1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi



Download 464,94 Kb.
bet5/13
Sana05.11.2022
Hajmi464,94 Kb.
#860727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi

8.5-rasm. ST221 starteri:
a-umumiy ko’rinish; b-elektrik sxema. Videorolik-2
Starter o’chirilganda yakor valini to’xtatish uchun, u tormoz qurilmasi bilan ta’minlangan. Tormoz qurilmasi po’lat konus 20 va plastmassadan tayyorlangan tormoz disk 19 dan iborat. Кonus 20 yakor valiga presslab o’rnatilgan, disk 19 esa qopqoq 18 da o’rnatilgan. Starter o’chirilganda plastmassa flanes 2 plastmassa flanes 1 ga uriladi va yakorni o’q bo’ylab orqaga surilishini ta’minlaydi. Bu paytda aylanuvchi konus 20 va qo’zg’almas disk 19 bir-biriga tegadi va ular yuzalarining ishqalanishi natijasida yakor tez to’xtaydi. 15 va 16 pozisiyalar - tortuvchi rele chiqarishlaridir.
starteri (8.6-rasm) aralash uyg’otiluvchi o’zgarmas tok elektrodvigateli va ikki chulg’amli elektromagnit starter relesidan tashkil topgan. Starter relesi elektrodvigatelni ta’minlovchi zanjirni ulash va yuritma shesternyasini moxovikning tishli gardishiga majburiy ilashtirish vazifasini bajaradi. Starterning nominal kuchlanishi 12 V.
Starter korpusi 16 ga (8.6,a-rasm) to’rtta qutb 17 uyg’otish chulg’ami seksiyalari bilan mahkamlangan. Uchta seksiyani ketma-ket ulangan uyg’otish chulg’ami, bitta seksiyani parallel ulangan uyg’otish chulg’ami tashkil qiladi (8.6,b-rasm). Кorpus 16 qopqoqlar 5 va 14 orasiga joylashtirilgan. Qopqoqlar o’zaro boltlar 19 yordamida qotirilgan. Qopqoq 14 da texnik xizmat ko’rsatish vaqtida elektrodvigatelning cho’tka-kollektor uzelini ko’rish uchun tuynukka ega bo’lib, u tashqaridan himoya kojuxi bilan yopilgan.

8.6-rasm. 29.3708 starteri:
a-umumiy ko’rinish; b-elektrik sxema.
Starter yakorining vali 18 ikkita metallokeramik vtulkalarda aylanadi. Valning orqa uchi qopqoq 14 ga presslab kiritilgan vtulkada turadi (cheklovchi halqa 1ning orqasida). Bu starterning boshqa starterlardan farqlovchi xususiyatdir. Bunday konstruksiya oldingi qopqoq 5 ning vaznini kamayishi hisobiga starterning engilroq bo’lishini ta’minlaydi.
Ushbu starter konstruksiyasining yana bir o’ziga xos xususiyati shundaki, kollektor 12 ning toresli qilib ishlanganligidir. Кollektorni toresli qilib ishlaganda mis sarfi kamayadi. Cho’tkali uzel qopqoq 14 da mahkamlangan. Cho’tkalar 13 kollektorga plastinasimon prujinalar yordamida siqib turiladi.
Elektromagnitli rele tortuvchi 7 va ushlab turuvchi 8 chulg’amlarga ega. Rele yakori 6 etaklanuvchi plastina 20 ga ta’sir qiluvchi richag 4 vositasida yuritmani yakor validagi vintsimon shlis bo’ylab harakatlanishini ta’minlaydi. Yuritma rolikli erkin yurish muftasi 3 bilan jihozlangan. Shesternya 2 moxovikning tishli gardishiga ilashayotganda rele yakori 6 kontakt plastina 9 ni harakatlantiradi va relening plastmassa qopqog’i 10 ga mahkamlangan kontakt chiqarishlari 11 ni plastina 9 bilan ulaydi.
ST103 starteri (8.7-rasm) elektromagnitli ulanuvchi va masofadan turib boshqariluvchi qilib ishlangan. Starterning nominal kuchlanishi 24 V ga teng.
ST103 starterining oldin ko’rib chiqilgan starterlardan farqini yuritma mexanizmidagi o’zgarish tashkil qiladi.
Yakor vali 16 dagi (8.7,a-rasm) rezba katta qadamli qilib ishlangan. Rezbaning tashqi yuzasi bo’ylab vtulkali stakan 21 erkin harakatlana oladi. Stakanda qiyshiq ariqcha 22 frezalangan bo’lib, unga richag 10 ning barmog’i 23 kirib turadi.
Val 16 rezbasi bo’ylab etaklanuvchi gayka 18 haraktlanadi. Gaykaning qirralari shesternya 12 xvostovigidagi ariqchalarga kirib turadi va unga burovchi momentni uzatadi. Shesternya 12 ham valdagi rezbada turadi, lekin val rezbasining yon tomon qirralari va shesternya orasida tirqish borligi uchun shesternyaning moxovik gardishiga ilashishi engil kechadi.


Download 464,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish