1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)



Download 398,5 Kb.
bet3/36
Sana01.07.2022
Hajmi398,5 Kb.
#727393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

SINF (AJDOD)-ANTOSEROTSIMONLFR (ANTHOCEROPSIDA).


Bu sinfga 300 ga yaqin tur kiradi. Yer sharining asosan tropik viloyatlarida va Mo’tadil iqlimli joylarida tarqalgan. Ko'pchilik adabiyotlarda antoserotsimonlar sinfiga bitta-antoserotdoshlar (Anthocerotaceae) oilasi kiritiladi. Ba'zi adabiyotlarda esa bu sinfga notatiladoshlar (Notatilaceae) oilasi ham kiritiladi.
Birinchi oilaning antoseros turkumi tabiatda ancha keng tarqalgan bo'lib, u 200 ga yaqin turga ega. Antoserotsimonlarning tanasi yassi yoki tasmasimon, balandligi (bo’yi) 2-3 sm, diametri 1-3 sm, ayrim turlarida sporagenning uzunligi 13 sm gacha yetadi. Tanasi bir necha qavat yupqa hujayralardan tashkil topgan. Tallomning ostki tomonida rizoidlari joylashgan. Antoserotlarning ko'payish vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar bilan boradi. Vegetativ ko'payuvchi ko'p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunakchalar hosil bo'lib, ular yordamida ko'payadi. Ularda jinsiy ko'payish organlari (anteridiy, arxegoniylar) endogen joylashgan. Anterediylar bittadan yoki guruh bo'lib joylashgan. Yetilgan anteridiyning ustki qismi yorilib ochiladi, natijada spermatozoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegeniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi. Uning tuxum hujayrasi urug'langandan so'ng dastlab zigota undan esa murtak hosil bo'ladi. Murtakdan sporofit taraqqiy etadi. Sporofit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporofit uzunchoq ko'sakchadan iborat. Sporalar yetilgandan keyin elatera orqali ko'sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema, undan esa yangi yosh gametofit taraqqiy etadi.


SINF (AJDOD) POYABARGLI YO’SINSIMONLAR-BRIOPSIDA (MUSCI)
Bu sinfga 700 turkum 15000 dan ziyodroq tur kiradi. Uning vakillari quruqlikda juda keng tarqalgan. Ularni Arktika va Tundrada o'simliklarga yopishgan xolda botqoqliklarida, chuchuk suvlarda, voxalarda, ayrim vakillarini esa O’rta Osiyoning qumloq cho'llarida uchratish mumkin.
Umuman olganda bu sinf vakillari shimoliy va junubiy yarim sharlarda keng tarqalgan bo'lib, turli noqulay sharoitlarga juda chidamli. Shuning uchun xam Yer sharidagi o'simliklar qoplamida ular katta rol o'ynaydi.
Jigarsimon yo’sinlarda gametofit dorzoventral tuzilishga ega bo'lgan bo'lsa, poyabargli yo’sinlarda esa radial tuzilishga ega. Bu sinf vakillarida poya, barg, ayrim vakillarida esa novdalar xam bor. Poyasining asosidan yoki yotib o'suvchi turlarida poya bo'ylab, ko'p hujayrali ipsimon, shoxlangan rizoidlar taraqqiy etgan.
Barglari o'troq, bo’tun, tomirlari yoki tomirsiz poyada zich joylashgan. Ularning ko'pchiligi ko'p yillik o'simliklardir. Jinsiy ko'payish organlari poyasining uchida yoki torf shoxlarida esa yon shoxchalarda joylashadi. Ko'pincha jinsiy organlar parafiz iplari bilan o'ralgan bo'lib, bu iplar jinsiy organlarni ximoya qilishda muxim rol o'ynaydi.
Urug'lanish jarayonidan keyin zigotadan sporogen taraqqiy etadi. Sporogenining jigarsimon yo’sinlarnikidan farqi shuki, bularning tashqi po'sti yashil xlorofill donachalariga ega. Ikkinchidan bularda elatera bo’lmaydi.
Ko'sakchadagi spora yetilgandan keyin ko'sakcha qopqoqchasi ochiladi yoki ayrim vakillarda (andreya yo’sinida) ko'sakcha to’rtta bo’lakchaga ajralib ochilad va sporalar tashqi muhitga tarqaladi. Sporadan protonema o'sadi. Unda taraqqiy etadigan ko'rtaklardan yangi gametofit o'sib chiqadi. Bu sinf vakillarida xam vegetativ yo'l bilan ko'payishni kuzatish mumkin.

Bargpoyali yo’sinsimonlar sinfi (ajdodi): 3 ta sinfchaga bo’linadi:



  1. Sfagnumqabilar - Sphagnidae

  2. Andreyaqabilar - Andreaeidae

  3. Yashil yo’sinqabilar (Briumqabilar) - Bryidae

Sinfcha (Ajdodcha) Sfagnumqabilar - (Sphagnidae). Bu sinfchaga bittadan qabila (Sphagniales) bitta oila (Sphagnaceae) turkum (Sphagnum) va 300 dan ziyodroq tur kiradi. Keng tarqalgan turlariga: S.cuspidatum S.aco’tifolium, S. sguarrosum larni kiritish mumkin. Sfagnumlar ko'p yillik o't o'simliklar bo'lib, sporadan o'sib chiqqan bir yillik poyasining asosida rizoidlar bo'ladi. Poyasi shoxlangan. Poyasi uch qavatdan tashkil topgan. Tashqi qavati gialoderma, undan so'ng skleroderma va markaziy o'zak qavatidan iborat. Barglari yupqa, tomirsiz, ikki xil: uzunchoq, tirik xlorofilli assimilyasion hujayralardan va rangsiz o'lik, spiralsimon yoki halqasimon qalinlashgan hujayralardan iborat.


Sfagnumlarning vegetativ organlari o'z og'irligiga nisbatan 30 barobardan ziyodroq suvni to'plash imkoniyatiga ega
Sfagnumlarning vegetativ ko'payishi, novdalarining ajralishi tufayli, ba'zan esa poyasi yordamida amalga oshadi. Sfagnumlar bir yoki ikki uyli o'simlik, bir uyli vakillarida arxegoniy va anteridiylar turli shoxchalarda joylashgan. Anteridiylar tepa shoxlarning qoplagich barglari qo'ltig'ida bittadan joylashgan. Arxegoniylar esa qisqargan tepa shoxlarning uchki qismida 1-5 tadan o'rnashgan.
Urug'lanish jarayonidan keyin zigota hosil bo'lib, undan sporogen taraqqiy etadi. Sporogonning uchki qismida qopqoqchasi, ostki qismida soxta bandi bo'ladi. Ko'sakchasi sharsimon,qo’ng’ir rangli. Sporalardan qulay sharoitda plastinkasimon protonema, undan esa yangi sfagnum taraqqiy etadi.
Sfagnumlar ko'proq shimoliy xududlarda, ayniqsa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy tumanlarida katta maydonlarda torfzorlar hosil kiladi. Sfagnumlar o’zi o'sadigan muhitda asta-sekin torf hosil bo’lishiga olib keladi. Bir metr qalinlikdagi torf qariyib 1000 yil mobaynida hosil bo'ladi.
Torf xalq xo’jaligining turli soxalarida ishlatiladi. Torf uglerodga boy bo'ladi. Boshqa o'simliklarning quruq vazni tarkibida 45% uglerod bo'lsa, torfda 60% gacha uglerod bo'ladi. Shuning uchun u eng yaxshi yoqilg’i hisoblanadi.
Torfni quruq xaydash yo'li bilan undan, mum, parafin, fenol, karbon kislotasi, saHarin va 1 tonna torfdan 120 l spirt olinadi.
Torf qishloq xo’jaligida organik o’g’it sifatida keng ishlatiladi. Ulardan karton,qog’oz tayyorlash mumkin. Torf shifobaxsh hususiyatga xam ega.



Download 398,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish