11–ma`ruza. Texnologik xujjatlarning metrologik nazorati Kalit so`zlar



Download 145,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.04.2022
Hajmi145,75 Kb.
#537388
1   2   3   4
Bog'liq
11-ma`ruza.Texnologik xujjatlarning metrologik nazorati

3. Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazorati
Ekspluatasion xujjatlar (rus. ED) – maxsulotni va uni ekspluatasiya qilish 
qoidalarini, ya`ni undan foydalanish, unga texnik xizmat ko`rsatish, uni tashash, 
saqlash va ta`mirlash qoidalarini o`rganish uchun mo`ljallangan xujjatlardir.
Quyidagilar ekspluatasion xujjatlarning asosiy turlari xisoblanadi: 

texnik tasvirlanish (rus. To`); 

ekspluatasiya qilish bo`yicha yo`riqnoma (rus. IE); 

pasport (rus. PS); 

formulyar ( rus. Fo`). 
Metrologik nazoratning asosiy maqsadi - ekspluatasiya qilish jarayonida 
o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasining rasionalligini va o`lchash vositalari 
tanlanishining to`g`riligini taxlil qilishdan iborat. Metrologik nazoratga 
ekspluatasion xujjatlar bilan birgalikda maxsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik 
topshiriq, maxsulotga qo`yilgan texnik shartlar, maxsulotga kiritilgan nazorat 
tizimiga xujjatlar, ekspluatasiya qilish jarayonida maxsulotni metrologik 
ta`minlash bo`yicha qabul qilingan qarorlarni asoslab berishni o`z ichiga olgan 
xujjatlar taqdim qilinishi lozim. Ekspluatasion xujjatlarning metrologik nazoratida 
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:Ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan 
parametrlar nomenklaturasining asoslanganligi baxolanadi. Bu parametrlarning 
soni minimal, biroq maxsulotning berilgan texnik xarakteristikalarini ta`minlash, 
nosozliklarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish uchun etarli bo`lishi lozim. 
Ekspluatasion xujjatlarda belgilangan nazorat qilinuvchi parametrlavrning texnik 
shartlar va texnik topshiriq talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Ekspluatasion 
xujjatlarda qayd qilingan texnik ma`lumotlar texnik topshiriq bo`yicha talab 
qilinadiganlaridan yomon bo`lmasligi lozim.O`lchashlar aniqligining me`yorlari, 
nazoratning ishonchliligiganisbatan qo`yiladigan talablar yoki ulardan kelib 


chiqqan xolda o`lchash vositalari va ekspluatasiya qilish jarayonida o`lchanadigan 
parametrlarning tanlanishining to`g`riligini taxlil qilish mumkin bo`ladigan boshqa 
talablarning borligi tekshiriladi. Maxsulot konstruksiyasining va uning tarkibiy 
qismlarining ekspluatasiya qilish paytida nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi 
tekshiriladi. Konstruksiyaning nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligiga ularni 
o`lchash uchun ularga kiritilgan o`lchash vositalariga, shuningdek o`lchash 
vositalari va nazorat vositalarining rostlovchi elementlariga konstruksiyani 
ajratmasdan turib erkin kirish imkoniyati orqali, nazorat uyalari va o`lchamlarning 
etarlicha soni orqali, nazorat uyalari yoniga nazorat qilish jarayonini 
engillashtiruvchi yozuvlvr va boshqa belgilashlarni kiritish yo`li orqali erishiladi. 
Maxsulot tarkibida o`lchash vositasi bo`lganda quyidagilar tekshiriladi:“Nazorat-
o`lchash priborlari” bo`limidagi o`lchash vositalari ro`yxatining 
to`liqligi;o`lchash vositalarining ekspluatasion xujjatlarda keltirilgan texnik 
xarakteristikalari ifodalanishining to`g`riligi va to`liqligi;o`lchash vositalarini 
qo`llash shart-sharoitlarining maxsulotni ekspluatasiya qilish shart-sharoitlariga 
mos kelishi;o`lchash vositalarining qo`llashga ruxsat etilgan nomenklaturaga 
muvofiqligi.Maxsulot parametrlarini o`lchash vositalariga, shart-sharoitlariga
prosedurasiga nisbatan ekspluatasiya qilish jarayonida qo`yiladigan talablarning 
to`liqligi va aniqligi ko`rib chiqiladi. O`lchash vositalari va ekspluatasiya qilish 
jarayonida o`lchanadigan parametrlarning tanlanishining to`g`riligi baxolanadi. 
Agar o`lchashlar aniqligining me`yorlari berilgan bo`lsa, o`lchashlar xatoligi 
baxolanadi va u yo`l qo`yiladgan xatolik bilan solishtiriladi, aniqlik etarlicha 
bo`lmaganda uni oshirishning u yoki bu yo`li taklif qilinadi. Agar nazoratning 
ishonchliligiga nisbatan qo`yiladigan talablar berilgan bo`lsa, u xolda o`lchashlar 
xatoligi baxolanadi va nazorat qilinuvchi parametrni taqsimlash bilan nazoratning 
ishonchlilik ko`rsatkichlari xisoblab chiqiladi. Nazorat-o`lchash priborlarining 
unumdorligiga nisbatan qo`yilgan talablarning bajarilishi ko`rib chiqiladi.
Maxsulot tarkibiga kirgan o`lchash vositalarini tekshirish tizimini taxlil qilish 
amalga oshiriladi, xususan, ekspluatasion xujjatlar tarkibida maxsulot tarkibiga 
kirgan barcha o`lchash vositalarini tekshirish bo`yicha yo`riqnomalarning borligi 
tekshiriladi. Metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ulvarning 
birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi tekshiriladi. 

Download 145,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish