1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi



Download 464,94 Kb.
bet1/13
Sana05.11.2022
Hajmi464,94 Kb.
#860727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi


7-8 mavzu. Avtomobil startyorlari. Startyor elekgrodvigatelining elektromexanik tavsifnomasi.
Reja
1. Umumiy ma’lumotlar;
2. Starter tuzilishi;
3. Yurgizib yuborish tizimi tavsifi va sxemalari;
Bayoni
Yurgizib yuborish tizimi.
Yurgizib yuborish tizimi dvigatel o’t oldirilayotganda tirsakli valni majburiy aylantirilishini ta’minlaydi. Tizimning asosiy qismi bo’lib elektromexanik qurilma — starter hisoblanadi. Starter dvigatelga o’rnatilib, eng ko’p energiya iste’mol qiladi. Uning iste’mol qiladigan toki yuzlab amperga yetadi. Tizimga bundan tashqari starterni masofadan turib boshqarish qurilmasi ham kiradi. Starterni elektr energiyasi bilan akkumulyatorlar batareyasi ta’minlaydi. Yurgizib yuborish tizimiga past haroratda yurgizib yuborishni yengillashtiruvchi har xil qizdirgich moslamalari ham kiradi.
Umumiy ma’lumotlar.
Dvigatel mustaqil ishlab ketishi uchun starter uning tirsakli valiga ma’lum boshlang’ich (yurgizuvchi) aylanishlar chastotasini uzatishi lozim. Buning uchun starter dvigatelning bir nechta tashkil etuvchilardan iborat qarshilik momentini yengishi zarur.
Bu eng avvalo dvigatel detallarining ishqalanib ishlovchi detallari orasidagi va tirsakli valdan harakatlanuvchi yordamchi mexanizmlarning ishqalanish kuchlarining qarshilk momentidir. Bundan tashqari dvigatel harakat olayotganda harakatlanuvchi detallari hosil qiladigan inersiya kuchlari hosil bo’ladi. Inersiya kuchlari momentini asosini moxovikning inersiya kuchi momenti tashkil qiladi. Qarshilik momentini tashkil qiluvchilardan yana biri dvigatel silindrlarida zaryadni siqish va kengayishiga energiya sarfi momentidir.
Qarshilik momenti yig’indisi dvigatelning turi, quvvati va uning issiqlik holatiga ham bog’liq bo’ladi. Chunki harorat pasayishi bilan dvigatelni moylovchi moy qovushqoqligi ortib, ishqalanish kuchi momentini oshishiga olib keladi. Кo’p quvvatli va ko’p silindrli dvigatellar katta burash momentiga ega bo’lgan starterlarni qo’llashni talab qiladi.
Dizel dvigatelining qarshilik momenti karbyuratorli dvigatel qarshilik momentidan katta. Bu dizellarning siqish darajasi bir muncha kattaligi bilan bog’liq. Shuning uchun starter dizel dvigateli silindridagi havoni siqishda oshadigan qarshilk momentini ham yengishi kerak.
Dvigatelni yurgizadigan tirsakli valning aylanish chastotasi uning turiga ham bog’liq. Yurgizish chastotasi karbyuratorli dvigatellarda yoqilg’ining karbyuratorga berilishini va kiritish truboprovodlarida yetarli siyraklanish hosil qilinishini ta’minlashi kerak. Siyraklanish vaqtida yoqilg’i aralashmasidagi yoqilg’i bug’lari kondensasiyalanmasdan harakatlanishi zarur. Bu talablar tirsakli valning 40-60 ayl./min da bajariladi.
Dizel dvigatellarining yurgizish chastotasi bir muncha yuqori. Agar yurgizish chastotasi kam bo’lsa, siqish takti oxirida havoning harorati purkaladigan yoqilg’ining o’z-o’zidan alangalanishini ta’minlay olmaydi. Bundan tashqari yoqilg’ining purkash bosimi aylanish chastotasiga bog’liq. To’rt taktli bevosita purkaladigan dizellarning yurgizish aylanish chastotasi 80-100 ayl./min bo’lishi shart.
Shunday qilib dvigatelni ishonchli yurgizib yuborilishi uchun starter tirsakli valni ma’lum aylanish chastotasida aylantirishi kerak. Buning uchun unga ma’lum burovchi moment zarur.
Zamonaviy avtomobil starteri (8.1-rasm) doimiy tok elektrodvigateli 10, yurgizish va boshqarish mexanizmlaridan tashkil topgan. Barcha starterlarning elektrodvigatellari konstruksiyasi bir xil. Ular to’rt qutbli qilib tayyorlangan. Eng ko’p elektrodvigatellar ketma-ket uyg’otiluvchi qilib ishlangan. Ayni ketma-ket uyg’otilishda dvigatelni yurgizishni samaraliligiga erishiladigan elektrodvigatel tavsifi ta’minlanadi. Salt ishlash rejimida yakor aylanishlar chastotasining sezilarli darajada katta bo’lishi bunday dvigatellarning kamchiligi hisoblanadi. Bu paytda yakorga yomon ta’sir qiluvchi va hatto uni shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan markazdan qochma kuchlar oshib ketadi. Salt ishlash rejimida aylanishlar chastotasini kamaytirish maqsadida aralash uyg’otiluvchi ya’ni qo’shimcha parallel uyg’otish chulg’amiga ega elektrodvigatellar ham qo’llanilmoqda.

8.1-rasm. Elektromagnit ulagichli starter sxemasi.


Starterdan tirsakli valga burovchi moment tishli uzatma — moxovik 9 ning tishli gardishi bilan tishlashadigan shesternya 7 orqali amalga oshiriladi. Tirsakli valdagi burovchi momentni oshirish uchun uzatish nisbati10-15 ga teng bo’lgan pasaytiruvchi uzatma qo’llaniladi. Bundan tashqari starterning tez yurgizuvchi dvigateli kichik o’lchamga ham egadir.
Starter shesternyasi moxovikning tishli gardishi bilan faqat dvigatel yurgizilayotgan vaqtda ilashishi kerak. Bu talabni qondirish uchun shesternya 7 ichki, elektrodvigatel vali 8 esa tashqi shlisali qilib ishlangan. Bu shlislar shesternyaning moxovik 9 ning tishli gardishi bilan ilashib-ajralishida o’q bo’ylab harakatini ta’minlaydi. Zamonaviy starterlarda shesternyaning harakatlanishini elektromagnit rele boshqaradi. Elektromagnit relening qo’zg’aluvchi o’zagi (yakori) 4 tortqi (richag) 6 yordamida shesternya 7 ga o’q bo’ylab yuruvchi kuch uzatiladi. Elektromagnit releni haydovchi uzgich (ulagich) 2 vositasida boshqaradi.
Yurgizib yuborilgach tirsakli valning aylanish chastotasi 1000 ayl/min ga etadi. Agar bu aylanishlar shesternya orqali starter yakoriga berilsa, uning aylanish chastotasi 10-15 ming ayl/min gacha oshib ketishi mumkin. Yakor aylanishlarining qisqa muddatga ham bunday oshishi uning parchalanib ketishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun starter yakorini parchalanib ketishini oldini olish maqsadida yakor validan yuritma shesternyasiga kuch erkin yurish muftasi orqali uzatiladi. Mufta burovchi momentni faqat bir yo’nalishda — yakor validan moxovikka uzatilishini ta’minlaydi. Zamonaviy starterlarda rolikli va xropovikli erkin yurish muftalari qo’llaniladi.
Starter quyidagi tartibda ishlaydi. Uzgich 2 kontaktlari qo’shilganda akkumulyator batareyasi 1 dan elektromagnit chulg’ami 3 ga tok o’ta boshlaydi va elektromagnit yakori 4 tortiladi. Yakorga bog’langan tortqi (richag) 6 uning ta’sirida prujina 5 ning kuchini engib shesternya 7 ni suradi. Yakor bir vaqtda kontakt disk 12 ni harakatlantirib kontaktlar 11 ni ulaydi. Akkumulyator batareyasi 1 birlashgan kontaktlar 11 orqali elektrodvigatel 10 ni tok bilan ta’minlaydi va uning yakorini aylantiradi. Dvigatel yurgizilgach haydovchi uzgich (ulagich) 2 bilan chulg’am 3 zanjirini uzadi. Prujina 5 ta’sirida kontaktlar 11 ajraladi va shesternya 7 dastlabki joyiga qaytadi.Videorolik

Download 464,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish