13-ma’ruza. Mavzu. Talabalarning mustaqil faoliyatlarini pedagogik boshqarish. Reja



Download 26,52 Kb.
bet2/5
Sana30.11.2022
Hajmi26,52 Kb.
#875629
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-маъ

Og’zaki mustaqil topshiriqlar:
- bosma yoki elektron darslik bo’yicha o’quv materialini o’qish va takrorlash, chizmalar va sxemalarni o’rganish, turli texnik adabiyotlar, hujjatlar hamda materiallar asosida o’qituvchi savollariga javoblar tayyorlash, mehnat faoliyati tahlili kabilar kiradi. O’quv materiallarini anglab mustahkamlash va xotirada saqlashga mo’ljallangan.
YOzma mustaqil topshiriqlar:
- berilgan vazifalar bo’yicha hisoblashlarni bajarish, umumlashtiruvchi va takrorlanuvchi jadvallarni to’ldirish, amaliy faoliyat uchun texnologik xaritalarni ishlab chiqish, laboratoriya, amaliy ishlar to’g’risida hisobotlar tuzish va shunga o’xshash vazifalarni o’z ichiga oladi.
Grafik mustaqil topshiriqlar:
- ularga turli chizmachilik ishlarini eskizlashtirish (kesmalar, kesishmalarni tasvirlash, ayrim detal va tugunlarni chizib ko’rsatish), sxemalar, grafiklar, diagrammalarni tuzish, kuzatish natijalarini tasvirlash hamda shunga o’xshash vazifalarni o’z ichiga oladi.
Amaliy xarakterdagi mustaqil topshiriqlar:
- Talabalar o’qituvchi topshirig’i asosida mustaqil ishni bajarish jarayo-nida ma’lum detal tayyorlash, tugun va mexanizmlarini yig’ish, texnik ja-rayonlarni ishlab chiqadilar. Ushbu ishlarni bajarganda o’quvchilar asbob-uskunalarni tanlash, ishlov berish rejasini aniqlash hamda hisoblash, yangi moslamalarni loyihalash, maket va modellar, namunalar kabi ishlarni amalga oshiradilar. Bu turdagi topshiriqlarga o’qituvchi tomonidan loyihalar tayyorlanadi. Maxsus fan xususiyatiga qarab mustaqil ishlar shakllarining samarali ishlab chiqilishi, albatta o’qituvchining pedagogik va kasbiy mahoratiga bog’liq bo’ladi.
Talabalarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida o’quv yilining boshidayoq ularda mustaqil ravishda o’quv matnlarini yozish, dastlabki manbalardan kerakli materialni izlash, shaxsiy hujjat-lardan foydalanish, reja, krossvord, rebuslar tuzish, referatlar yozish, testlar, tarqatma materiallar tayyorlash, o’qituvchi va o’quvchilar huzurida chiqib erkin gapira bilish, o’z fikrini himoya qilish, matbuot va in-ternetdan axborotlarni olish o’quvlari shakllanishiga alohida e’tibor beriladi. Mustaqil ishni bajarish jarayonida o’quvchi o’zining ijodiy va ma’naviy faoliyatini tahlil etadi. SHuningdek, mustaqil ish topshi-riqlarini bajarish mobaynida o’quvchilarning tinglashi, eslab qolish, taqqoslash, adabiyot va qo’llanmalar bilan ishlash, tahlil etish, fikrni yozma ravishda ifodalash, baholash, reja tuzish, nutqlarni rivojlantirish, eng asosiy jihatlarni ajrata bilish, bir-birlari bilan muloqot qila olish, internet va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish, o’quv materiallari mazmunini qisqacha yozish, o’z-’zini nazorat qilish kabi malakalari rivojlanib boradi.
Ta’limning ijtimoiy zarurat ekanini anglash va uning samaradorligini oshirish,

  • birinchidan, o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq bo'lsa;

  • ikkinchidan, o'quvchini o'z ustida qunt bilan ishlashga o'rgatish, ta’limning interfaol usullaridan, shakllaridan samarali foydalanish, mustaqil bilim olishiga bog'liq bo'ladi.

Ta’lim samaradorligini oshirishning eng zamonaviy usullaridan biri bu o'quvchilami mustaqil bilim olishlarini tashkil etish, kerakli ma’lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o'rgatish. Ayniqsa, umumiy o'rta ta ’lim maktablarida voshlarning bilim olishida, ularni hayotga tarbiyalashda mustaqil va masofaviy ta ’lim olishga o'rgatish dolzarb masala hisoblanadi.
Umumiy o 'rta ta ’limda fizika o'quv fanini o'zlashtirish uchun o'quv soatlari uch qismga bo'linadi: o'qituvchi tomonidan sinfda o'qitish; mustaqil ta ’lim; mustaqil ish.

Download 26,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish