16-Mavzu. Mehnat munosabatlari



Download 307,18 Kb.
bet9/13
Sana28.06.2022
Hajmi307,18 Kb.
#712719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
16-Mavzu. Mehnat munosabatlari

Davlat tomonidan nogironligi bo'lgan fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II gumh nogironligi boigan shaxslarga tayinlanadi.
Davlat tomonidan boquvchisini yo‘qoʻlganlik uchun farzandlarga yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, oʻla va onadan biri yoki er (xoʻlin), yoki buva, buvi, aka-uka, opa-singilga, agar u vafoʻl etgan boquvchining bolalari, aka- ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa, to‘lanadigan pensiyadir.
Shu bilan bir qatorda boquvchisini yo‘qoʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari, mehnat davomida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan xodimlar, shuningdek, maktab, litsey o‘quvchilari 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qoʻlgan bo‘lsalar, davlat pensiyasi olish huquqiga egabo‘ladilar.
Harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boigan shaxslar, sudyalar va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boigan xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Mehnat jarayonida sogiigini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qoʻlganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch gumhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va gumhlari, shuningdek, nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 3 million 100 mingga yaqin pensioner mavjud bo‘lib, ulardan 120 ming nafardan ziyodi iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritmoqda. Biroq shu paytgacha pensionerlarning asosiy qismi korxona va tashkilotlarda ishlashdan manfaatdor emasligi sababli uzoq yillar davomida malaka orttirgan xodimlar o‘zlari ishlagan joylarini tark etishga majbur edilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning pensiya ta'minoʻli tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan 2019-yil 1-yanvardan boshlab, ko‘plab tajribali xodimlar ish joylariga qaytmoqdalar va kadrlar tanqisligi muammosi yechil- moqda.
Farmonga asosan, ko‘p sonli pensionerlami ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab- quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Oʻzbekistonda pensionerlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoʻlida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuqori malakaga ega bo‘lgan pensionerlarning salohiyati, tajribasi va bilimini to‘laqonli jalb qilish, pensiyata’minoʻli tizimi samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqi- ning maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish belgilandi.
Endilikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda, pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini ta'minlanadigan boidi.
Aholini ijtimoiy himoya qilishda pensiya ta’minoʻli masalasi doimo dolzarb masalalardan biri boiib kelgan. Mamlakatning mahalliy mehnat bozorida malakali va tajribali kadrlarga yetarli ish o‘rinlari mavjud boiib, qabul qilingan farmon ayrim cheklovlami olib tashlaydi. Lekin, shunga qaramay, aholi pensiya ta’minoʻli ishiga doimiy e'tibor qaratilishi lozim.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda «Davlat pensiya ta’minoʻli tizimini isloh etish konsepsiyasi» ishlab chiqildi. Konsepsiyada mehnatga layoqatsiz va kam ta’minlangan fuqarolarning turmushini ta'minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan qator chora-tadbirlar kompleksi nazarda tutilgan.
Konsepsiyaga binoan, pensiya ta’minoʻli tizimini islox etish natijasida 3,3 milliondan ortiq aholining ijtimoiy ahvoli yaxshilanishi ko‘zda tutilgan. Bu mamlakatda yashaydigan aholining 10 foizini tashkil etadi. Bunda yoshga doir pensiya oluvchilar 2 502,6 ming, nogironlik pensiyasi oluvchilar - 360,3 ming, boquvchisini yo‘qoʻlganlik uchun pensiya oluvchilar 168,5 ming va ijtimoiy nafaqa oluvchilar 294,1 ming nafami tashkil etadi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilgan demografik bashoratlarga ko‘ra,

  1. 2025—yillarda pensiya yoshidagi aholi ulushining oshishi (1,2 million kishiga) kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda oshishiga olib keladi.

Pensiya ta’minoʻli tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri pensiya yoshi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi erkaklar uchun 62 yosh, ayollar uchun 57,5 boʻlsa, Oʻzbekistonda bu ko‘rsatkich ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yoshni tashkil etadi.
Xalqaro mehnat tashkiloti talablariga muvofiq, mamlakatda pensiya ta’minoʻli tizimi barqaror rivojlanishi uchun badal toʻlovchilar sonining pensiya oluvchilarga o‘zaro nisbati 1:4 darajada boʻlishi kerak. Biroq bugungi kunda Oʻzbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1:1,5 ga tengligini e’tirof etish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatdapensionerlar sonining ishlovchi aholiganisbati 2009-yildagi 61 foizdan 2017-yilda 66 foizga o‘sganligi e’tirof etilmoqda.
Pensiya jamg‘armasi mablagʻlarining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalami moliyalashtirishga sarflanadi. Imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar ulushi 592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizini tashkil etib, shundan yoshga doir pensiyalar 23,7 foizni tashkil etadi. Mamlakatda yiliga o‘rta hisobda 39,8 mingta imtiyozli pensiya tayinlanmoqda.
Oʻzbekistonda pensiya miqdori va mehnat davomiyligi ulushi o‘rtasidagi o‘zaro bogʻliqlik ham sezilarsiz darajada. Amaldagi pensiya ta'minoʻli tizimi 7 yildan kam boʻlmagan stajga ega boʻlgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi. Ushbu huquq faqatgina 7 yil ishlab, o‘zining butun mehnatga layoqatlilik davri uchun Pensiya jamg‘armasi mablagʻlarini shakllantirishda eng kam hissa qo‘shgan shaxslarga pensiya olish imkonini beradi.
Xalqaro mehnat tashkilotining «Ijtimoiy ta'minoʻlning minimal me’yorlari to‘g‘risida»gi konvensiyasida yoshga doir pensiyani tayinlash uchun talab etiladigan eng kam ish staji 15 yil qilib belgilangan. Ko‘plab davlatlar, shu jumladan, MDH mamlakatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10-15 yil darajasiga yetkazilgan.
Ishlovchilarning ijtimoiy sug‘urtadagi uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishdagi zaif mexanizmlar ularni sug‘urta badallarini toʻlamaslikning yangi usullarini qidirishga majbur etadi.
Bularning barchasi Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining pensiya ta’minoʻli sohasiga oid asosiy yondashuvlami qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Shuning uchun ham davlat pensiya tizimini isloh qilishga doir konsepsiyada xodimning pensiyasi va mehnat stajidagi tafovut rag‘batlantirilishi nazarda tutilgan.
Pensiya yoshini dunyodagi o‘rtacha darajaga va boshqa mezonlarga yetkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish kabi yangi masalalar tizim konsepsiyasiga kiritilgan bo‘lib, pensiya oluvchi aholi qatlami uchun yaratilgan ijtimoiy yengillik hisoblanadi.
Qarilik bo‘yicha birinchi yalpi pensiya ta’minoʻli Prussiyada kansler Oʻlto fon Bismark tomonidan 1889-yilda mamlakatning butun aholisi uchun joriy etilgan. Davlatning bu pensiya ta’minoʻli majburiy ijtimoiy sug‘urtalashga asoslangan. Mazkur tizim jahondagi aksariyat mamlakatlar uchun namuna vazifasini o‘tagan. Qarilik bo‘yicha pensiyalar Yangi Zelandiyada 1898-, Avstraliyada 1908-, Gollandiya va Shvetsiyada 1913-, Italiyada 1919-, Kanada 1927-, AQShda 1935-yilda joriy etilgan.


17.7-rasm. Jahon mamlakatlarida qarilik bo'yicha o‘rtacha pensiya miqdori (AQSh dollari hisobida)



1891-yilda esa jahonda birinchi marta Daniyada qarilik bo‘yicha pensiya ta’minoʻli to‘g‘risidagi qabul qilingan. Ushbu qonunga muvofiq, mamlakatning 60 yoshga to‘lgan har bir fuqarosi dastavval ijtimoiy sug‘urtalash uchun badal to‘lamasdan, davlat g‘aznasi va mahalliy jamoalarning daromadlari hisobidan umrining oxirigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan. Daniyada qarilik bo‘yicha pensiyasining miqdori bugungi kunda ham jahonda eng yuqoridir (17.7-rasm).
Pensiya ta 'minoʻlining asosiy uch modeli mavjud (17.4-jadval):

  1. Ijtimoiy yordam. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida u kambag‘allikka qarshi kurash mexanizmi hisoblanadi.

  2. Barcha ish bilan bandlami va aholining mustaqil ravishda o‘zini o‘zi ish bilan ta'minlayotganlami majburiy pensiya sug‘urtasi tizimi.

  3. Shaxsiy ko‘ngilli pensiya sug‘urtasi tizimi.

  1. jadval


Download 307,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish