13-ma’ruza. Mavzu. Talabalarning mustaqil faoliyatlarini pedagogik boshqarish. Reja


O'qituvchi tomonidan sinfda o’qitishda



Download 26,52 Kb.
bet3/5
Sana30.11.2022
Hajmi26,52 Kb.
#875629
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-маъ

O'qituvchi tomonidan sinfda o’qitishda bevosita belgilangan vaqt oralig'ida ta ’lim berish amalga oshiriladi. Unda o'qituvchi belgilangan vaqt oralig'ida o'z bilimi, tajribasi, mahoratini umumlashtirib, o'tiladigan materialni o'quvchilarga tushuntiradi, tajribada ko'rsatadi, masalalar yechadi, hayotiy misollar keltiradi, mavzu dolzarbligiga e’tibomi qaratib, sinfdagilar bilan jonli muloqotni tashkil qiladi.
Mustaqil ta’lim o'qituvchi rahbarligida sinfda o'tkaziladi. Mustaqil ta ’lim - o'quv fani dasturining biror bo'limi yoki ay rim mavzularini o'qitishni o'qituvchi nazorati va maslahati asosida o'quv xonasida, sinfda o'zlashtirishga qaratilgan o'quv jarayoni.
Mustaq il ishda o'quvchi o 'z kuchi hamda qobiliyatiga tayangan holda bilim olishga va uni mustahkamlashga yunaltiriladi. Mustaqil ish - o'quvchining sinfda olgan bilimini birovning yordamisiz turli manbalar (darslik, o'quv qo'llanmalari, internet yangiliklari) asosida mustahkamlash va tartibga solishi jarayoni.
Demak, o'quvchini mustaqil bilim olishga o'rgatish o'tilgan mavzuni o'zlashtirish samaradorligini oshirish, mustaqil ta’lim olishiga va mustaqil ishlashiga bog’liq bo'ladi. Shuningdek, umumiy o'rta ta’limi maktabida o’quv jarayonini tashkil etishda o'quvchilarda darslikdagi ma’lumotlarni o'zlashtirish faoliyatini shakllantirish ham eng muhim talablardan hisoblanadi. Mazkur masala hozirgi davrda - fan va texnika taraqiyotining rivojlanish davrida yanada dolzarb. O'quv jarayoni ma’lumot yoki bilimni eslab qolishga emas, balki uni tushunish va ijodiy foydalanishga qaratilishi lozim. O'quvchini ma’lumotlar, bilim va o'zgarishlarni mustaqil o'rganishga tayyorlash shu jarayonning asosiy maqsadi. Masalan, maktab fizika ta’limida o'quvchi uchun mustaqil ishlar jumlasiga o'tilgan mavzuni o'zlashtirish, mavzu bo'yicha masalalar yechish, fizikaviy birliklarni bir xil sistemada ifoda etish, laboratoriya mashg'ulotlari natijalari bo'yicha hisobotlar yozish, mavzu bo'yicha hayotda, turmushda uchraydigan hodisalarga oid misollar keltirish kabilar kiradi.
Shuningdek mustaqil ish o’quv rejasida ko’rsatilgan muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, uslubiy va axborot zaxiralari jihatidan ta’minlanadi. Uning bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
O'quvchi mustaqil ishining asosiy maqsadi – o’quvchida muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo'lgan bilim hamda ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
O'quvchi mustaqil ishining vazifalariga quyidagilar kiradi:
- yangi bilimlami mustaqil o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish;
- kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini
aniqlash;
- axborot manbalari va elektron manzillardan samarali foydalanish;
- an’anaviy o’quv adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
- elektron o'quv adabiyotlari va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
- internet tarmog'idan maqsadli foydalanish;
- berilgan topshiriqning oqilona yechimini belgilash;
- ma’lumotlar jamg'armasini tahlil etish;
- topshiriqlami bajarishga tizimli va ijodiy yondashish.
O'quvchi mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir o'quvchining o'zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzularni o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish;
- berilgan mavzu bo'yicha axborot (referat) tayyorlash;
- laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko'rish;
- nazariy bilimlami amaliyotda qo'llash;
- amaliyotdagi mavjud muammolar yechimini topish.

Download 26,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish