1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari


Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining didaktika bilan bog’liqligi



Download 242,79 Kb.
bet2/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

2. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining didaktika bilan bog’liqligi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonining umumiy va xususiy tomonlari bor. Ta’limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini xususiy didaktika o‘rganadi.
Umumiy didaktika o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro ta’sirini o‘rganadi va u barcha o‘quv fanlari uchun aloqadordir. “Ona tili o‘qitish metodikasi” umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilganlarni oydinlashtiradi, ya’ni umumiy didaktikadan o‘rganilgan ta’limning maqsadi, qonuniyatlari, prinsiplari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarining ona tilini o‘qitish jarayonida voqelanishini aniqlaydi.
Modomiki shunday ekan, “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani didaktikaga tayanib ish ko‘radi. Chunonchi, ona tili o‘qitish prinsiplari yoki metodlari xususida fikr yuritilar ekan, avvalo, umumdidaktik prinsiplar va metodlar, keyin xususiy prinsiplar va metodlarga to‘xtalinadi.
Ona tili darslarida, bir tomondan, umumdidaktik prinsiplarni, ikkinchi tomondan, shu fanni o‘qitishning o‘ziga xos prinsiplarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Umumdidaktik prinsiplar garchand maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarga aloqador bo‘lsa-da, ammo u har bir fanning ichki tabiatidan, o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktabda o‘qitiladigan hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan didaktik prinsiplar: o‘qitishning bolaga ma’lumot berish, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilganligi; o‘qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi; sistemaviylik va izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi; onglilik, faollik va mustaqillik; ko‘rsatmalilik; o‘quvchilarga individual munosabatda bo‘lish va ularning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi prinsiplar garchand umumdidaktik prinsiplar sanalsa ham, ammo ona tili o‘qitish nazariyasi va usuliyatida ularning har biri o‘ziga xos mazmun kashf etadi.
Ona tili o‘qitishda umumdidaktik prinsiplar bilan bir qatorda shu fanning tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o‘ziga xos prinsiplar ham mavjud:
a) “til- me’yor-nutq mutanosibligi” prinsipi;
b) o‘zbek tili fanini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga erishish prinsipi; v) o‘zbek tilini o‘qitishda mavzulararo, bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishga qat’iy amal qilish prinsipi; g) o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish prinsipi;
d) o‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘quvchilarning nutq malakalarini mustahkamlash va til sezgirligini oshirish prinsipi; e) ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish prinsipi.
Maktabda ona tili o‘qitishning bu o‘ziga xos prinsiplari umumdidaktik prinsiplar bilan uyg‘unlashib, ona tili darslari samaradorligini ta’minlovchi asosiy talablar silsilasini vujudga keltiradi.
Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir. Ularni bir-biridan ajratgan holda alohida-alohida yoki darsning muayyan bir bosqichida birin-ketinlik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘quvchilar til hodisalarini o‘rganishar ekan, ayni vaqtda, shu jarayonda ularga tarbiya beriladi, shaxsi rivojlantiriladi.
Ta’limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi prinsiplari o‘zaro bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan didaktik kategoriyalardir.
Ilmiylik prinsipini tushunarlilikdan ajratib bo‘lmaydi. Bu ikki prinsip bir-birini to‘ldiradi va dars samaradorligini ta’minlaydi. Ona tili darslarida ilmiylik va tushunarlilikni ta’minlash uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:

  • fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy jihatdan asoslangan maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va atamaning ma’nosini atroflicha ochish; ularni bolalarning puxta o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun yetarli miqdorda asosli materiallar bilan tahlil qilish;

  • o‘rganilayotgan o‘quv materialining oldin o‘rganilgan mavzular bilan bog‘liqligiga amal qilish; bolalarni keyingi mavzularni o‘zlashtirishga tayyorlash; til asoslari, tushunchalarini o‘zaro chog‘ishtirib o‘rganish;

  • ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo‘l qo‘ymaslik, o‘quv materialini bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashga, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki hamda yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga bo‘ysundirish;

  • o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning ruhiy (psixologik) xususiyatlari va imkoniyatlariga mo‘ljallab tanlash.


Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish