Mahalliy kuzatuvchilar va ularga mandat berish tartibi to‘g‘risida to‘liq huquqiy asoslantirilgan ma’lumot bering 951 I. Umumiy qoidalar 1. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida kuzatuvchi qatnashish huquqiga ega.
2. Kuzatuvning maqsadi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.
3. Saylov komissiyalari kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro‘yxatga olgandan keyin unga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
4. Siyosiy partiya a’zosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan har qanday O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi bo‘lishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosari, maslahatchisi, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi bo‘lishi mumkin.
II. Kuzatuvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish Oldingi tahrirga qarang. 5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga ushbu siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzod ro‘yxatga olingan kundan boshlab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari esa okrug saylov komissiyasi tuzilganidan keyin o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida — mazkur Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga kuzatuvchilarning ro‘yxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. o‘lchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 6. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga saylovga kamida o‘n kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 7. Tegishli saylov komissiyasi siyosiy partiya tashkilotining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasini olgandan keyin besh kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun mandat beradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 8. Mandat namunasi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1065-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlar bilan belgilanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan farqlash uchun alohida belgilar (mandat rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. 9. Siyosiy partiya tashkiloti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli saylov komissiyasidan mandatlarni olgandan so‘ng ularni kuzatuvchilarga yetkazilishini ta’minlaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) 10. Quyidagi hollarda kuzatuvchiga mandat berish rad etilishi mumkin:
kuzatuvchiga nomzod 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang. saylovga o‘n kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) tegishli saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyadan nomzod ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa (siyosiy partiyaning kuzatuvchilari uchun);
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi bo‘lmasa (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining kuzatuvchilari uchun);
mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa.
11. Kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek ovoz berish kuni mandatni taqib yurishi shart.
12. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.
Tegishli saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, kuzatuvchilar mandatining amal qilishi tegishli muddatga uzaytiriladi.