14-mavzu. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini tahminlash



Download 78,76 Kb.
bet1/5
Sana26.03.2022
Hajmi78,76 Kb.
#511803
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-MAVZU


14-MAVZU. MAMLAKATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TAHMINLASH


Reja:
1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning turgan o’rni va uning manfaatlariga tahdidlar.
2. Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini tahminlash.
3. Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini tahminlash.


14.1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning turgan o’rni va uning manfaatlariga tahdidlar


Zamonaviy jahon iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o’rtasida barqaror, har tomonlama o’zaro aloqadorlikning shakllanishi oqibatida xo’jalik haayotining xalqaro miqyosda internatsionallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag’lar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o’rtasida o’zaro aloqadorlik hamda bog’liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar jadal ravishda rivojlanmoqda.
Milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimotiga ko’ra, ixtisoslashuvi, o’zining foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqtisodiy tizimida o’ziga xos o’rinni yegallaydi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlikka ochiq bo’lishi, yahni ochiq iqtisodiyot tavsifiga yega bo’lishi lozim. Ochiq iqtisodiyotning xususiyatlari va potensial imkoniyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
o’tish davrini o’z boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi va unsurlari raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi;
jahon xo’jaligi bilan o’zaro aloqada milliy iqtisodiyot anhanaviy tovar ayirboshlashdan tashqari, kapitalni chetga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiy-texnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda integrallashadi;
xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisabatan milliy daromadning o’sishi;
xalqaro ayirboshlashning mutanosib iqtisodiy o’sish omili sifatidagi rolining ko’payishi;
xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki ishlab chiqarish ko’lamiga nisbatan milliy daromadning ko’proq o’sishi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish yo’li bilan ochiq turdagi bozor iqtisodiyotini vujudga keltirmoqda. Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirish istiqbollari ustun darajada jahon xo’jaligi tizimiga kirib borishiga bog’liqdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun respublikamiz tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi tamoyillarga asoslanishi belgilab berilgan:
mafkuraviy kurashlardan qathi nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik;
teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
o’zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
to’la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama va ko’p tomonlama tashqi aloqalar o’rnatish hamda ularni rivojlantirish;
umumehtirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro tartiblarga izchillik bilan o’tish.
Iqtisodiyotning ochiqligini tahminlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni yerkinlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qo’shma korxonalar ko’paya bordi, ichki bozor tovarlar bilan to’la boshladi. Ammo, shu bilan birga, buning mamlakat manfaatlariga zid tomoni ham ko’zga tashlan boshladi.

Download 78,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish