1-seminar. Mavzu: kirish. Qadimgi dunyoda harbiy san’at taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


-SEMINAR MAVZU: OʻRTA ASRLAR YEVROPASIDA HARBIY SAN’AT TARAQQIYOTINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 206,02 Kb.
bet13/15
Sana24.02.2022
Hajmi206,02 Kb.
#227691
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
HARBIY SAN'ATDAN SEMINARLAR

5-SEMINAR
MAVZU: OʻRTA ASRLAR YEVROPASIDA HARBIY SAN’AT TARAQQIYOTINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Reja:

  1. Oʻrta asrlar Yevropasida harbiy san’at taraqqiyotining umumiy hususiyatlari

  2. Sharq mamlakatlarida harbiy san’at.

Yevropada oʻrta asrlarning boshlanishi german va slavyan qabilalarining xoʻjalik faoliyati va ijtimoiy tuzumi bilan oʻrganiladi. Germanlarning harbiy tuzilmasi ularning ibtidoiy tuzum bilan asoslanuvchi ijtimoiy va fuqarolik turmush tarzi bilan uzviy bogʻlanadi. Ibtidoiy tuzum sharoitining yemirilishi jarayonida german qabilalarida ham harbiy tuzilma oʻzgarib bordi. Yerga nisbatan jamoa egaligi mavjudligi holatida uni qoʻriqlash ishiga jamoaning har bir a’zosini mas’ul qilinishiga olib kelgan. Jamoaning yerga va oʻz xoʻjaligiga ega boʻlgan erkak a’zolari qurol koʻtarib yurishga haqli boʻlib, ayni ivaqtda ular jamoaga tegishli mulklarni qoʻriqlash majburiyatini olgan. ularning bosqinchilik yurishlarida ishtirok etishi xalq yigʻinida hal qilingan.
Umuman olganda qurol koʻtarib yurish huquqi bilan umumiy harbiy majburiyat bogʻliq boʻlib, bu majburiyatdan kasallar va keksalar ozod qilingan. Shuning uchun ham german qabilalarida qoʻshin va xalq bir xil ma’noni anglatgan. Nisbatan ajralib turuvchi harbiylar geleytlar deb ataluvchi drujinalarni atshkil qilganlar. Ular xalq kengashidan qurol va ta’minot olganlar. Ular sharaflangan va ayrim holatlarda qoʻlgan tushgan oʻljalarning bir qismini oʻzlarida qoldirishlari mumkin boʻlgan. Yirik harbiy tadbirlarda ba’zan geleytlar birlashganlar va oʻzlariga gersog saylashgan. Bunday birlashuv yangi ittifoqlarni yoki arimaniyalarni keltirib chiqargan. Bunday ittifoqlar tarixda xalqlar nomi bilan koʻproq ma’lum boʻlib, ularning nomi ular yashagan hudud nomi bilan (misol uchun markomanlar – Markmannen-chegara odamlari) yoki ularning yoʻlboshchisi nosi bilan (Germandurlar – German odamlari) yo boʻlmasam ular qoʻllagan yoki foydalangan qurol nomi bilan (langobardlar – Large-Barden – uzun nayzalar) va hk. Atalgan. Bunday ittifoqlar ichida eng mshahuri franklar (franken – ozod odamlari) boʻlgan. Ittifoqlar muvaffaqiyat qozongan paytda koʻpincha ular yangi davlat qurishgan, omadsizlikka uchraganda harbiylar tarqab ketgan va oʻz-oʻzidan arimaniya yoʻq boʻlgan.
German qabilalari tomonidan yangi davlatlarning qurilishi bilan ularning ichki ijtimoiy tuzumi ham doimiy ravishda oʻzarib bordi, ayni vaqtda ularning harbiy san’ati ham oʻzgarib bordi. Endi harbiy tuzilma yer egaligiga asoslanadigan holatga oʻta boshladi. Oldingi qurol koʻtarib yurish huquqi harbiy majburiyatga, xalq lashkarlari boʻlgan geyerbanlar urush vaqtlarida qirol yoki uning nomidan viloyat hukmdorlari tomonidan chaqiriladigan boʻldi.
Franklarda Karl Martell advridan boshlab harbiy xizmat oʻtaganlik uchun ta’minot sifatida benefisiy tarqatila boshlandi. Benefisiyning muddati umrbod boʻlib, uni olgan shaxs to umri oxirigacha qirolga harbiy xizmat oʻtashga majbur boʻlgan. Benefisiyni qirol bilan birga viloyat hukmdorlari va yirik yer egalari ham tarqata boshladi, shu tariqa ilk oʻrta asrlarning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi uchun xos boʻlgan vassal munosabatlar shakllandi.
Buyuk Karl geyerban tuzilmasiga alohida e’tibor qaratdi va harbiy majburiyatga jalb qilish tartibiga biroz oʻzgartirish kiritdi. Endi chaqiriqqa binoat toʻplanadigan qoʻshin belgilangan toʻplanish joyiga qonunga asosan oʻzlari egalik qilayotgan yerning katta-kichikligiga qarab belgilangan qurol bilan va oʻz hisobidan 3 oy muddatga moʻljallangan oziq-ovqat bilan kelishlari qat’iy qilib belgilab qoʻyildi. Shu tariqa shakllantirilgan Buyuk Karl qoʻshini asosan yirik yer egalaridan tarkib topgan otliqlardan va ozod dehqonlardan tarkib topgan ogʻir va yengil piyoda qoʻshindan iborat boʻlgan.
Buyuk Karldan keyin uning ajdodlari boshlab bergan harbiy xizmat evaziag yer berish parokandalikka uchradi, endi benefisiylar abadiy egalik qilinadigan boʻldi. Mayda ozod yer egalari boʻlsa yirik yer egalari qaramligi ostiga tushib qolshi kuchayib bordi. Shu tariqa Yevropada len (feod) tizimi shakllanib bordi. Oddiy xalq ommasi borgan sari harbiy ishdan uzoqlashib bordi. Bu soha dvoryanlar qoʻlida toʻplanib, XII asrga kelganda faqatgina dvoryanlar – ritsarlar harbiylapr hisoblana boshladi. Bu holat umuman Gʻarbiy Yevropaning barcha qismida, ayniqsa Germaniya, Fransiya va Ispaniyada kuzatilgan boʻlsa, Angliya, Yevropaning togʻli hududlari, skandinav xalqlari va Italiyada kamroq kuzatildi.
Feodal tizimi rivoji bilan qurolli kuchlarning asosiy tarkib quyidagilardan iborat boʻla boshladi:

  1. Dvoryanlardan tarkib topgan qoʻshin – feod egalarining oʻz vassallari boʻlgan ritsarlar bilan chaqiriqqa koʻra 40 kundan to 2 oygacha boʻlgan muddat davomida oʻz-oʻzini ta’minlash bilan birga toʻliq qurollanib kelish majburiyatini bajarganlar.

  2. Shahar qoʻshinlari.

  3. Qishloq qoʻshinlari – kamdan-kam holatlardagina toʻplangan.

Ushbu elementlardan ba’zan oʻz syuzereniga toʻliq itoatgoʻy boʻlmasalarda haqiqiy harbiy kuchni dvoryanlar qoʻshini bajargan. Ular doimiy ravishda qurol bilan muomila qilishga va yakkama-yakka kurashlarga oʻrgatilgan, urushlarda ritsarlikning sharafi haqidagi ta’limotlar berilgan. Shu tariqa kavaleriya qoʻshinning asosiy turiga aylandi, piyoda qoʻshin boʻlsa orqa planda qolib ketdi. Sharaf va oʻzini koʻrsatishga harakat qilganlarning barchasi kavaleriyaga kirishga harakat qilganlar, barcha xoloplar va oʻziga ishonmaydiganlar piyoda qoʻshin safida qolib ketdi, asta-sekinlik bilan ularning bor obroʻlari yoʻqolib, hatto aravakash ma’nosini anglatuvchi holatga aylandi. Ritsar va harbiy soʻzi oʻzaro ma’nodosh tushunchaga aylangan bir sharoitda piyoda va xizmatchi (fante, infante, footman), kavaleriya va qoʻshin, aravakash va piyoda mazmunan bitta ma’noni kasb eta boshladi.
Qurolli kuchlar tarkibidagi oʻzgarishlar bilan taktik san’at ham oʻzgarib bordi. VII asrgacha germanlarda qoʻshinda piyodalar ustunlik qilgan boʻlib, otliыlar soni kamchilikni tashkil qilgan, shuning uchun ham ularning ahamiyati kam boʻlgan. Qurollanish ham nisbatan turfa xil boʻlib, asosan yaqin masofalarda irgʻituvchi qurol sifatida frama, angondan, yakkama-yakka jang uchun nayza va boltadan, keyinroq qilichdan foydalanishgan.
Jangovar tartib asosani klinlar sifatida saflanish tashkil qilgan boʻlib, ularning ichi odatda qarindoshlar guruhidan iborat boʻlgan, bundan koʻzlangan maqsad bir-birlarini jangda qoʻllab-quvvatlash boʻlgan. Ba’zan bir necha klinlar keng interval boʻylab bir chiziqqa saflangan, ularning ortida oila aravalari, mahsulotlari va oʻljalari joylashtirilgan.
Jangni kamon oʻqlari va irgʻituvchi qurollar boshlab bergan, keyin barcha jangovar birliklar bir paytda jangga kirgan, zarba berishga qattiq e’tibor berimlgan, birinchi navbatda dushmanning qalqonini parchalashga harakat qilingan va undan keyin yakkama-yakka olishuv boshlangan.
Himoyalanayotgan vaqtda qalqonlar jips holatda ushlangan va uning ortidan nayza, bolta va drotiklar bilan harakatlanishgan.
Jang parallel toʻqnashuvli umumiy xaarkterni kasb etgan. Jasurligi bilan ajralib turuvchi saylangan lashkarboshilar nafaqat jang borishiga rahbarlik qilgan, balki shaxsiy namuna ham koʻrsatishgan.
Gʻarbiy Rim imperiyasi qulagandan keyingi bir asr davomida xuddi holat bilan taktik san’at xarakterlangan, keyinroq ijtimoiy munosabatlar oʻzgarishi bilan asta-sekinlik bilan qoʻshin tarkibi ham oʻzgarib, yengil piyoda va otliqlar soni koʻpayib bordi.
Karl Buyuk davriga kelganda qurollanish aniq tartibga solingan. Otliqlar temir sovut yoki zirh hamda dubulgʻa kiygan, ogʻir piyodalar mustahkam teridan boʻlgan himoya kiyilarini kiyngan boʻlsa, yengil piyodalar faqatgina oʻq-yoy bilan qurollangan. Otliq va ogʻir piyodalarning hujum quroli nayza va qilich boʻlgan.
Otliqlar singari piyodalar ham klin (pona) boʻlib saflangan. Jangovar saflanishda bir necha liniyalar boʻlgan, piyodalar oldingi, otliqlar orqa liniyani tashkil qilgan. Jang olib borishda ham ushbu liniyalarga saflanishga rioya qilingan. Yengil piyodalar jangni boshlab bergan, ogʻirlari davom ettirgan, otliqlar oxirigacha yetkazgan.
Varvar qabilalari tomonidan tashkil qilingan davlatlarda asta-sekinlik bilan xalqlarning paydo boʻlish jarayoni boshlandi. Bu holat oʻz navbatida harbiy sohaga ham ta’sirini oʻtkaza boshladi. Yuqorida aytganimizdek ilk oʻrta asrlarda qurol taqib yurish huquqi harbiy majburiyatga aylanish jarayonini boshlab bergan boʻlsa, sekin-asta harbiy xizmatga yollanishdan pul toʻlovi orqali qutilib qolish holatlari kuzatila boshlandi. Karl Semiz davridan boshlab ma’lum vznos bilan askarlikka toʻplanadigan joyga borishdan ozod boʻlish mumkin edi. Bu holat XII asrda keng tarqaldi. Harbiylarning tobora alohida qatlamga aylanishi, dehqonlarning shaxsiy qaramligi koʻpayib ketishi oqibatida yuqorida aytganimizdek jamiyatning quyi qatlam vakillari harbiy sohadan mutloqo yiroqlasha boshladi. Endi urush vaqtlarida oldingi oddiy xalq lashkarlari boʻlgan shaxslar uyda qolar yoki boʻlmasam urushlarda oʻz xoʻjasining xizmatkori sifatida ishtirok etadigan boʻldi. Ba’zan ular urushga toʻlov toʻlash oraqli ham oʻz uylarida qolgan. Faqatgina mamlakat uchun juda tahlikali holatlarda, “O Vehr! O Vappen” degan chaqiriqlar boʻlganda, togʻ tepalarida ogohlantiruvchi olovlar yoqilganda, nogʻoralar bong urganda hamma qoʻliga ilingan qurolni olib belgilangan toʻplanish joyida hozir boʻlishlari kerak edi.
Masalan, Germaniyada Genrix I xalq lashkarlaridan slavyanlar va vengrlar bosqinidan mudofaalanish maqsadida foydalangan. Undan tashqari ozod etilgan hududlarga oʻz xizmatkorlarini joylashtirish orqali ham harbiy sohaga qisman oʻzgartirishlar kiritgan. Tortib olingan yerlar harbiy xizmat oʻtash sharti bilan berilishi bu yerlarning harbiy koloniyalarga aylanishiga olib keldi. bu yerlarda qattiq harbiy tartibga rioya etilgan. Feodal tizimining barcha noqulayliklarini oʻzida sinab koʻrgan Genrix I mamlakat harbiy qudratini oshirish uchun har qanday vositalarni ishga solgan. Misol uchun slavyanlarga qarshi kurashda tearli feodal vassallarga ega boʻlmagan Genrix I tahlikali ishga qoʻl urdi, u koʻplab oʻgʻri va qaroqchilarga qurol berib ularni slavyanlarga chegara hudud boʻlgan Merzeburg legioniga joylashtirdi hamda dushman tomonni bemalol talashlariga ruhsat berdi. U qoʻl ostidagi harbiylarning mahoratini oshirishga ayniqsa e’tibor qaratdi. Chunonchi otda yengil qurollar bilan harakatlanuvchi vengrlarga qarshi kurash koʻnikmasini oshirib bordi. U garnizonlarni tashkil etish maqsadida harbiy xizmat evaziga yer bergan xizmatkorlarining har 10 nafardan birini garnizonlarga yuborishni majburiy qilib qoʻydi. Qolgan 9 nafar kishilar shaharlarda qolib ishlashda davom etgan. Ular yerlarning uchdan bir qismida dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishlari shart edi.
Keyinchalik imperatorlik hokimiyatining zaiflashuvi bilan harbiy xizmat chaqiriq tobora mushkul vazifaga aylanib bordi. Endi imperatorlar kunyazlarning maslahatisiz harbiy chaqiriq e’lon qilolmay qoldi. Undan tashqari imperator vassallari boʻlgan feodallar harbiy xizmat evaziga yerlardan tashqari turli xil pul va boshqa koʻrinishdagi mukofotlarni talab qila boshladi. Masalan, Konrad II italyan yurishlarida ishtirok etadigan har bir vassal va ministeriallariga imperator nomidan quyidagilarni berishi kerak edi: 10 f. pul, 5 bogʻlam taqa, 2 ta echki terisi, 1 ta yuk hayvoni zarur ehtiyoj mahsulotlari bilan toʻldirilgan hurjunlari bilan, ikkita xizmatkor, ularning har biri 1 f. pul va 1 tadan ot bilan. Alp davonidan oʻtashda qoʻshin yana qoʻshimcha ta’minot olishi belgilandi. Yaqin masofadagi urushlari uchun bu miqdorlar kamaygan. Shunday sharoitda hukmdorlar nisbatan arzon turuvchi yollanma qoʻshindan foydalanishga harakat qila boshladi. Ritsarlar bilan birga qoʻshinga yolllanma qoʻshin yoki soldatlar (solitada, solidarii) jalb qilish shakllandi. Lekin yollanma qoʻshin tarkibi oʻsha davr sharoitida haqiqiy harbiylardan emas edi, ular orasida qashshoqlashib qolgan ozod dehqonlarni, qocho dehqonlarni, qaroqchilarni uchratish mumkin edi.
Feodallar singari asta-sekin oʻz mavqyeini va qudratini tiklab borgan shaharlar ham oʻz qoʻshinlariga ega boʻla boshladi. Feodallar timsolidagi umumiy dushman ularni hukmdorlar bilan tezda yaqinlashuviga olib keldi. shahar hunarmandlari piyoda askarlar sifatida, boy shaharliklar otliqlar sifatida ishtirok etgan. Shuningdek ular safida shaharlarda istiqomat qiluvchi ritsarlar ham boʻlgan. Shahar hokimlari boʻlgan burgomistrlar shaharliklar qoʻshinining qoʻmondoni hisoblangan. Shaharlarda tashkil qilingan arsenallarda qurollarning bir necha xillarini topish mumkin edi. Gogenshtaufenlar sulolasi tomonidan olib borilgan uzluksiz urushlarga qaramasdan, harbiy ruhiyat faqatgina ritsarlikda saqlanib qoldi, ular tartibsiz va boʻysinmas boʻlsalarda, ammo hukmdorlar tayanadigan yagona kuch boʻlib qoldi. Shaharliklar va xalq lashkarlaridan imperatorlar kamdan-kam holatlardagina foydalanganlar. Oxir-oqibat vaziyat shu darajagacha borib keldiki, Germaniya faqatgina landverni (chaqiriq) mamlakat ichki xavfsizligi uchun jalb qila oladigan boʻlib qoldi. Gabsburglar davriga kelganda harbiy soha qaytadan rivojlana boshladi.
Fransiyada ham harbiy xizmat evaziga berilgan benefisiylar (fiyefes) tezda koʻpayib bordi. Yer olgan vassallarning harbyi xizmat muddati 40 kunni tashkil qilgan. Lekin harbiy ekspedisiyalar oʻz xarakteriga koʻra ost va chevaucheyega boʻlingan. Chevaucheye nomi bilan unchalik muhim boʻlmagan ekspedisyalar atalgan, ost boʻlsa haqiqiy urushni anglatgan boʻlib, odatda bunda sen’oriya sarhadlaridan tashqariga chiqib ketilgan. Ayrim vassalar qal’alarda gernizon xizmatini oʻtashga majbur boʻlib, ular estajlar deb atalgan. Fransiyadagi barcha sen’oriyalar kengligi va vassallari soniga qarab baroniya va oddiy lenlarga boʻlingan. Baronlar ham oʻz vassallariga ega boʻlib, bu vassallarga ham oʻz vassallariga ega boʻlish huquqi berilgan. Shu tariqa se’oriyalarning egasi boʻlgan graflar yoki yegrsoglar yordam uchun birinchi navbatda baronlarni va boshqa oʻziga bevosita vassallarni chaqirishi ikkinchidan ushbu vassallarning vassallarini yoki arer-vassallarni xizmatga chaqirishi mumkin edi. Oddiy vassallar ritsarlarga va qurolbardorlarga boʻlingan. Ritsarlar oʻz navbatida yurishlarda kuzatib boruvchi oʻz vassallariga ega boʻlgan bannergerlarga va oddiy ritsarlarga (bacheliyers) boʻlingan.
Fransiya shaharlarida ham kommuna huquqini qoʻlga kiritgandan keyin oʻzlarining shahar qoʻshinlarini atkshil eta boshladilar. Bu qoʻshin koʻproq kommuna milisiyalari nomi bilan mashhur. XII asrga kelganda kommuna milisiyalari qirol qoʻshinlarining katta qismini tashkil etadigan darajaga erishdi. Filipp II Avgust kommuna va dehqonlar taqdim etishi lozim boʻlgan serjantlar sonini belgilab bergan. Serjant nomi bilan oʻsha paytlarda dvoryan boʻlmagan harbiylar tushunilgan. Koʻpchilik shaharlar askarlar taqdim etish majburiyatidan pul toʻlovi orqali qutilib qolganlar. Ubnda taxminan har bir askar oʻrniga 3 livrdan pul toʻlangan.
IX asrdan boshlab Fransiya hududidagi ayrim senorlar oʻzlariga yollanma otryadlarni (conductitii) xizmatga yollay boshlaganlar XII asrga kelganda yirik feodallar oʻz qoʻlida yollanma piyoda va otliq bandalarni ushlashi odatiy holgan aylandi. Bunday bandalar kotero va brabansonlar nomi bilan atalgan. Lyudovik VII ham avval boshda bunday bandalarning xizmatidan foydalangan, lekin 1165-yilga kelganda oʻz sen’orlaridan qaroqchi banadalar yordamiga tayanmaslikka buyruq beradi. XII asr oxirlariga kelganda Filipp Avgust ruterlar otryadlaridan iborat qoʻshinni xizmatga jalb etgan. Ilgarigi paytlarda rutyerlar qaroqchi va oʻgʻrilarga boʻlingan., jamiyat ularni qattiq ta’qib ostiga olgan. Lyudovik Avliyo davridan boshlab ular qaroqchilik mazmunidan koʻproq yollanma askarlarga aylana boshladi. Bunday otryadlar ham harbiy san’at taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. Ularga tayanib hukmdorlar va qoʻmondonlar oʻzlarining boshlayotgan yurishlariga erkin yondoshishlari mumkin edi, sababi feodallar xizmatining muddati juda qisqa boʻlsa, bunday qoʻshinlarni safarbar qilish ortiqcha kuch talab qilmagan va ularga maoshlarni yaxshigina toʻlash orqali ularni oʻz qoʻlida itoatkor qurolga aylantirish mumkin edi. bunday qaroqchilar xizmatidan foydalanmasliklarini talab
Rutyerlardan tashqari Filipp Avgust maosh toʻlab turuvchi ritsarlarga, piyodalarga, kamonchi va injenerlarga ega boʻlgan. Keyinchalik ular soni ikki barabar oshirildi. Ritsarlar yollanma qoʻshin safiga olingan yoki bitta yo boʻlmasam 2-3 nafar boshqa ritsarlar hamrohligida safarbar qilingan. XII asrning 1-choragida ular kuniga 6 su pul va oʻlgan oti uchun tovon olgan. undan keyingi darajada otliq serjantlar turgan boʻlib, ularning oyligi kuniga 5 suni tashkil qilgan. Undan keyin otliq arbaletchilar boʻlib, ular rota yoki kichikroq qismlardan iborat boʻlgan va kuniga 5 su olgan, ularning ayrimlari 2 ta otga ega boʻlgan, bunday arbaletchilarni pajlar kuzatib borgan. Piyoda arbaletchilar kuniga 1 su maosh olgan. otliq serjantlar ritsarlar boshchilik qiladigan rotalarga birlashgan. Bunda yollanma qoʻshinning rutyerlardan asosiy farqi shunda ediki, ular ma’lum kishilardan tarkib topgan va ishonchli yoʻlboshchilar ularga rahbarlik qilgan. Ularning ta’minoti soliq hisobiga qoplangan. Filipp Chiroyli davrida yollanma horijiy piyodalar ham xizmatga olingan. Ayniqsa genuyaliklarning xizmatidan keng foydanishgan, sababi ular mohir kamonchi boʻlishgan.
Ritsarlarning taktikasi. Salib yurishlari davridan boshlab oʻrta asr ritsarlarining tpi toʻlitgʻicha shakllandi. Ogʻir himoya quroli ritsar bilan birga u mingan otning katta qismini muhofaza etgan. Zarba quroli sifatida uzun anyzadan hamda ikki yoqlama oʻtkirlangan qilichdan foydalanishgan. Irgʻituvchi qurollardan ritsarlar odatda foydalanishmagan, chunki raqibni bu orqali yengish ularning sharafiga toʻgʻri kelmagan. Asta-sekinlik bilan ritsarning asosiy yarogʻiga qilich aylanganligini ta’kidlash kerak. Oʻrta asrlar Yevropasida qurollar ichida qilichga e’tibor juda katta boʻlgan. Eng oddiy holatlarda ritsarlikka oʻtkazish qilich orqali yelkaga urib qoʻyish orqali amalga oshirilgan. “Roland haqida qoʻshiq” eposida qilichga Dyurandal degan nom berilib, unga Siz deb murojaat qilingan. Tarixda yana ekskalebur nomli qilich ham mashhurlikka erishgan.
Ritsarlik toifasi janglarda paydo boʻlgan dastlabki paytlabda ular bir necha klin tarzda jangga boʻlib, odatda uchta liniyaga saflangan. Bu holat zarbalar navbatini uzluksiz advom ettirish uchun moʻljallangan. 3-liniyani zahira yoki falangali hujumlarga qoʻllash holatlari juda kam kuzatilgan.
Ritsarlikning keyingi rivoji davomida “yen haye” deb ataluvchi saflanish paydo boʻldi. Bu tartibga koʻra barcha ritsarlar bir qatorga oraliqda intervallar bilan saflangan. Chunki oʻrta asrlar ritsarlari orasida ritsar ritsarga qalqon boʻlishi kerak emas degan aqida boʻlgan va jangda har bir ritsar oʻzining jasoratini koʻrsatish uchun ham odatda yakka holda saflangan. Undan tashqari uning qurol-yarogʻlari ham jips holda saflanish imkonini bermagan. Ularning ortida boʻlsa qurolbardorlar va otliq xizmatchilar 2 va 3- qatorlani tashkil etgan. Bu holatda saflanish garchi marshal buyrugʻi bilan amalga oshgan boʻlsada, ammo jangni boshqarishda uning oʻrni yoʻqolgan. Chunki har bir ritsar shaxsiy namuna koʻrsatishga uringan. Jang nihoyasida gʻalabadan keyin dushmanni taqib etish ham onda-sonda uchrab turgan. Buning sababi ritsarlarning ogʻir qurollari va bu qurollar bilan harakatlanish natijasida otlarning haddan ortiq darajada horib qorishlari sabab boʻlgan.
Ritsarlardan iborat qoʻshinning vaqtinchalik algerlar qurishida ham maxsus qodilarga amal qilinmagan. Odatda koʻp hollarda ritsar oʻzining vassallari bilan bir guruh boʻlib chodir tikkan. Oziq-ovqat bilan toʻgʻri ta’minlashga ham rioya etilmagan.
Shunday qilib oʻrta aslar davriga kelganda sodir boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy (feodalizm, len tizimi) hamda etik oʻzgarishlar (ritsarlik) harbiy san’at tarixida muhim ahamiyat kasb etgan boʻlsada, lekin bu davrni tarixchi olimlar harbiy san’at jihatidan quyi pogʻonadagi daraja sifatida baholashadi. Bir necha asrlar davomida qoʻshinda yakka jasorat koʻrsatish ustunlik qilib keldi, taktik chizmalar, strategiya singari harbiy san’atning eng muhim vositalari chetga surilib qoldi. Shu boisdan boʻlsa kerak ritsarlik hukmron davrda dunyo tarixida qoʻshinni boshqarish qobiliyati evaziga mashhurlikka erishgan qoʻmondonlar – harbiy san’at ustalari yetishib chiqmadi. Bu sohada nom qoldirgan ayrim shaxslar ham koʻproq shaxsiy jasoratlari evaziga shuhrat qozondilar. Harbiy sohadagi ilgariga siljish faqatgina qurollanish, ta’minot, shaxsiy koʻnikmalarning oshishi va qurol bilan muomila qilish mahoratining oʻsishida (turnirlar) kuzatildi. Ilk oʻrta asrlardan to deyarli oʻrta asrlarning oxirigacha bir necha rohiblik xronikalarini hisobga olmaganda harbiy adabiyot Yevropada yaratilmadi. Vizantiyada IX asrda, Arablarda XII va XIII asrlarda harbiy mazmundagi adabiyotlar yaratilgan boʻlsada, ammo ular oldingi davrlardagidan farqli ravishda amaliyotga tadbiq etilmadi.



Download 206,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish