1. Yuqumli kasalliklar fanining hozirgi davridagi tutgan o’rni



Download 19,13 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi19,13 Kb.
#262517
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.Kirish

Yuqumli kasalliklar – patogen qo'zg'atuvchilar keltirib chiqargan keng guruhga mansub xastaliklardir. Boshqakasalliklardan farq qilib, yuqumli xastaliklar kasallangan odam yoki hayvonlardan sog'lomlarga o'tish (kontagiozlik) va keng ko'lamda (epidemik) tarqalishxususiyatiga ega. Yuqumli kasalliklar uchun etiologik agentning maxsusligi, kasallik kechishining davriyligi va immunitet shakllanishi xosdir. Odam kasalliklari salmog'ida yuqumli xastaliklar 20 dan 40 foizgacha yetadi.Shuni ta'kidlab o'tmoq darkorki, yuqumli jarayon tabiatdagi eng murakkab biologik jarayonlardan hisoblanadi. Yuqumli kasalliklar insoniyat uchun ofat keltiruvchi dahshatli omillardan hisoblanib, katta iqtisodiy zarar keltiradi.Yuqumli kasalliklarga an'anaviy tirik qo'zg'atuvchilar emas, balki ularning hayot jarayonida mikroorganizmdan tashqarida to'plangan mahsulotlari sabab bo'lgan xastaliklar kiradi masalan, oziq-ovqat mahsulotlarida). Bu o'rinda yuqumli jarayon rivojlanmaydi, balki intoksikatsiya (zaharlanish) kelib chiqadi. Ayni paytda etiologik agentning mavjudligi, immunitetning rivojlanishi va yuqumli jarayonning rivojlanishi mumkinligi ushbu kasalliklarni yuqumli xastaliklarga kirishi uchun asos bo'ladi (botulizm misolida).

Yuqumli jarayon – qo'zg'atuvchi va makroorganizmning tashqi muhitning belgilangan sharoitlardagi munosabatidir. Ayni paytda tashqi muhit ushbu triadada alohida o'rin to'tadi va yuqumli jarayon kechishiga muhim ta'sir ko'rsatadi.

Birinchidan, tashqi muhit yuqumli jarayonga – qo'zg'atuvchiga biologik, fizik, kimyoviy, makroorganizmga esa sanab o'tilgan omillar va sotsial faktorlarvositasida ta'sir etadi.

Ikkinchidan, har qanday terapevtik ta'sirlarni tashqi muhitning yuqumli jarayonga ta'siri sifatida karash mumkin. Uchinchidan, mikro- va makroorganizm orasidagi o'zaro moslashuvreaktsiyalarini buzilgan gomeostazni tiklashga va tashqi muhit bilan biologik moslashuvni tiklashga qaratilgan reaktsiya sifatida karash mumkin.

Patogenlik (kasallik chaqira olish qobiliyati) – mikroorganizmning turga xos bo'lgan xususiyati bo'lib, irsiy (genetik) tomonidan belgilanadi. Ushbu xususiyat bo'yicha mikroorganizmlar patogen, shartli patogen va patogen bo'lmagan xillariga bo'linadi. Patogenlikni belgilab beradigan omillarga virulentlik, toksigenlik va invazionlik kiradi.

1. Virulentlik – patogenlik darajasi hisoblanib, har bir patogen qo'zg'atuvchining alohida xususiyati hisoblanadi.

2. Toksigenlik – mikroorganizmlarning har xil toksinlar (ekzo- va endotoksinlar)

ishlab chiqarish xususiyatidir.

3. Invazionlik (agressivlik) – mikroorganizmning makroorganizm to'qimalari va

organlariga kirish va tarqalish xususiyatidir.

Yuqumli jarayonning yuqumli kasallikka o'tishi ko'p jahatdan makroorganizmning holati va uningxususiyatlariga bog'liq. Shuni ta'kidlab o'tmoq zarurki, patogen qo'zg'atuvchining organizmga ta'sirida javob reaktsiyalarida faqat immun sistema emas, balki makroorganizmning hamma fiziologik sistemalari ishtirok etadi. Ushbu reaktsiyalar majmuasi reaktivlik deb ataladi.

Reaktivlik organizmning qo'zg'atuvchini parchalash va chiqarib yuborishga qaratilgan fiziologik reaktsiyalarni harakatga keltirish va buzilgan funktsiyalarni tiklash xususiyatidir.

Organizmning himoya faktorlari (rezistentlik) maxsus (immun) va maxsus bo'lmagan omillarga bo'linib, ular irsiy va orttirilgan mexanizmlarning butun kompleksidir.




Download 19,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish