12 – Mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari. Ma'ruza rejasi



Download 70,86 Kb.
bet5/11
Sana27.04.2022
Hajmi70,86 Kb.
#585958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Falsafa 12-mavzu

2. CHetdan isbot etish deb tezisning chinligini unga qarama-qarshi bo‘lgan boshqa tezis (antitezis)ni keltirish va zid qo‘yish orqali dalillashga aytiladi.
Isbotning bu turi mantiqning uchinchisini istisno qonuniga asoslanadi. Bu qonunga binoan, bir vaqtda yo tezis, yoki antitezis chin bo‘lishi mumkin emas. Agar antitezisning xatoligi aniqlansa, unda tezis chin bo‘ladi va aksincha.

Mantiqiy isbotni amalga oshirish muayyan qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qoidalar uch guruhga bo‘linadi:


1. Tezisga taalluqli qoidalar:
1. Tezis aniq va ravshan hukmlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Aks holda tezisni isbot qilib bo‘lmaydi. Bu qoidani buzish tezisdan qochish (chetga chiqish yoki tezisni yo‘qotib qo‘yish) xatosiga olib keladi.
2. Tezis isbotning boshidan oxirigacha asl ma'nosida ishlatilishi lozim. Aks holda tezisdan qochish, fikr chalg‘ishi va noizchilligi xatolari sodir bo‘ladi.
2. Argumentlarga taalluqli qoidalar:
3. Har qanday isbot va raddiyada asoslar yoki dalillar shak-shubhasiz chin hukmlar, bilimlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. YOlg‘on, xato hukmlar, fikrlar orqali hech qanday fikrni isbot etish yoki rad qilish mumkin emas.
4. Dalillar tezisni asoslash uchun etarli bo‘lishi kerak. Dalillar etarli bo‘lmasa, tezisni to‘lig‘icha asoslab bo‘lmaydi. Dalillar haddan tashqari ko‘p, ortiqcha bo‘lsa ham tezisni asoslash ishi qiyinlashadi. Bu erda ham o‘ziga yarasha me'yor, chegara, «oraliq, oltin halqa» bo‘lishi kerak.
3. Demonstratsiyaga taalluqli qoidalar:
5. Asosli fikr izchil, mantiqiy tuzilgan va ishonchli bo‘lishi, asoslardan qonuniy suratda kelib chiqadigan bo‘lishi lozim. Aks holda zo‘rma-zo‘raki, sun'iy va xato xulosa chiqarish, asoslashda sakrash kabi xatolar sodir bo‘ladi.
Raddiya deb biror tezisning noto‘g‘riligini yoki asossizligini isbotlash usuliga aytiladi.
Raddiya isbotni qayta tekshirib ko‘rish, aniqlash va mustahkamlash usulidir. Masalan: «YUpiter planetasining yo‘ldoshlari bor», degan tezisni quyidagicha isbotlash mumkin:
Barcha planetalarning yo‘ldoshlari bor.
YUpiter planetadir.
Demak, YUpiterning ham yo‘ldoshlari bor.
Ushbu isbotni tahlil qila turib, «Barcha planetalarning yo‘ldoshlari bor», degan asosning noto‘g‘riligini aniqlash mumkin. Bu fikrning raddiyasini quyidagicha tuzish mumkin:
Ma'lumki, Veneraning yo‘ldoshlari yo‘q.
Venera planetadir.
Demak, ba'zi planetalarning yo‘ldoshlari yo‘q.
Raddiya orqali chiqarilgan xulosa yordamida «Barcha planetalarning yo‘ldoshlari bor», degan fikr xato ekanligini aniqlaymiz.

Download 70,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish