1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


SINFCHA (AJDODCHA) YO’SINQABILAR YOKI BRIUMQABILAR-BRYIDAE



Download 398,5 Kb.
bet4/36
Sana01.07.2022
Hajmi398,5 Kb.
#727393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

SINFCHA (AJDODCHA) YO’SINQABILAR YOKI BRIUMQABILAR-BRYIDAE.
Mazkur sinfcha 13 ta qabila, 85 oila,700 dan ortik turkum va 14 mingga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular ko'p yillik yoki bir yillik o’t o'simliklar bo'lib, kattaligi 1 mm dan to 50 sm gacha va xatto undan xam balandroq bo’lishi mumkin. Ko'pchiligi yashil rangli.
Sinfcha-vakillari yakka xolda yoki tup bo'lib, chim hosil etib o'sadi. Ular turli substrartlarda- tuproqda, daraxtlarning tanalarida, shoxlarning po’stloqlari orasida, nordon muhitli tog’ jinslarida o'sadi.
Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ularning to’qimalari bir muncha shakllangan bo'lsada, haqiqiy floema, ksilema elementlari taraqqiy etmagan.
Barglari turli shakllarda va tomirli yoki tomirsiz. Sporogonlari o'simlikning uchki yon tomonida taraqqiy etadi, bandli. Ko'sakchasi qopqoqchali, ochiladigan yoki ayrimlarida kleystokarp, ya'ni ochilmaydigan. Sporalari yumaloq, bir yoki ko'p hujayrali bo'lib, diametri 5 dan 200 mikrongacha. Sporasi qulay sharoitda o'sadi va undan ipsimon protonema taraqqiy etadi. Sinfcha vakillari juda sershox yaxshi taraqqiy etgan ipsimon protonemaga ega bo’lishi bilan sfagnumqabilar va anderoqabilardan farq qiladi. Sinfcha vakillari Yer yuzida keng tarqalgan bo'lib - Arktikadan to Antarktidagacha bo'lgan joylarda o'sadi.
O’rta Osiyo sharoitida sernam joylarda funariya turkumining turlari va cho'l zonasida erta baxorda qumlarda tortula turkumi turlari, tog'li tumanlarda esa kakku zig'iri turkumining ayrim turlari o'sadi. Quyida oddiy kakku zig'iri bilan tanishamiz.
Oddiy kakku zig'iri- Polytrichum commune - kakku zig'irnamolar -(Polytrichales) qabilasining kakkuzig'irdoshlar (Polytrichaceae) oilasiga mansub. Kakku zig'iri turkumiga 100 ga yaqin tur kiradi.
Oddiy kakku zig'iri 30-40 sm balandlikdagi o't o'simlik. Poyasi tikka o'suvchi, shoxlanmagan, oddiy qalami barglar bilan zich qoplangan. Poyasining o’rta va uchki qismidagi barglari yashil, pastki qismidagilari esa kichik va qo’ng;ir rangli. Poyasining asosida ko'p hujayrali, qo’ng’ir tusli rizoidlar taraqqiy etgan.
Kakku zig'iri 2 uyli o'simlik. Anteridiy va arxegoniylari poyasining uchida to’p-to’p bo'lib joylashgan. Anteridiy uzunchoq shaklda bo'lib, qisqa bandda o’rnashgan.
Anteridiydagi Har bir spermogen hujayralaridan bittadan 2 xivchinli spermotozoid hosil bo'ladi. Spermotozoidlar namlik yordamida Harakat qilib, arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo’shilgandan so'ng zigota hosil bo'ladi. Zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Dastlab sporogon arxegoniyning qorincha qismida shakllanadi, keyinchalik uning bandi uzayib ko'sakchasi arxegoniyning qorinchasini yorib tashqariga chiqadi. Yetilgan sporogon ikki qismdan, band va ko'sakchadan iborat. Ko'sakchaning uchki qismida qalpoqchasi bor. Ko'sakchaning tashqi devori yashil bo'lib xlorofill donachalariga ega.Yetilgan sporalardan qulay sharoitda protonema, protonem ko'rtaklaridan esa kakku zig'iri o'sadi.
Yo’sinsimonlar eng qadimgi yuksak o'simliklar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq bo’yidan ularning sporalari topilgan. Mezozoy va kaynazoy erasining qoldiqlaridan esa ular ko'p topilgan. Ba'zilari bir xafta ichida yetiladi. Ikki jinsli gametofitlarda arxegoniy va anteridilar bitta gametofitda hosil bo'ladi. Har xil sporalarda esa makrasporadan hosil bo'lgan gametofitda arxegoniy, mikrosporadan o’sgan gametofitda anteridiy hosil bo'ladi. Ayrim vakillarida anteridiyda ikki xivchinli spermatozoidlar yetiladi. Arxegoniyning pastki qismida tuxum hujayra taraqqiy etadi. Urug'lanish namlik yordamida amalga oshadi.
2. PLAUNTOIFALAR BO’LIMI
( TUG’NAG’ICHSIMON PLAUN, ODDIY SELAGANELLA).

Reja:




  1. Bo‘limning umumiy tavsifi. Plaunlarni tana tuzilishi, paydо bo‘lgan va rivоjlangan davrlari, sinflarga bo‘linishi, ko‘payishi va tarqalishi.


  1. Plaunsimоnlar sinfi. Uning belgilari, sistematikasi, tarqalishi, ko‘payishi, spоrоfit va gametоfitlarining tuzilishi.




  1. Pоlushniksimоnlar – sinfi. Sinfning tavsifi, sistematikasi. Selaginellanоmalar va pоlushniknоmalar qabilalari, ularni tavsifi, ikkilamchi yo‘g‘оnlashishi, peridermaning kuchli rivоjlanishi va kelib chiqishi.


Plaunnamolar - Lycopodiales qabilasi. Bu qabilaga kiruvchi o'simliklar ko'p yillik o’t o'simliklar bo'lib, rizoforalari bo'lmaydi. Barglari mayda, qipiqsimon. Sporangiylari sporafillarning asosida joylashgan. Sporafillar esa strobilda yoki spora boshoqlarida joylashgan. Gametofitlari ikki jinsli seret, yer ostida joylashgan. Saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi.
Qabilaning bizgacha faqat bitta plaundoshlar (Lycopodiaceae) oilasining vakillari yetib qolgan.
Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi: plaun (Lycopodium) turkumiga 200 dan ortiq tur kiradi. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. O’rta Osiyoda esa tog'lik regionlarda uchraydi. Poyasi tikka, ayrimlarida yotib o'sadi yoki epifit holatda uchraydi. Turkumning yer bag'irlab o'suvchi Harakterli vakillaridan biri cho’qmoqli plaundir. U ko'p yillik o’t o'simlik. Poyasi yotib o'sadi, doim yashil, ko'prok o’rmonlarda o'sadi. Poyasi va shoxchalari mayda, butun bargchalar bilan zich qoplangan. Poyasini tashqi tomondan bir qavat epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida qalin birlamchi po’stloq qavat joylashgan. Undan ichkarida endoderma va perisikl qavati mavjud. Poyaning markazida silindrik protostel joylashgan. Kselemasida traxeidlar, floemasida esa elaksimon naylar joylashgan. Cho’qmoqli plaun poyasi yerdamida vegetativ yo'l bilan ko'payadi. Ularda jinssiz ko'payish sporalar yerdamida boradi. Yozning o’rtalarida spora boshoqlari shoxlarning uchlarida hosil bo'ladi. Spora boshoqlarida sporofitlar zich o'rnashgan. Sporofillarda sporangiya va arxesporeal hujayralar joylashgan. Sporalar yerga to’qilgandan so'ng suv yerdamida tuproqning yoriqlariga tushib va undan gametofit hosil bo'ladi. Gametofit 2 jinsli bo'lib unda anteridiy va arxegoniylar hosil bo'ladi. Anteridiylarda hosil bo'lgan 2 xivchinli spermotozoidlar suv yordamida suzib kelib, arxegoniyga tushib, tuxum hujayrani urug'lantiradi va natijada zigota hosil bo'ladi. Zigota hujayralarga bo'linishi natijasida murtak taraqqiy etadi. Murtakdan esa yangi yosh plaun o'sib chiqadi.
Plaunlarning ko'pchilik turlari zaHarli o'simliklardir. Ularni mol yemaydi. Ulardan medisina va veterinariyada hamda bo’yoqlar olishda foydalaniladi.

Download 398,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish