10-Mavzu. Turizm va mehmonxonada axborot texnologiyalarini joriy etish va qo‘llash omillari. Reja



Download 106,77 Kb.
bet7/7
Sana30.12.2021
Hajmi106,77 Kb.
#191763
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu tur va meh ax tex joriy etish

10.3.1-jadval

Mehmonxona xo‘jaligining asosiy xizmatlari

Xizmat turi

Mazmuni

Nomerlarni boshqarish

Nomеrlar bеrish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish, masalan, bronlash, mehmonlarni kutib olish, qayd qilish, joylashtirish, to‘lovlarni qayd qilish, hujjatlarni tayyorlash, nomerlarda sanitariya holatini nazorat qilish va boshqalar.

Ma’muriyat faoliyati

Mehmonxonani boshqarish uchun bajariladigan barcha biznes jarayonlarni qamrab oladi, masalan, kadrlarni boshqarish, moliyaviy masalalarni yechish, bo‘limlar orasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, nazorat funksiyalarini bajarish va h.k. Asosan ushbu xizmat menejerlar, buxgalteriya, kadrlar bo‘limi va boshqa bo‘limlarni qamrab oladi.

Tijorat xizmatlari

Asosan marketing bo‘limi bilan bog‘liq faoliyat turi bo‘lib, bozorni o‘rganish, reklamalarni amalga oshirish, matbuot va boshqa xizmatlarni qamrab oladi. Ushbu xizmatlarning asosiy maqsadi – bu mehmonxona mahsulotini bozorga chiqarish va yangi xizmat turlarini ishlab chiqish.

Ovqatlanishni tashkillashtirish

Ushbu xizmatga restoran, bar, bufet, tezkor ovqatlanish shaxobchalari va boshqalar kiradi. Bu yerda bajariladigan faoliyat mehmonxonaning asosiy xizmat turining tarkibida bo‘ladi.

Texnikaviy va kommu-nikatsiya xizmatlari

Suv, gaz va boshqa texnik ta’minotlarni ishini ta’minlab turadi.

Qo‘shimcha va yordamchi faoliyat xizmatlari

Bu yerda mijozlarga qo‘shimcha pulli xizmatlar taklif qilinadi, masalan, sartaroshxona, sportzal va boshqalar.

Ushbu xizmatlar, ya’ni nomerlarni boshqarish, ovqatlanish xizmatlari va qo‘shimcha xizmatlar bevosita yaxlit bir butunni tashkil etadi, bir-biri bilan bog‘lanadi va korxona qiyofasini shakllantiradi.

Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini tashkillashtirish va uni jahon talablariga binoan samarali boshqarish uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalari talab etiladi. Shu bois mehmonxonalarni boshqarishda quyidagi tizimlar qo‘llaniladi: PMS – integrallashgan boshqaruv tizimi; CRS – markazlashtirilgan bandlash tizimi; GDS – global bronlash tizimi.

Ilk bor mehmonxonani avtomatlashtirishda 1960-yillarda Hilton, InterContinental va Sheraton kompaniyalari IBM bilan birgalikda HIS tizimini (Hotel Information Systems) ishlab chiqishgan. Hozirgi kungacha ushbu tizimdan foydalanish davom etmoqda.

1980-yllardan PMS ( Property Management Systems) tizimi keng joriy etila boshlandi. Ushbu tizim shaxsiy kompyuterlardan tashkil topgan lokal tarmoqlarga mo‘ljallangan va quyidagi masalalarni yechishga qaratilgan: nomerlarni bandlash, mehmolarni joylashtirish va ro‘yxatdan chiqarish, hisob-kitob ishlarini bajarish va zaruriy hujjatlarni chop etish, nomerlar fondining holatini nazorat qilish, shartnomalarni bajarilishini kuzatib borish, boshqa firmalar bilan hisob-kitoblarni bajarish, tezkor hisobotlarni shakllantirish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar. PMS tizimining tarkibi mehmonxona sikli tushunchasi bilan bog‘liq, ya’ni mijozni mehmonxona bilan bog‘lanish vaqtidan boshlab, uni mehmonxonadan chiqib ketishigacha bo‘lgan muddatni qamrab oladi.

Hozirgi kunda PMS tizimining har xil tarkibiy qismlari ishlab chiqilgan, lekin asosan quyidagi to‘rtta dasturiy moduli mavjud:



  1. Bronlash moduli.

Mehmonxona nomerlarini bronlash funksiyasini bajarishga qaratilgan. Ma’lumotlar kompyuter tarmog‘i bo‘yicha yetkaziladi va monitorda tasvirlanadi. Ushbu modul global bronlash tizimiga ham ulanishi mumkin.

  1. Nomerlar fondini boshqarish moduli.

Mehmonxona nomerlari haqidagi ma’lumotlarni xotirada saqlaydi va ularning yuklanishini nazorat qiladi. Shu bilan birga nomer bilan bog‘liq ishlarni, masalan, tozalash ishlarini, bajarilishini nazorat qiladi.

  1. Mijozlar bilan hisob-kitobni bajarish moduli.

Mijozlar bilan bajariladigan hisob-kitob ishlarini olib borishga qaratilgan. Shu bilan birga tungi audit jarayonini ham bajaradi. Tizim mijozlarga beriladigan imtiyozlarni yoki kreditlar bilan bog‘liq ishlarni nazoratini olib boradi.

  1. Umumiy boshqaruv moduli.

To‘plangan ma’lumotlar bazasiga asoslangan holda rahbariyat uchun zaruriy axborotlarni har xil kesimda hisobotlar shaklida taqdim etish imkonini beradi.

Mehmonxona xo‘jaligini boshqarishga qaratilgan quyidagi avtomatlashtirilgan tizimlar hozirgi kunda keng tarqalgan: Fidelio, Lodging Touch LIBICA – epitome PMS, Opera Enterprise Solution, Intellect Style, Orak Hotel, Cenium va boshqalar.


Tayanch so‘z va iboralar


Axborot resursi, Axborot texnologiyasi, Axborot tizimi, Global Distribution System; Kompyuterli bronlash tizimi, Sun’iy yo‘ldosh tizimi, GLONASS, Elektron to‘lov tizimlari , Elektron xarita, Telefon tarmog‘i.

Nazorat uchun savollar


1. Axborot texnologiyalari bilan axborot tizimlarining farqi nimada?

2. Global Distribution System bu nima?



3.Geoaxborot tizimi bu?

4. GLONASS qanaqa tizim?
Download 106,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish