1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari


-variant 1. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlarining shakllanish davri qachon?



Download 242,79 Kb.
bet14/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

3-variant
1. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlarining shakllanish davri qachon? Aql – keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib to tafakkur va hayotni o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlar yig’indisidir.
Aqliy faoliyat diqqatning har doir ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan bog’lanadi. Abu Ali Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushoxada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich.O‘zlashtirilgan bili, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. SHunda u haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqlni 3 bosqichga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin xali xarflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan.
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi.
Uchinchi bosqichda inson aqliy shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi.
Ibn Sino aql deganda insoning tuQma iste’dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Aqlni ikki xil kategoriyalarga bo‘ladi. 1. Nazariy aql – borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir.2. Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatlardan.
Aqliy kamolot – bu yoshning o‘sib tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi ta’minlash ularni kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega.Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o‘zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta’lim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo‘lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog‘lanishlarida, munosabatlarda ko‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o‘quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. O‘ozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari deb hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas`uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir.
Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish