12 – Mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari. Ma'ruza rejasi



Download 70,86 Kb.
bet7/11
Sana27.04.2022
Hajmi70,86 Kb.
#585958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Falsafa 12-mavzu

«Shoxdor» sofizmi:
Bor narsangni yo‘qotmagan bo‘lsang, o‘zingda bo‘ladi.
Sen shoxingni yo‘qotmagansan.
Demak, sening shoxing bor.
«O‘z otangni bilmaysan» sofizmi:
Sen bu qopning ichidagi buyumni bilmaysan.
Bu qopning ichida sening otang bor.
Demak, sen o‘z otangni bilmaysan.
«Evatl» sofizmi:
Qadimgi grek sofisti Protagor o‘z o‘quvchisi Evatlga sofistikadan dars berar edi. O‘quv haqini to‘lash haqida ular o‘zaro shunday kelishib olishgan edilar: Protagor Evatlni o‘qitgani uchun haqni sud orqali undirib olishi, Evatl esa sud jarayonida ishni yutib chiqqandan so‘ng Protagorga o‘qish haqini to‘lashi zarur edi. O‘qishni tugatgandan so‘ng Evatl sud ishiga aralashmadi va Protagorga o‘qish haqini to‘lamadi.
Protagor esa Evatlni sudga berib, undan o‘qish haqini undirib olishga urindi. Bunda u o‘quvchisidan o‘z haqini undirib olishga qat'iy ishongan holda shunday fikr yuritdi: agar sud Evatl ustidan o‘qitish haqini to‘lashga hukm chiqarsa, Protagor pulni sud hukmiga binoan, undirib oladi (1). Agar sud o‘qitish haqini undirib olish haqida hukm chiqara olmay, sud jarayonida Evatl yutib chiqsa, unda Protagor o‘zaro kelishuv asosida Evatldan pulni undirib oladi (2).
Evatl Protagorga ikki holatda ham pul to‘lamasligini ma'lum qildi. Bunda u shunday fikrga asoslandi: 1. Agar sud pulni to‘lash haqida hukm chiqarsa, demak, Evatl sud jarayonini yutqizgan bo‘ladi. Bunday holda u Protagor bilan o‘zaro kelishuvga binoan, pulni to‘lamaydi (chunki yutqizdi). 2. Agar sud o‘qitish haqini to‘lamaslik haqida qaror chiqarsa, Evatl shu qarorga binoan, Protagorga pul to‘lamaydi (sud hukmiga binoan).
Paradoks hal qilinishi murakkab, ziddiyatli mulohazalardir. Unda ma'lum bir holatning chinligi ham, yolg‘onligi ham isbotlanishi mumkin. Paradoks mulohazadagi ziddiyatni yashirish, shuvab o‘tish natijasida yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiyada «Axill va toshbaqa», «YOy o‘qi», «YOlg‘onchi» paradokslari mashhur bo‘lgan. Masalan, «YOlg‘onchi» paradoksi:
Kritlik Epimenid degan dehqon: «Barcha kritliklar yolg‘on gapiradilar», deydi.
Epimenidning bu gapi yolg‘onmi yoki chinmi?
Agar uning gapi chin deb taxmin qilinsa, u kritlik bo‘lgani uchun yolg‘on gapiruvchilar qatoriga kiradi va uning «barcha kritliklar yolg‘on gapiradilar», degan gapi chin bo‘ladi. (1).
Agar u yolg‘on gapirdi, deb taxmin qilinsa. Unda «barcha kritliklar yolg‘on gapiradilar», degan gap noto‘g‘ri bo‘lib, kritliklarning ayrimlari rost gapiruvchi bo‘lib chiqadi (2).
Demak, agar Epimenid rost gapirgan, deb taxmin qilinsa, unda uning haqiqatdan ham yolg‘on gapirgani aniq bo‘ladi. Agar u yolg‘on gapirgan bo‘lsa, unda uning haqiqatdan ham rost gapirgani ma'lum bo‘ladi.
Paralogizm, sofizm va paradoks ziddiyatli mulohazaga asoslangan fikr qilish usullari sifatida «ratsional mag‘iz»ga ham egadir. SHuning uchun ular qadimgi Gretsiya va Rimda keng tarqalgan ta'limot (san'at)lar, maktablar tarzida atroflicha ishlab chiqilgan. Ular falsafa, dialektika, mantiq va matematikaning gurkirab rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

Download 70,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish