1. Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha bering. Reproduktiv salomatlik


  Yuqumli  kasalliklarning  qanday  yuqish  yo’llarini   bilasiz?



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/205
Sana02.08.2021
Hajmi0,97 Mb.
#136198
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   205
Bog'liq
Final tibbbiy

 

13.  Yuqumli  kasalliklarning  qanday  yuqish  yo’llarini   bilasiz? 

   Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz va zoonoz infeksiyalar tafovut qilinadi. 

Antroponoz infeksiyalar faqat odamni shikastlantiradi va bularda bemor yoki bakteriya tashuvchi infeksiya manbai bo’lishi mumkin. 

Antroponoz infeksiyalarga qorin tifi, dizenteriya, vabo, qizamiq, so’zak, zaxm va boshqalar kiradi.  Antropozoonoz  infeksiyalar odamga 

ham, hayvonlarga ham yuqa beradi. Bularda kasal hayvonlar va odam infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Toun, tulyaremiya, kuydirgi, sil 

va  boshqalar  ana  shunday  infeksiyalar  jumlasiga  kiradi.  Zoonoz  infeksiyalar  faqat  hayvonlarni  kasallantiradi.  Zoonozlarning 

qo’zgatuvchilari  odam  organizmiga  tushsa  ham,  odamda  kasallik  keltirib  chiqarmaydi.  Biroq  «zoonozlar»  terminidan  ko’pincha 

antropozoonoz infeksiyalarni atash uchun foydalaniladi. Infeksiya manbaidan sog‘lom odamga kasallik qo’zg‘atuvchisi o’tadigan ma'lum 

yo’llar bor: ichak (fekal'-oral' yo’li), havo-tomchi yo’li, transmissiv va kontakt yo’l shular jumlasidandir. 

Infeksiya o’tishining ichak yo’lida kasallik qo’zg‘atuvchisi axlat va siydik bilan tashqi muhitga tushib, suv, oziq-ovqat, ro’zg‘or buyumlari, 

odamning qo’llarini ifloslantiradi.  Bunda qo’zg‘atuvchi og‘iz  orqali kirganda kasallik yuqadi.  Yuqish omillarining ahamiyati turli ichak 

infeksiyalarida bir xilda emas. Chunonchi, qorin tifi kasalliklarining paydo bo’lishida suv, sut va boshqa oziq-ovqat masalliqlari ko’proq 

ahamiyatga egadir. Dizenteriyada kasallik iflos qo’llardan va axlat tegib qolgan meva hamda sabzavotlardan yuqadi. Infeksiya o’tishining 

shu yo’li ichak infeksiyalari — qorin tifi, paratiflar, vabo, dizenteriya uchun xarakterlidir. 

     Infeksiyaning havo-tomchi yo’li bilan o’tishida kasallik  qo’zg‘atuvchisi yo’talish, aksirish vaqtida balg‘am va so’lak tomchilari bilan 

birga tashqi muhitga tushadi. Odam mana shu qo’zg‘atuvchilar bilan ifloslangan xavoni nafasiga oladigan bo’lsa, unga kasallik yuqib qoladi. 

Havo-tomchi  infeksiyalari  (ko’kyo’tal,  qizamiq,  gripp,  chechak,  pnevmoniya,  meningit  va  boshqalar)  uchun  yuqori  nafas  yo’llarining 

shikastlanishi xarakterlidir. Infeksiyalarning transmissiv yo’l bilan o’tishida kasallik qo’zratuvchisi turli hasharotlar orqali kasal odamdan 

sog‘lom kishiga  yuqadi.  Bu shunga bog‘liqki, kasallik qo’zg‘atuvchisi bemorning qonida  bo’ladi va  tashqi muhitga chiqmaydi. Bunday 

kasalliklar qon infeksiyalari deb nom olgan. Qon infeksiyalarini yuqtiradigan hasharotlar ikki gruppaga bo’linadi: 

•  spesifik yoki biologik yuqtiruvchilar;  

•  nospesifik yoki mexanik yuqtiruvchilar. 

Kasallik  qo’zratuvchisi  qaysi  hasharotlarning  organizmida  muayyan  ko’payish  siklini  o’tqazadigan  bo’lsa,  o’sha  hasharotlar  biologik 

yuqtiruvchilar hisoblanadi: chivinda bezgak parazitining jinsiy ko’payish sikli, bitning ichak epiteliysida rikketsiyalarning ko’payish sikli 

o’tadi. Kasallik qo’zg‘atuvchisi ko’pincha yuqtiruvchisining organizmida uning butun umri davomida saqlanib qoladi. 

     Qon infeksiyalarini mexanik yuqtiruvchilari avval kasal hayvonlarni, so’ngra sog‘lom hayvonlarni tishlar ekan, kasallik qo’zg‘atuvchisini 

xartumchasida qon tomchklari bilan birga yuqtiradi. Chunonchi, tezgizak pashsha kuydirgi va tulyaremiya mikroblarini sanchuvchi apparati 

— xartumchasi bilan sof mexanik tarzda yuqtiradi. Talaygina infeksion kasalliklar: toshmali hamda qaytalama tiflar va boshqa rikketsiozlar 

—  bitlar va kanalar orqali,  toun  — burgalar orqali, ensefalit  —  chivin va  kanalar orqali, bezgak  —  chivinlar orqali, leyshmaniozlar  — 

iskaptopar chivinlar — flebotomus orqali transmissiv yo’l bilan yuqadi. 

Ichak infeksiyalarida mexanik yuqtiruvchilar kattagina rol' o’ynaydi. Pashshalar o’z oyoqlari va tanasiga yopishib qolgan axlat bo’lakchalari 

bilan birga ichak infeksiyalari qo’zg‘atuvchilarini turli masalliqlar va ovqatga yuqtiradi. 

     Patogen  mikroblar  tayyor  oziq-ovqatlarda  ko’payishi  mumkin,  shu  oziq-ovqatlar  iste'mol  qilinganida  kasallik  paydo  bo’ladi. 

Infeksiyaning kontakt yo’l bilan o’tishida qo’zg‘atuvchining bevosita va bilvosita yuqishi farq qilinadi. Patogen mikroblarning tashqi muhit 

ishtirokisiz o’tishida bevosita kontakt tanosil kasalliklari (zaxm va so’zak) da hammadan ko’ra xarakterlidir. Quturish va sodoku (kalamush 

tishlashidan  paydo  bo’ladigan  kasallik)  da  ham  qo’zg‘atuvchi  odamga  to’g‘ridan-to’g‘ri  hayvonning  tishlashi  orqali  o’tadi.  Boshqa 

kasalliklarda (qo’tir, kal, brusellyozda) bevosita kontakt yo’li bilan kasallik yuqishi nihoyatda kamdan-kam ko’rinadi. Ba'zan qon quyishda 

kasallik bevosita kontakt yo’li bilan yuqadi (bezgak, Botkin kasalligi). Bilvosita kontakt infeksiyaning tarqalishida yetakchi ahamiyatga 



 

 



egadir. Unda jonsiz yuqtiruvchi omillar (havo, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, tup-roq, ro’zg‘or va ishlab chiqarishda tutiladigan xilma-xil 

buyumlar) hamda tirik yuqtiruvchilar ishtirok etishi mumkin. Shu munosabat bilan bilvosita kontakt infeksiyaning tomchi, chang, oziq-ovqat 

bilan va boshqa yo’llar bilan tarqalishini o’z ichiga oladi. 

Infeksiya manbalari, infeksion kasalliklarning tarqalish yo’llari va usullarini o’rganish epidemiologiya predmeti hisoblanadi va profilaktika 

chora-tadbirlarini to’g‘ri amalga oshirish hamda infeksion kasalliklarga qarshi kurashish uchun asos bo’lib xizmat kiladi. 

    Infeksion kasalliklarning kelib chiqishn va tarqalib borishi uchta omilning o’zaro ta'siri va bekamu ko’stligiga: infeksiya manbalari, yuqish 

mexanizmlari va beriluvchan aholining borligiga borliqdir. Bu — o’z navbatida odamlarning turmush sharoitlariga, ya'ni tabiiy va ijtimoiy 

omillarga bog‘liq bo’ladi. 

Infeksiya to’g‘risida ta'limot” bo’yicha tarqatma materiallar. 

«Infeksion» so’zi lotincha infectio - yuqtirmoq, iflos qilmoq, nimanidir tashqaridan kiritmoq degan so’zdan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda 

mikroorganizm  bilan  xo’jayin  organizmi  o’rtasidagi  murakkab  o’zaro  ta'sir  jarayonini  «infeksiya»  termini  bilan  belgilanadi.  Bu  — 

mikroorganizm bilan patogen mikroblar o’zaro ta'sirining har qanday shaklini o’z  ichiga  oladigan biologik hodisadir. Infeksion kasallik 

ba'zan yengil, atipik yoki turli kasalliklarga o’xshab ketadigan, bilinmas formalarda namoyon bo’ladi. Infeksion jarayon kasallikning ko’zga 

ko’rinib turadigan klinik belgilarini bermasligi ham mumkin. Infeksiyaning yashirin formalari deb ana shunga aytiladi. 




Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish