mikrob organizmga tushib, unda ko’payganida 

ma'lum  bir  infeksion  kasallikni  keltirib  chiqarish  xususiyatidir.  Kasallik  faqat  shu  qo’zg‘atuvchi  xususidagina  organizmning  himoya 

xossalarini o’ziga xos, ya'ni spesifik tarzda qaytadan o’zgartirish bilan birga davom etadi. 

Patogen mikroblar spesifiklikka ega bo’libgina qolmay, balki organotroplikka ham egadir. Ko’pchilik mikroorganizmlar — kasallik 

qo’zg‘atuvchilari uchun ma'lum organ va to’qimalarni ko’proq shikastlantirish xususiyati xarakterlidir. Masalan, ichak mikroblari:  vabo 

vibrioni, dizenteriya bakteriyalari, tif sal'monellalara ichak shilliq pardasini, bezgak paraziti jigar hujayralari va eritrositlarni, gripp virusi 

nafas yo’llarining shilliq pardalarini, chechak virusi teri va shilliq pardalar epiteliysini shikastlantiradi. 

Turli mikroblarning patogenligi keng doirada o’zgarib turishi mumkin. Bir turga mansub mikroblarning ayrim shtammlari kasallik 

keltirib  chiqarishi  jihatidan  har  xil  darajadagi  kuchga  ega  bo’lishi  mumkin.  Mikrobning  har  xil  darajadagi  patogenligi  virulentlik  deb 

ataladigan bo’ldi. Patogen mikroblar turli shtammlarining virulentligi moyil hayvonlarning o’limiga sabab bo’la oladigan eng kam miqdor 

mikrob hujayralari yoki zaharli mahsulotlariga qarab belgilanadi. Yuksak darajadagi patogenlikka ega bo’lgan virulent mikroblar atigi bir 

nechta hujayra miqdorida sezgir hayvonga yuborilganida uning o’limiga sabab bo’la oladi. Kam virulent mikroorganizmlardan necha yuz 

millionlab hujayrasi hayvonlarga yuborilgandagina, ular o’sha hayvonlarning o’limiga sabab bo’ladi. Mikroblarning hayvonni o’limga olib 

boradigan miqdori o’ldiradigan minimal yoki minimal letal' doza: dosis letalis  minima  deb ataladi.  

Patogen  mikroblarning  virulentligi  har  xil  sabablarga  qarab  anchagina  o’zgarib  turishi  mumkin.  Organizmdan  hozirgina  chiqarib 

olingan  qo’zg‘atuvchilar  laboratoriya  sharoitlarida,  sun'iy  oziq  muhitlarida  saqlanayotgan  mikroblarga  qaraganda  odatda  ancha  virulent 

bo’ladi. Yuqori temperatura, antiseptiklar ta'siri, qo’zg‘atuvchilarni kasallikka kam beriladigan yoki berilmaydigan hayvon organizmi orqali 

ko’chirib o’tqazish (passajlar) mikroorganizm virulentligining susayib qolishiga olib keladi. Mikroorganizm virulentligi ba'zan juda uzoq 

vaqtgacha o’zgarib qolishi mumkin. 

Mikroorganizmlarni qon-qardosh mikroblar nukleoproteidlari (DNK) bo’lgan oziq muhitlarida o’stirganda transformasiya yo’li bilan 

ham virulentligini o’zgartirish mumkin. Virulentlikni aniqlashda tajribaning shart-sharoitlariga juda qattiq qarab borib, mikrobni yuqtirish 

usulini tajriba hayvonining turi, shuningdek sinalayotgan shtamm xossalarini hisobga olish zarur. 




 

 



Mikrob  virulentligining  o’zgarib  turishi  odamdagi  infeksion  jarayonning  og‘ir-engilligida,  inkubasion  davrining  uzun-qisqaligi, 

kasallikning qancha davom qilishida aks etishi mumkin. 

Mikroblarning patogenligi va virulentligini belgilab beradigan omillar. Mikroorganizmlarning patogen xususiyatlari turli fermentlar

metabolizm  mahsulotlari,  zaharli  moddalar,  ya'ni  xo’jayin  hujayralari  va  to’qimalarining  o’tkazuvchanligini  buzib,  uning  hujayra 

elementlarini yemiradigan toksinlar ishlab chiqarish yo’li bilan makroorganizm hujayralariga ta'sir ko’rsatish layoqatiga bog‘liqdir. 

Patogen  mikroblarning  organizmga  kira  olish  xususiyati  yoki  invazionligi  biriktiruvchi  to’qimani  yemira  oladigan  yoki  har  xil 

hujayralarning po’stlarini parchalay oladigan fermentlar ishlab chiqarishiga bog‘liq. Ko’pgina patogen mikroblarda gialuronat kislotani yoki 

biriktiruvchi to’qima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialuronidaza fermenti topilgan. Bu — mikroblarning 

organizmga  tez  tarqalishiga  yordam  beradi.  Gazli  gangrena  qo’zg‘atuvchilari  qon  va  turli  organ  hujayralariniig  pardalarini  yemiradigan 

lesitinaza fermentini ishlab chiqaradiki, bu mikrob yuqqan hayvonlarning tez halok bo’lishiga olib keladi. Stafilokokklar bilan streptokokklar 

leykositlarni yemiruvchi leykosidinlarni yemiruvchi gemolizinlarni ishlab chiqara oladi. Gemolitik streptokokkning ba'zi shtammlari qon 

laxtasidagi  fibrinni  erita  oladigan  fibrinolizin  fermentini  ishlab  chiqaradiki,  bu  ham  bakteriyalarning  organizmga  tarqalib  ketishini 

yengillashtiradi. Patogen stafilokokklar koagulaza fermentiga egadir, bu ferment qon plazmasining ivib qolishiga olib keladi. Yallig‘lanish 

o’chog‘i atrofida ivib qolgan plazmadan hosil bo’ladigan bar'er, ya'ni to’siq stafilokokklar fagositoziga qarshilik ko’rsatadi, deb hisoblanadi. 

Patogen mikroblarda antimikrob zardoblar ta'sirini neytrallay oladigan agressinlar hamda mikroblarning fagositlarda yutilishiga to’sqinlik 

qiladigan antifaginlar singari alohida moddalar ham topilgan. 




Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish