14-ma’ruza. Metallar korroziyasi. Ularning turlari reja: Metallar karroziyasi va ularning turlari



Download 107,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana02.07.2022
Hajmi107,97 Kb.
#733606
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5226672678915547465

Elektrokimyoviy korroziya
Suv, nam, suvli eritmalar ishtirokida sistemada elektr toki hosil bo'lib boradigan 
korroziyadir.
Elektrokimyoviy korroziya ikki xil bo'ladi:
a) galvanokorroziya;
b) elektrokorroziya.
Galvanokorroziya o 'z - o'zidan galvanik zanjir hosil bo'lib boradigan korroziya.
Elektrokorroziya tashqi elektr manbai ta'sirida boradigan korroziya.
Tabiiy sharoitda metallarning texnik vazifalarida ishlatishda galvanokorroziya 
ko'p uchrab turadi.
Elektrokimyoviy korroziya nazariyasi rus olimlarining bir qancha ishlari asosida 
yuksaldi. 20 asr boshlarida V.A.Kistyakovskiy (1865-1953) metallar passivligini 
parda (plenka) nazariyasi, 1913 yilda akademik L.V.Piserjevskiy elektrodlar 
potensialining gidrat nazariyasini yaratdi va o'sha yili N.A.Izgarishev (1884-1956) 
elektrolit eritmalaridagi metallar yuzasida elektrokimyoviy jarayonlar borishini 
ko'rsatadi.
N.A.Izgarishev 
tajribasiga 
asosan metallarning kislotalarda erish jarayoni umuman 
boshqa ko'rinishiga ega. Agar sulfat kislotali idishga toza ruh tashlasak, vodorod 
ajralib chiqishi sezilmay, xuddi reaksiya bormaganday bo'ladi. Reaksiya davom
Л I
etmasligining sababi shundaki eritmaga o 'ta boshlagan ruh ionlari Zn 
gidratlanadi 
va ruh parchasini musbat zaryadlangan ionlar qavati qurshab oladi, ya'ni qo'sh elektr 
qavati hosil bo'ladi. Bu qavat vodorod ionlarining ruh yuzasining juda yaqin 
kelishiga va undan elektronlar olishiga imkon bermaydi, buning natijasida ruh erimay 
qo'yadi.
Zn + H2SO4^ H2 + Zn2+ + SO42- yoki 
Zn + 2 H + ^ H2 + Zn2+
Agar ruh yuzasiga qandaydir kam aktiv metallni, masalan, mis sim yoki grafit 
sterjin tekkizsak, u vaqtda metallar tegishgan joyda vodorod shiddatli ajralib 
chiqayotganligini kuzatish mumkin. Elektronlar ruhdan misga va undan vodorod
111


ioniga o'tadi, ruh esa eritmaga yangidan-yangi ionlar yuborib oksidlanadi, eriydi. Bu 
reaksiyani quyidagicha yozish mumkin
Zn(siM) + 2H+ - Zn2+ + (yo)H

Demak quyidagi sxema bilan ishlaydigan galvanik element hosil bo'ladi.
Sulfat kislota eritmasida ruxning erishi:
a) - toza rux: 
b) - mislangan rux.
Bu ko'rib chiqilgan elektrokimyoviy korroziya - metallning anod oksidlanishiga 
misoldir. Xuddi shu prinsipda temir po'latning korroziya jarayoni boradi. Agar 
temirning tarkibida uglerod qo'shimcha bo'lsa, temir anod oksidlanib, uglerod esa 
katod astar vazifasini o'tadi.
Korroziyalanayotgan temir yuzasidagi mikrogalvanik elementlarning ishlash 
prinsipi ham xuddi shunday, tabiiy sharoitda metall yuzasida yutilgan -
adsorbsiyalangan suv natijasida hosil bo'lgan «namlarda» elektrolit vazifasini o'taydi 
va bu elektrolitda atmosfera gazlari О2, S 0
2
va boshqalar eriydi. Uglerod (4) 
oksidining СО
2
erishi H+ ionlar konsentratsiyasining ortishiga olib keladi.
H
2
O + CO
2
= H
2
CO
3
= H+ + HCO
3

Korroziyalanishda ikkilamchi mahsulot sifatida Fe(OH
) 2
- cho'kmasi hosil 
bo'ladi va u havo kislorodi bilan oksidlanib, zangni hosil qiladi.
Fe
0
- 2e ^ Fe
+2
; anod 
2H20 + О
2
+2e ^ 4ОН- ; katod 
Fe
+2
+ 2OH-^ Fe(OH
)2 
4
Fe(OH
)2
+ О
2

2
H
2
O ^
4
Fe(OH
)3 
Elektrodlarda quyidagi jarayonlar bo'ladi:
Anodda Fe - 2e = Fe2+
Ikkilamchi jarayon Fe2+ + 2OH- = Fe(OH
)2 
Katodda 2HOH + 2e = H
2
+ 2ОН-
Temir (2) gidroksidi hosil bo'lishida temir yuzasida oq dog' «oq zang» hosil bo'ladi, 
so'ngra u oksidlanib:
4Fe(OH
) 2
+ O
2
+ 2H2O = 4Fe(OH
) 3 
Fe(OH
) 3
q o 'n g 'ir gidroksiddir, so'ngra u qisman degidratatsiyalanadi:
2Fe(OH
) 3
- 2H20 = Fe
2
O
3
* H20 bu qo' ng' ir zangdar.
Korroziyalanish asosida esa mikrogalvanik elementlar yotadi. 
Mikrogalvanokorroziya - bunday korrozion elementda elektrodlar bir-biridan 
farq qilib qurollanmagan ko'z bilan ko’zatish mumkin bo'ladi. Masalan, ruxlangan 
temirning korroziyalanishidan rux aktiv metall bo'lgani uchun u anodda oksidlanib 
ion holatga o'tadi: Zn - 2e = Zn2+ .
Temir ruxga nisbatan kam aktiv metall bo'lgani uchun katod vazifasini bajaradi: 
Katodda 2HOH + 2e = T h
2
+ 2ОН-; ikkilamchi jarayon
Л I 
Z n 2+
+ 2OH- = Zn(OH
)2
. Korrozion galvanik juft Zn/Fe ishlashi natijasida rux 
yemiriladi. Ruh elektronlari hisobiga temir korroziyalanmaydi.
112


Temir - qalay Fe/Sn galvanik juftning ish jarayonini ko'rib chiqaylik. Bu holda 
temir qalayga nisbatan kimyoviy aktivroq metall bo'lgani uchun temir - anod, qalay 
katod vazifasini o'taydi.
Anoddagi reaksiya: 
Fe0 + 2e = Fe2+
Katoddagi reaksiya: 
2HOH + 2e = H2 + 2ОН-
Л I
Ikkilamchi jarayon: 
Fe + 2ОН- = Fe(OH)2 so' ngra temirni oksidlanish jarayoni: 
4Fe(OH)2 + О
2

2
H
2
O = 4Fe(OH)3
Demak bunday galvanik juftning ishlashi natijasida temir oksidlanib (yemirilib), 
qalay o'zgarishsiz qoladi. Amalda bunday korroziyalar ruhlangan va qalaylangan 
temirning korroziyalanishida uchraydi.
Korroziya metall yuzasida borgani uchun uning yuzasi butun qoplanganda 
korroziya bormaydi. Agar qoplangan yuzada tirnalish, darz hosil bo'lsa, korroziyaga 
sharoit yaratiladi. Temirni qalay bilan qoplashga katod qoplash, rux bilan qoplashga 
anod qoplash (himoya qilish) deyiladi. Anodli qoplanishni protektorli himoya qilish 
ham deyiladi.

Download 107,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish