1-tajriba ishi.(4-soat)



Download 237,02 Kb.
bet1/5
Sana29.03.2022
Hajmi237,02 Kb.
#515772
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tajriba 1

1-TAJRIBA ISHI.(4-soat)


ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANGAN VA BOSHQA BAXTSIZ HODISAGA UCHRAGANLARGA BIRINCHI YORDAM BERISH YO‘LLARI


Ishdan maqsad
Xavfsizlikni va baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari bilan tanishish va jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.


Nazariy qism
Birinchi yordamning muvaffaqiyatli bo‘lishi asosan yordam beruvchining chaqqonligi, ziyrakligi va mohirligiga bog‘liqdir. Mohirlik bilan muvaffaqiyatli yordam berishni tegishlicha mashqlar qilish va malaka orttirish yo‘li bilangina o‘rganish mumkin. Qoidalarni bilib olishning o‘zi birinchi yordam berish uchun kifoya qilmaydi.
SHikastlangan kishini saqlab qolish aksariyat holatlarda uni tokdan qanchalik tez qutqarishga‚ unga birinchi yordamni naqadar tez va to‘g‘ri berishga bog‘liq bo‘ladi. Vaqtni o‘tkazib, yordam berishga uzoq tayyorgarlik ko‘rish, shikastlangan kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.
SHikastlangan kishida nafas olishi, yurak urishi, puls singari hayot belgilarining ko‘rilmasligi uni o‘lgan deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi, shunga ko‘ra, unga yordam berishdan voz kechish mutlaqo yaramaydi. Elektr tokidan shikastlanganda kishining o‘limi ko‘pincha soxta bo‘ladi. SHikastlangan kishining chindan ham o‘lganligini, faqat tibbiyot xodimi aniqlaydi va yordam berishning foydasiz ekanligini ayta oladi.
SHu sababli, elektr qurilmada xizmat qiladigan hamma hodimlarga elektr energiyaning xavfliligi va birinchi yordam berish choralari to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan tadbirlar o‘tkazilib, aniq yo‘riqlar berib turilishi kerak. Bunda xodimlarga tokdan qutqarish va sun’iy nafas oldirish usullarini amalda ko‘rsatib o‘rgatish lozim. Mashg‘ulotlarni malakali tibbiyot xodimlari bilan texnika xodimlari birgalikda o‘tkazishlari lozim. Mashg‘ulotlarni tashkil etish, sex, tuman, uchastka, podstansiyaning ma’suliyatli boshliqlari zimmasiga yuklatilishi zarur.
Doimiy navbatchilik qilinadigan joylarda:
- birinchi yordam berish uchun eng avvalo zarur dori-darmon va tibbiyot asboblari solingan maxsus quti (kichkina shkaf);
- birinchi yordam berish qoidalari, masalan, sun’iy nafas oldirish qoidalari yozilgan va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilgan plakatlar bo‘lishi lozim.
Mutaxassis bo‘lmagan kishilarniig birinchi yordamni to‘g‘ri bera bilishi uchun, quyidagi tadbirlarni oldindan ko‘rib qo‘yish zarur:
a) har bir korxona, sex va hokazolarda dori-darmon shkaflariga qarab turadigan maxsus kishilar belgilanadi. Ular shkaflardagi dori-darmonlarning kamini to‘ldirib turish va hamma smenalarda shkaflarning to‘liq bo‘lishi uchun, javobgardir;
b) har bir smenada maxsus kishilar ajratilib, ular birinchi yordam berishga o‘rgatiladi. Bu kishilar ham shkaflarning o‘z smenasida talabga javob beradigan bo‘lishi uchun, javobgardir;
v) tibbiyot xodimlari:
- birinchi yordam berish qoidalarining to‘g‘ri bajarilishiga;
- shikastlangan kishining o‘z vaqtida, albatta, tibbiyot punktiga yuborilishiga javobgardirlar;
g) mutaxassis bo‘lmagan kishi yordam berishda tibbiyot xodimi o‘rnini bosa olmaydi, shunga ko‘ra u tibbiy yordam etib kelgunga qadar zarur bo‘lgan birinchi yordamni berishi kerak, xolos. Bu yordam:
- qon oqishini to‘xtatish;
- jarohatlarni, kuygan joylarni bog‘lash;
- singan suyakni moslama yordamida qimirlamaydigan qilib bog‘lash;
- hushga keltiruvchi choralar, ayniqsa sun’iy nafas oldirish;
- shikastlangan kishini ko‘tarib yoki transportda olib borishdan iborat bo‘lishi lozim;
d) sexdagi birinchi yordam shkafida yoki korxonadan tashqarida ishlayotgan brigada boshlig‘ining birinchi yordam sumkasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
- individual aseptik paketlar (bintsiz);
- individual aseptik paketlar (bintli);
- bintlar;
- paxtali doka bintlar (suyak singanda bog‘lash uchun):
- mustahkam probkali shishada yod aralashmasi;
- ko‘zni yuvish uchun borat kislota eritmasi;
- nashatir spirti;
- borli vazelin;
- efir-valerian dori;
- soda;
- kaliy;
- vodorod peroksidi;
- dori ichirish yoki ko‘z yuvish uchun qulay kichik choynak;
- qon oqishini to‘xtatish uchun jgut (1-rasm);


Download 237,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish