1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)



Download 398,5 Kb.
bet7/36
Sana01.07.2022
Hajmi398,5 Kb.
#727393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

Sinf (ajdod) marattiyasimonlar-Marattiopsida
Bu sinf bitta qabila (Marattiales), bitta oila (Marattiaceae), 7 ta turkum va 100 dan ortiqrok turlarni o'z ichiga oladi, Ular tropik zonada, Yangi Zelandiya, Antil orollari, Meksika, Braziliya, Janubiy Sharqiy Xitoy, Hindiston, Indoneziya va boshqa joylarda saqlanib qolgan. Paleobotanik ma'lumotlarga ko'ra, toshko’mir, perm davrlarida yer sharida bu sinf turlari o'simliklar qoplamida ustunlik qilgan. Paleobotanik materiallar uni tasdiqlaydi. Angeopteris va marattiya turkumlarining vakillari hozirgi qirqquloqlarning eng yirik turlari sanaladi. Ularning murakkab barglarining uzunligi 6 m gacha yetadi.
Marattiyasimonlar sinfiga mansub o'simliklarning sporangiylari barglarining ostki tomonidagi yon tomirlarining chetlarida (bargining chetlarida) joylashgan. Har qaysi sporangiyda 1450 gacha izosporalar yetiladi. Sporadan unib chiqqan gametofit ikki jinsli bo'ladi.
Sinfning eng yirik turkumlaridan biri marattiyalardir. Bu turkumga 60 ta tur kiradi. Ular har ikkala yarim sharning tropik qismlarida tarqalgan. Marattiyalarda ham sporangiylar bargning ostki qismida o'rnashgan. Biroq ular qo'shilib o'sib, sinangiy hosil etadi. Marattiyalarning seret barglari, poyasi va yon bargchalari mahalliy aholi tomonidan iste'mol qilinadi, shuning uchun madaniylashtiriladi. Yon barglaridan olinadigan shilimshiq modda dorivor sifatida ishlatiladi. Angiopteris va marattiyalar manzarali o'simliklar sifatida ham ekiladi.
Sinf (ajdod) polipodiumsimonlar - Polypodiopsida
Qirqquloqlar bo'limining eng yirik sinfi. U 6 ta qabila, 240 ta ga yaqin turkum va 9000 ta dan ziyod turni birlashtiriladi. Ular butun yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Ko'pchilik turlari tropik o’rmonlarda tuproqda yoki daraxtlarga yopishgan holatda o'sadi. Tropikaga hos turlari orasida daraxtsimon va liana shakldagilari ham bor. Siateyadoshlar oilasining 500 dan ziyodroq daraxtsimon turlari bunga misol bo'ladi. Ularning bo’yi 15-20 m gacha boradi. Barglari bir necha martda patsimon bo'lingan, uzunligi 5-6 m ga yetadi. Sporalari teng, ayrimlari esa har xil spora hosil qilib ko'payadi. Teng sporali vakillarida gametofit yaxshi taraqqiy etgan. Har xil sporalilarining gametofiti juda reduksiyalangan bir necha hujayradangina tashkil topgan.
Polipodiyasimonlar sinfi (ajdodi) 3 ta sinfcha (kichik sinf) ga bo'linadi: Polipodiyakabilar (Polypodiidae), Marsiliyakabilar (Marsileidae), Salviniyakabilar (Salviniidae).
Polipodiyakabilar sinfchasi (ajdodchasi) 4 ta qabilaga ajraladi: Osmundanamolar (Osmundales), Sxizeyanamolar (Schizeales), Polipodiyanamolar (Polypodiales), Siateyanamolar (Cyatheales).
Bulardan eng yirigi polipodiyanamolar qabilasi bo'lib, u 5 ta oilani birlashtiradi. Shulardan bittasiga to'xtalib o’tamiz. Polipodiumdoshlar (Polypodiaceae) oilasi 50 turkumiga mansub 1500 ga yaqin turni birlashtiradi. Ular yer yuzida keng tarqalgan. Bu oilaning vakillarining ildizpoyalari yo’g'on,shoxlangan va tashqi tomondan qo’ng’ir rangdagi tangachalar bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon. Oval yoki yumaloq shakldagi soruslari bargning ostki tomonida joylashgan. Yumshoq, seret va shirin ildizpoyasi glyukozid, olma kislotasi va saponinlar saqlaydi. Bargi va ildizpoyasining qaynatmasi medisinada ishlatiladi. Oddiy polipodium (Polypodium vulgare) manzarali o'simliklar sifatida o'stiriladi.


Download 398,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish