14- mavzu tabiatdagi ob’yektlar sifati va kvalimetriyasi reja


- mavzu. SERTIFIKATLASH ASOSLARI. SERTIFIKATLASHTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI



Download 74,6 Kb.
bet2/11
Sana22.02.2022
Hajmi74,6 Kb.
#98193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
русчага угир.

15- mavzu.
SERTIFIKATLASH ASOSLARI. SERTIFIKATLASHTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.


Reja

1.Sertifikatsiyaning asoslari


2.Sertifikatlashtirishning turlari.
3.O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish milliy tizimining yaratilishi

Xozirgi vaqtda sertifikat degan atamani tez-tez uchratib turamiz, Bu qanday atama


Qadimdan bizda bir tushunch bor. Xarid paytida savdo mukammal bulishi uchun uchta tomoni shtirok etishi kerak. 1- oluvchi (xaridor) tomon, 2- sotuvchi (tayyorlovchi) tomon va 3-xolistomon. 3- tomon sotilaetgan buyum yoki maxsulot ega bo’lgan sifat ko’rsatkichlariga kafolat bergan. Savdoning bu turi asosan katta miqdordagi yoki qimmat baxo xarid paytida qo’llanilgan bo’lib, buni xozir ham qoramol, qo’y va otsavdosida uchratishimiz mumkin. O’rtada turuvchi xolis tomon (ularni ba’zan dallollar deb yuritiladi) savdoni bir muqim bo’lishiga yordam berib, savdo ob’ektiga xos bo’lgan sifat ko’rsltkichlariga tavsif' beradi va xolisona baxo beradi. Savdo tugagandan so’ng sotuvchi tomonu savdosidan, oluvchi tomon esa xarididan va savdo ob’ektining mavjud sifat ko’rsatkichlaridan ishonch hosil qilib, ko’nikish xissiga ega bo’ladi.
Bu savdoning yana bir muxim xususiyati - 3-xolis tomon sifatida aloxida ishonchga va nufuzga ega bo’lgan, rostgo’y shaxslargina ishtirok etishi mumkin. Bizdagi manashu savdo turi birnecha yuz yillardan beri mavjud bo’lib, chet davlatlarda sertifikatlashtirish deb ataluvchi faoliyatga aynanshu asos solgan bo’lsa ham ajab emas.
Sertifikatlashtirish guvoxlik berish, qayd yoki shaxodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so’zidan olingan bo’lib, kerakli ishonchlilik bilan maxsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy xujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlydigan faoliyatni bildiradi.
Sanoat korxonalarida ishlab chikilayottan turli xil maxsulotla rmuayyan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim.
Muvofiqlulik o’z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy xujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqikni sertifikatlashtirish mumkin.
"Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalkaro standartlashtirish tashkiloti kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’icha maxsus qo’ mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo’llanmasiga kirgazilgan.
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo’llanmasida "sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izoxlari berilgan.
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, maxsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baxo berish tushuniladi. Sifat tizimini baxolash soxasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha yangi tushuncha zaruriyatini tugdirmoqda.
Qo’llanmaning qayta ishlangan nusxasiga muvofiklikni sertifikatlashtirish tushunchasi tegishli atamalar guruxiga kiritilgan.
Muvofiqlik atamasi maxsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiklikni uchta ko’rinishi – muvofiklik bayonoti, muvofiklikni attestatlash, muvofiklikni sertifikatlashtirish belgilaydi.
Muvofiqlik bayonoti deb, etkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq, bir standartga yoki boshqa me’yoriy xujjat to’la-to’kis muvofiqlik xaqida butun mas’uliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so’ngi vaqtlarda o’z – o’zini sertifikatlashtirish tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmoqda. O’z-o’zini sertifikatlashtirish deganda maxsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o’ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o’zi o’tkazadi va maxsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o’z ustiga oladi.
Muvofiklikni attestatlash uchunchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, ma’lum namuna maxsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa xujjatlar bilan muvofik ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish deganda maxsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqdash maqsadida o’tkaziladigan faoliyatu tushunilib, ushbu faoliyat natijasida maxsulot /buyum,molning/ sifati xaqida istemolchini ishontiradigan tegishli xujjat – sertifikat beriladi.
Yna bir zarurat amalardan biri sertifikatlashtirish tizimi bo’lib u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi – muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o’tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo’lgan tizimdir.
Sertifikatlashtirish tizimi atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi /sxema sertifikatsii/ kiritilib, u mazmunan muvofiklikning sergifikatlashtirilishini o’tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibini anglatadi.
Sertifikatlashtirishtizimlaridakatnashuvchiuchtatushuncha 'gutrisidatuxtalibutamiz: sertifikatlashtirishtizimidanfoydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchi deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq, guvoxnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bo’ladi: majburiy va ixtiyoriy. Maxsulotniu yoki buyumni sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muxitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon xisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muxitga, inson salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi maxsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo’ladi, qolgan maxsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqiga ega bo’lgan idora tomonidan maxsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiyt talablariga muvofiqligini tasdiqslash tushuniladi
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Xozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlar aro iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun, hamda chiqarilayotgan maxsulotlarni sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o’tkazish extiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko’pincha uchinchi tomon: deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. U ko’riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchining /birinchi tomon/ va xaridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko’radilar.
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilar ishonchiga sazovor bo’lmoqda va shu sababli bunday yo’l keng qo’llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko’rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assotsatsiyasiyalar, yirik istemolchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan xarbiy maqsadlar uchun (masalan elektronika) maxsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat mikyosida yaratilgan milliy tizimla rmajburiy bo’lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy miqyosda qimmatbaxo toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo’llanilgan.
Sertifikatlashtirishtush unchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o’tkaziladigan texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiikligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb xisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash xavfidan ximoyalangan qurilmalarning, kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog texnikasining ishlatishdagi xavfsizlidgini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.

Download 74,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish