1-variant “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va metodi


-variant 1. Texnologiyani asosiy taraqqiy yo`nalishlari. Asosiy texnik iqtisod ko`rsatkichlari



Download 0,57 Mb.
bet9/134
Sana17.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#816118
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134
Bog'liq
X variant 1 dan 90 gacha

5-variant
1. Texnologiyani asosiy taraqqiy yo`nalishlari. Asosiy texnik iqtisod ko`rsatkichlari.
Tayanch so‘zlar: texnologik jarayonlar, taraqqiy yo’nalishlar, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar;
2. Listli va romli filtrlar konstruksiyasi, ishlash prinsipi, afzallik va kamchiliklari.
Tayanch so‘zlar: filtrlash, filtr, usullari, qo‘shimcha jarayonlar, tezligi, tenglama, rejimlari, qurilmalar, cho‘kma, panronli, filtr, filtr-press, hisobi;
3. Vodorod ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini tushuntiring.
Tayanch so‘zlar: konversiya, oksidlovchi, konversiyalangan gaz, katalitik konversiya, Le-Shatele, katalizator, zaxarlanish, harorat, qurilmalar, saturatsion minora.
1-savolga javob
Texnologiya deganda, bu so‘znig keng ma’nodagi talqinida sanoatning qaysi bir tarmog‘idagi ishlab chiqarishning uslubi va vositalarining ilmiy tavsifi tushuniladi. Mexanikaviy texnologiya jarayonlari ko‘proq mexanik ta’sir etishga asoslangan bo‘lib, ishlov berilayotgan moddanig tashqi ko‘rinishi, fizik xususiyatlari o‘zgarib, ularning kimyoviy tarkibiga ta’sir etmaydi. Tabiatiga ko‘ra kimyoviy va fizikkimyoviy hodisalargaasoslangan kimyoviy texnologiya jarayonlarga xom ashyoga kimyoviy ishlov berish kiradi.Kimyoviy texnologiya - ko‘proq tejamkor va ekologik asoslangan uslublarda tabiiy xom ashyo materiallaridan istemol tovarlari va ishlab chiqarish vositalariga qayta ishlash haqidagi fandir.
Zamonaviy kimyoviy texnologiya, tabiiy va texnik fanlar yutuqlariga tayangan holda fizikaviy va kimyoviy jarayonlarini, mashina va apparatlarini, bu jarayonlarni turli moddalarni, mahsulotlarni, materiallarni, buyumlarni sanoat ishlab chiqarishida amalga oshirishni va ularni boshqarishning eng muvofiq yo‘llari majmuini o‘rganadi va ishlab chiqadi. kimyoviy texnologiya kimyoviy ilmlarga, jumladan, fizikaviy kimyo, kimyoviy termodinamika va kimyoviy kinetikaga tayanadi, shu bilan bir vaqtda shunchaki takrorlamasdan, aksincha, bu fanlarning qonuniyatlari asosida keng ko‘lamdagi sanoat jarayonlarini rivojlantiradi. 2-savolga javob
Filtr (frans. fi ltre — kigiz), suz gʻich — 1) suyuqlik Filtri — suyuklikni undagi qattiq zarralar yoki unga aralashmaydigan boshqa suyuqliklardan ajratish (tozalash) uchun moʻljallangan asbob, moslama yoki gʻovak jism. Suyuklik Filtr.lari ish prinsipiga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Davriy ishlaydiganining hajmiy, listli, filtrpress, patronli xillari bor. Hajmiy Filtr. oz miqdordagi suspenziyani ajratishda qoʻllaniladi. U vakuum yoki bosim ostida ishlaydi. Listli Filtr. eritmalarni tindirish, qattiq fazasi hajmining 5%idan oshmagan suspenziyalarni ajratishda qoʻllaniladi. Filtrpresslardan, asosan, mayin dispers sistemalarni ajratishda, patronli Filtr.dan suspenziyalarni tindirish yoki quyultirishda foydalaniladi. Filtrlash (kimyoda) — suyuklik yoki gazni oʻtkazib, qattiq jismlarni tutib qoladigan filtrlovchi toʻsiq yordamida suspenziyalar yoki aerozollartl. ajratish jarayoni. F. maxsus qurilma — filtrda amalga oshiriladi. Suspenziyani F.da suyuklikdan ajraladigan qattiq jismlar filtrlovchi toʻsiqda koʻpincha nam choʻkma hosil qiladi. Bu choʻkma suv va boshqa suyuqliklar bilan yuvib tushiriladi yoki quritish maqsadida havo bilan puflanadi. 3-savolga javob
Vodorod olishning sanoat usullari. Vodorod ishlab chiqarish bir qancha 
usullari ma’lum, zavodlarda quyidagilar ishlatiladi: 1. Temir-bug‘ usuli (koktaktli). 
2. Tabiiy gazni konversiyalash metodi. 3. Elektrolitik metod. Vodorod tabiatda keng tarqalgan boʻlib, Yer poʻsti (litosfera va gidrosfera) dagi miqdori ogʻirligi boʻyicha 1%, atomlar soni boʻyicha 16% ni tashkil etadi. Yerda eng koʻp tarqalgan birikma — suv (ogʻirligi boʻyicha 11,19% Vodorod) tarkibida hamda koʻmir, neft, tabiiy gazlar, tuproq, shuningdek, hayvon va oʻsimlik organizmlari (yaʼni oqsillar, nuklein kislotalar, yogʻlar, uglevodlar va b.) tarkibida uchraydi. Konversiya (lotin. conversio — aylanish, o'zgarish demakdir) - datlabki gaz aralashmasining tarkibini o'zgartirish maqsadida gazlarni qayta ishlash jarayoni bo'lib, odatda, vodorod yoki uning CO bilan aralashmasini olish maqsadida gazsimon uglevodorodlar (metan va uning gomologlari) va CO konversiya qilinadi. Kataliz katalizator, deb ataluvchi modda vositasida kimyoviy reaksiya tezligining oʻzgarishidir. Reaksiyada ishtirok etayotgan reagentlardan farqli oʻlaroq, katalizator reaksiyaga kirishmaydi. Reaksiyani tezlatuvchi katalizatorlar musbat katalizator, sekinlatuvchilari esa ingibitor deyiladi. Katalizator faolligini oshiruvchi moddalar promouter, kamaytiruvchi moddalar esa katalitik zahar, deb ataladi. Katalizator reaksiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar bilan bir qancha oraliq birikmalar hosil qilib, reaksiya nihoyasida miqdori va tarkibi oʻzgarmasdan ajralib chiqadi.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish