14- mavzu tabiatdagi ob’yektlar sifati va kvalimetriyasi reja


O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish milliy tizimining yaratilishi



Download 74,6 Kb.
bet3/11
Sana22.02.2022
Hajmi74,6 Kb.
#98193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
русчага угир.

2. O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish milliy tizimining yaratilishi
O’z istiqloli yo’lida shaxdam qadam tashlab borayotgan, mustaqil O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida muxim va salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uzbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqilgan meeriy xujjatlarga binoan muvofiqdik sertifikatlashtirishining asosiy maqsadlari:
(mollar)ni bir xilligi va o’zaro almashinuvchanligi masalalari, hamda iste’molchini himoya qilish;
- xalqaro savdoda texnikaviy to’siqlarni bartaraf qilish, mollar (buyumlar, jarayon va xizmatlar)ni raqobatdoshlik qobiliyatini oshirishdan iborat.
Sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilishi:

  • O’zbekiston Reslublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha

milliy idorasi;

sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralari;

  • akkreditlangan sinov laboratoriyalari.

Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan sertifikatlashtirish milliy idorasi qilib, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O’zbekiston davlat markazi – O’zdavstandart belgilangan.
O’zdavstandartga qarashli turli soxa va tarmoqlarni o’z ichiga olgan, bir xil nomdagi bo’limlar ham bor. Bularga standartlar va maxsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha davlat nazorati va ulchashvositalarini davlat qiyoslovidan o’tkazish va attestatlash soxaviy bo’limlari kiradi.
Standartlar va maxsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha davlat nazorati sohaviy bo’limlar: og’ir sanoat, mashinasozlik, engil sanoat, maxalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida o’z faoliyatini amalga oshiradi.
O’lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o’tkazish va attestatlash tarmoq, bo’limlari esa massalar, radiotexnika, ionli nurlanish, geometrik, mexanik, elektrik, magnitli, bosim, sarflanish, haroratli hamda fizik-kimyoviy kattaliklarni qiyoslovdan o’tkazadi. O’zdavstandart tarkibidagi asosiy bo’limlar 3-ilovada keltirilgan.
O’zdavstandartaing ilmiy-uslubiy markazi etib Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va maxsulot sifatini boshqarish soxalaridagi tadqiqot
va mutaxasislar tayyorlash instituti – O’zTMTI tayinlangan.
Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha o’z faoliyatini amalga oshirmoqda:

  • Respublikada sertifikatlashtirishni qo’llash va takomillashtirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o’rnatish;

  • Sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, uo’aro kelishilgan asosda aloqalarni o’rnatish, kerak bo’lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qatnashishini ta’minlash;

  • Sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo’yicha xujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash.

Vazirlar Maxkamasi qarorini bajarish yo’lida O’zdavstandart o’ziiing viloyat markazlarini (SM SXM) tuzib, ularning ishlariga har taraflama ko’mak ko’rsatmoqda. 1993 yilning 28 dekabridan boshlab "Maxsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’grisida” qonun kuchga kirib, bu qonun asosida sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash borasidagi barcha ishlar mutlaqo yangicha ruknda yo’lga qo’yila boshlandi.
Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari ham jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda 256 ta laboratoriya milliy sertifikatlashtirish tizimida akkreditlangan bo’lib, bu maxsulot ishlab-chiqarishning hamma soxasi bo’yicha yetarli darajada sinovlarni olib borish imkoniyatini beradi.
O’zdavstandart tarkibidagi oziq-ovkat va qishloq xo’jalik maxsulotlarini tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan xisoblanib, shu kungacha muayyan turdagi maxsulotlarga muvofiqlik sertifikati berish uchun kerakli bo’lgan sinovlarni bajarmoqda.
Respublika xududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (maxsulotlar)ning xavfsizligini ta’minlash bilan bogliq, bo’lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda O’zdavstandart tomonidan tayyorlangan alohida xujjat bo’yicha bajariladi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya soxalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yo’ldagi ishlar o’z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo’lib, O’zdavstandart tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida ma’ruzalar bilan qatnashmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya» sohalarida bitimlar tuzgan bo’lib, o’zaro iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni uzluksiz ravishda rivojlantirish borasida keng faoliyat yuritib kelinmoqda.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham o’z yo’nalishiga egadir.
O’zTMTI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. U yuqorida qayd etiltan sohalar bo’yicha fundamental tadqiqotlar olib boradi.
Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:
-standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va maxsulot sifati sohalarida hozirgi halqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va maxsulot sifati milliy tiznmlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;
- maxsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof-muxitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sogligini saqlashga, mexnat xavfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan halqaro, me’yoriy va tashkiliy- uslubiy xujjatlar bilan uygunlashadigan, asos bo’luvchi xujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;

  • standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug’atlar yaratadi;

  • yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va maxsulot sifatining ilmiy masalalari bo’yicha halqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;

  • sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar.

Institut tashkil qilinganiga ko’p vaqt o’tmaganligiga qaramay shu kunga qadar Respublika hayotida muxim ahamiyatga ega bo’lgan birqator xujjatlar yaratdi va yaratmoqda.
Bulardan tashqari institutda atamashunoslik va tarjimalar bo’limi tashkil qilingan bo’lib, unda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida o’zbek tilida yangi standartlar yaratish, mavjud me’eriy hujjatlarni davlat tiliga tarjima qilish yo’lida dastlabki foydali ishlarni boshlab yuborilgan. Yaqinda shu sohalardagi atama va ta’riflar to’plamining dasglabkisini tayyorlab nashrga topshirildi. Bu xujjatlarning axamiyati beqiyos bo’lib, shu sohalardagi ishlarga qo’yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi.
Institut har taraflama-tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha mustahkamlanmoqda, hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislar bilan to’ldirilib, kelajakda mustaqil Respublika oldida turgan muxim muammolarni echishga o’zining salmoqli hissasini qo’shadi degan umiddamiz.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, savdo-sotiq ishlarida maxsulotning sifati asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib qolmoqda. Ishlab chiqarilgan maxsulot halqaro va milliy standartlashtirish, sertifikatlashtirishning talablariga mos kelishi lozim. Har bir maxsulot o’z sifatini tasdiqlash uchun sertifikatga ega bo’lishi kerak, demak, maxsulot sertifikatlashtirishni o’tmoqdigi lozim. Kenchalik ko’p maxsulotlar sertifikatga ega bo’lsa, shunchalik korxona, muassasa, tashkilotlarning iqtisodiy xolati yaxshilanadi. Bu esa bir tomondan raqobatga bardosh beruvchi maxsulotlar sonini ko’payishi bo’lsa, ikkinchi tarafdan xalq farovonligini o’sishiga olib keladi, demak, mamlakatimizning xalqaro miqyosda mavqeini oshiradi. Kelajakda O’zbekiston Respublikasi Buyuk davlat bo’lishi uchun etarli darajada iqstisodi imkoniyatlar yaratishda maxsulot sifati, uning xolisona baxolanganligi va chet elda tan olinishi juda katta axamiyat kasb etadi.


Takrorlash uchun savollar





  1. Sertifikatnima?

  2. Sertifikatlashtirish nim uchun kerak?

  3. Sertifikatladhtirishni kim tomonidan amalga oshiriladi?

  1. Sertifikatlashtirishda nechta tomon ishtirok etadi?

  2. Milliy sertifikatlashtirish tizimi deganda nimani tushunasiz?

  3. Sertifikatlashtirish idorasi qanday bo’lishi kerak?

  4. Sertifijatdashtirishdan ko’zda tutadgan maqsad.

  5. Sertifikatlashtirishning qonuniy asoslari.

  6. Sertifikatlashtirishturishdagi qonunning moxiyati nimadan iborat?

  7. Milliy sertifikatlashtirish tiziminig asosiy vazifalari.




Download 74,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish