13-mavzu. Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar



Download 38,66 Kb.
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi38,66 Kb.
#773851
  1   2
Bog'liq
13-mavzu. Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar


13-mavzu. Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar
Reja

1. Oktavian Avgustdan keyingi davrda Rim.


2. Klavdiy Neron va Domitsian boshqaruvi davrida Rim.
3. Trayan boshqaruvi davri. Rimning so’nggi bosqinchilik yurishlari.
4. Adrian boshqaruvi davri.
5. Antoninlar sulolasi davrida Rim imperiyasi.


Tayanch so’zlar: Tiberiy, Germanik, Britanik, Agrippina, Klavdiy, Gay Sezar, Domitsian, daklar, Detsebal, Trayan, Adrian, Mark Avreliy.
.
Asosiy adabiyotlar

  1. Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi) . O’quv qo’llanma. –T.: “NAVROZ”, 2018. –304 b

  2. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. –T., 2009.

  3. Qadimgi dunyo tarixi. Yu.S. Krushkol tahriri ostida. 2-jild. –T., 1975.

  4. История Древнего Рима. Тексты и документы. Под ред. В.И. Кузищина. –М., 2004–2005. Т. 1–2.

  5. Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л.Утченко. –М., 1962.

  6. Плутарх. Сравнителные жизнеописания / Пер. С. П. Маркиша, М. Е. Грабар-Пассек, С. И. Соболевского. — Т. I—III. — М.-Л., 1961—1964; второе издание: Т. I—II. -М., 1994.

1. Oktavian Avgustdan keyingi davrda Rim. Oktavian o’limidan so’ng Rim Senati Tiberiyni prinseps lavozimida Avgustning vorisi deb tan olgan bo'lsa-da, uning ahvoli og'ir bo'lgan. Rimning ba'zi patrisiylari davlat to'ntarishi qilishga tayyorlanishgan. O'zini Avgustning o'lmay qolgan nevarasi Agrippaman deb atalgan qallob taxt davogarlari ham chiqqan. Agrippa esa haqiqatda qatl etilgan edi. Germaniya va Illiriyada oyligi to'lanmaganligi uchun legionerlarning qo'zg'oloni bo'layotgan edi. Qo'zg'olonchilarning bir qismi Tiberiyning jiyani Germaniyni prinseps deb e'lon qilmoqchi bo'lishadi, lekin u rozi bo'lmaydi. Tiberiy qisman yon berib bu qo'zg'olonni bostiradi. G'alayonchilarning bir qismi qatl etilgan. Germanik Germaniyaning g'arbiy o’lkalarini Rimga bo'ysundira boshlab, Alba daryosigacha borgan, lekin rimliklar Germaniyada muxtahkam saqlab qola olmaganlar. Tiberiy Rimga pretoriy kogortalarini to'plab, o'z mavqeini tiklagan. U komissiya yig'ilishlarini chaqirmay, magistratlarni senatda saylaydigan qilgan. Aholiga beriladigan har xil yengillik, sovg'a salomlarni kamaytirgan, jon solig'ini oshirgan. Bu esa quyi tabaqalar noroziligiga va provinsiyalarda qo'zg'olonlar ko'tarilishiga sabab bo'lgan.
Rimliklar milodiy 17-24 yillarida Afrikada qo'zg'olonchilarga qarshi kurashgan. 21 yilda Galliya va Frakiyada qo'zg'olonlar bo'lgan. Bu qo'zg'olonlar quldorlar yordamida bostirilgan. Rim aristokratlarining ayrim namoyandalari Tiberiyga qarshi chiqishib, Germanikni unga qarshi qo'yishga urinishgan.
Germanik Suriyada urush olib borayotganda o'lib qoladt. Uning xotini Agrippina erini imperator zaharlab o'ldirgan deb ayb qo'yadi. Tiberiy uni jazolaydi, avval surgun qilinadi, keyin qatl ettiradi. Tiberiy umrining so'nggi yillarida Kaprida yashagan u davlatni boshqarib turishni gravdiyasi prefeti Seyanga topshirgan, uning o'zi isyon qilgan, lekin u qo'lga tushirilib, tarafdorlari bilan birga qatl etilgan. Tiberiy milodiy 37- yilda o’lgan.
Senat Tiberiy o'rniga Germaniikning tirik qolgan kichik o'g'li Gay Sezarni taxt vorisi deb e'lon qilgan. U davlatni to'rt yil idora qilgan. U o'z obro'sini oshirish uchun ko'p sovg’alar berib turgan. Grajdanlik huquqlarini ko'p kishilarga bergan. Gay Sezar tezda kasal bo'lib qolgan. 41 yilda Gay Sezar sirkdan saroyga qaytib kelayotganda Palatin tepaligida o'ldirilgan.
Rim Senati respublika deb e'lon qilishga uringan, lekin pretoriy harbiylari bunga qarshi chiqqan va ular Germanikning ukasi Klavdiyni imperator deb e'lon qilgan. Klavdiy tarix va filologiya ilmi bilan shug'ullangan kishi edi. Senatorlar uni tan olishdan bosh tortgan, lekin ularning qarshiligi bostirilgan.
Senatorlar taslim bo'lgach, 42-yilda Illiriya noibi Kamill Skribian isyon ko'tarib, Rimga yurish qilgan, lekin o'z qo'shini tomonidan o'ldirilgan. Uning tarafdorlari bo'lgan senatorlar jazolangan. 41-42 yil voqealari harbiylar ham, kambag'allar ham, quldor aristakratlar ham respublika tuzumini tiklashga qarshi bo'lganligini ko'rsatadi. Klavdiy Senat ichida o'z mavqeini mustahkamlash uchun armiya va quldorlar aristokratiyasiga tayangan. Klavdiy idora tartiblarini takomillashtirgan. Viloyat prokuraturlariga sud qilish huquqini bergan. Kambag'allarga sovg’alar bergan, Rimda yaxshi suv quvuri qurdirgan.
Klavdiy davrida Mavritaniya va Britaniya bosib olinib Rimga qo'shilgan. Bosfor podsholigi Rimga qaram qilingan. Parfiya bilan urush cho'zilib ketgan.
Klavdiyning ichki va tashqi siyosatidan norozi bo'lganlar respublika tuzumini o'rnatishga urinishgan. Klavdiyning xotini Messilina fitnachilikda ayblanib qatl etilgan. Klavdiy Germanikning (o'z akasi) qizi Agrippinaga uylangan. Bu ayol avvalgi eridan bo'lgan o'g'li Neronga Klavdiyning qizi Oktaviyani olib bergan. Neronga Klavdiy Sezar nomi berilgan. Agrippina Klavdiy yaqinlarini davlatdan chetlata borgan. Klavdiy o'z xatosini kech anglagan. O'z o'g'li Britanikni taxt vorisi qilmoqchi bo'lgan, lekin Klavdiyni Agrippina zaharlab o'ldirgan. Shunday qilib, Neron taxtga o’tirgan.

Download 38,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish