10-mavzu: ekologik arxitektura. Reja: Arxitektorlarning ekologik qarashlari



Download 60,69 Kb.
bet1/2
Sana28.05.2022
Hajmi60,69 Kb.
#613129
  1   2
Bog'liq
1-маъруза матни (2)


10-MAVZU: EKOLOGIK ARXITEKTURA.


REJA:
1. Arxitektorlarning ekologik qarashlari.
2. Ekologik model va arxitektura.


Tayanch so’z va iboralar: Arxitektura, atrof-muhit, barqaror rivojlanish, bino va inshootlar, yorug’lik, jamiyat, jarayon, iqlim, insonlar, quyosh nuri, landshaft, maydon, materiallar, metabolizm, moslashuv, resurslar, tabiat, texnologiyalar, tirik organizmlar, hayot, shakl, shamol, ekologik dizayn, ekologik loyihalash, ekologik model, ekologik muvozanat, ekologik tizim.
1. Arxitektorlarning ekologik qarashlari.
Amerika va Avstriya mutaxassislari Charlz Kibert (Charles J. Kibert, Florida universitetidagi Atrof-muhit va qurilish markazi direktori), Jan Sendzimir (Jan Sendzimir, Avstriyadagi Xalqaro amaliy tizimlar va tahlillar institutining ekologi), Bredly Gay (G. Bradley Guy, Florida universitetidagi Atrof-muhit va qurilish markazi izlanuvchisi) tomonidan 2003 yilda tahrirlangan “Qurilishda ekologiya: yashil binolar uchun asos sifatida tavsiflanadi” nomli kitobida arxitektorlarning ekologik qarashlari to’g’risida quyidagi fikrlar keltirilgan.
Qishloq xo’jaligi jamiyati paytlarida, iqtisodiy va madaniy tizimlar mahalliy resurslarga va energiya oqimiga, ya’ni yashash hududlari joylashgan yerga to’g’ri tushadigan quyosh nurlariga va yomg’irga tayangan. U davrlardagi binolarning konstruktsiyasida qo’lga ushlanadigan materiallar ishlatilishiga va juda kam miqdorda energiya sarflanishiga asoslangan. Sanoat davrining arxitekturasi ham tabiatga moslashmagan. Iqlim o’zgarishiga qazilma yoqilg’ilarining ishlatilishi oqibatlarini kuzatamiz. Ko’plab binolarda doimiysiz energiyaning yuqori darajada quyilishi sababli yashash uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shularni e’tiborga olib, ko’plab arxitektorlar o’z binolarini yaratishda ekologik muvozanatni saqlashda o’zining o’rinishlarini arxitekturaviy ifodalash orqali harakat qilishadi.
Zamonaviy jamiyat qanday qilib binoning har xil, ammo ko’pgina o’xshashliklari bilan ekologik dizaynini biohududlarning ob’ektiv qonuniyatlariga asoslanganligini tushunish orqali “mos tushushini” anglab yetdilar.
Arxitektor Malkolm Vells (Malcolm Wells, Tabiiy dizayn va metropoliten bino qurish bo’yicha mutaxassis, Amerika) tomonidan loyihalangan binolarda beton, po’lat va oynalarni asosiy material sifatida ishlatilishida resurslar sarfini kamaytirishga intilgan. Boshqa tomondan esa, arxitektorlar Sim Van der Ryn (Sim Van der Ryn, Kaliforniya Ekologiya instituti prezidenti, Amerika) va Rob Pena (Rob Peña, Oregon shtati Universitetida arxitektura professorining yordamchisi, iqlimshunoslik bo’yicha mutaxassis, Amerika) binolarning arxitekturaviy uslubiga kamroq yondashib, ikkita texnologiyadan bittasida moslashtirishga, ya’ni past texnologiyali biologik materiallardan (poxol tugunlar) yoki yuqori texnologik materiallardan (quyosh batareyasi) foydalanib, loyihalarni ishlab chiqishda hududlarning mahalliy iqlim maromi bilan uyg’unlashtirishni maqsadga muvofiq deb bilishgan. Ular tasvirlagan loyihalar qishloq hududlarida joylashgan. Arxitektor Malkolm Vellsning loyihasi esa yirik binolardan iborat bo’lgan shaharlar hududida joylashgan.
Arxitektorlar Sim Van der Ryn va Rob Pena tabiiy ekologik tizimlardan nimalarni o’rganish kerakligini va ularni qurilish muhitiga tadbiq qilishni muhokama etib, ta’kidlashicha barpo etilgan binolar tizimi yordami bilan qayta shakllangan energiyadan jadal foydalanish – tabiiy kuchlarga moslashish shakli vositasi hisoblanadi. Ular bir vaqtning o’zida doimiy davrda (kun va tun, fasldan faslga) mavjud bo’lgan tabiat kuchlari vaqtida belgilab hisoblangan binoni tabiatga yaqinlashtirishga urinib ko’rib, fundamental muammoni ko’rsatishadi, ya’ni binolarni tabiatga moslab qurish muammosini ko’tarib chiqishadi. Biz bunda binoni turg’un (muvozanat) holatini ko’ramiz, ammo uning atrofidagi mumkin bo’lmagan, ya’ni ba’zan tez, ba’zan esa juda sekin harakatlanishi bilan mikroskopik elementlardan tortib kosmik kuchlar unga doimiy ta’sir qiladi. Zamonaviy davrda, o’ziga xos binolarning loyihalari odatda uzoq muddatga moslashuvchan qilib belgilanadi va rivojlanmaydi.

Download 60,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish