16-Mavzu. Mehnat munosabatlari



Download 307,18 Kb.
bet8/13
Sana28.06.2022
Hajmi307,18 Kb.
#712719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
16-Mavzu. Mehnat munosabatlari

«Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi, Aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tavsiyalar berish bo‘yicha maxsus, Tadbirkorlik faoliyati tashkil etishga amaliy yordam berish hamda monitoring qilish bo‘yicha hududiy ishchi gumhlari tashkil etildi.
Xususan, maxsus ishchi guruhlari tomonidan joylarda «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos boʻlgan turlari» mavzusida o‘quv mashg‘uloʻllari o‘tkazilib, ularga tadbirkor oilalarga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo‘nalishlardagi tayyor biznes- rejalar taqdim etiladi. Shuningdek, ular xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida boʻlgan oilalarga taqdimoʻllarini o‘tkazadi va soʻlib olishiga ko'maklashadi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamg‘armasi oilaviy tadbirkorlik subʻyektlariga ajratiladigan kreditlarga ustuvor ravishda kafilliklar va foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratadi.
Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar esa:

  • eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda - oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari;

  • eng kam ish haqining ming baravarigacha miqdorda - belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan oʻlgan kichik tadbirkorlik subʻyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga soʻlib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamg‘armaning kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minoʻl turlari;

  • eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda - tadbirkorlik subʻyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minoʻl turlariga asosan ajratiladi.

«Har bir oila - tadbirkor» dasturi hududiy darajada 2018-yil 10-iyundan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida amalga oshirila boshlandi. Hududiy dastumi moliyaviy ta’minlashga xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 mln AQSh dollari ajratildi.
Mablagʻlar ularning salohiyati, murojaatlarning asoslanganligi, loyihalarning istiqboli va qo'shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlandi. Ular, o‘z navbatida, boʻlajak tadbirkorlarga mablag‘ ajratib berdilar.
Mamlakatning boshqa hududlarida dastur uni amalga oshirishning aniq moliyaviy manbalari va hisob-kitoblarini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilmoqda.
«Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratildi13.

    1. Pensiya ta’minoʻli: uning modellari va xususiyatlari

Pensiya siyosati deganda, insonning hayoʻliy faoliyatini yaxlit ko‘zda tutadigan, hayoʻlining turli bosqichlarida uning manfaatlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qiladigan, kelgusi avlodlarni takror ishlab chiqarishga va ularning kelgusi- dagi manfaatlarini hisobga olishga o‘z hissasini qo‘shadigan siyosat tushuniladi.
Oʻzbekistonda pensiya tizimi ikki hil usulda amalga oshiriladi:

  1. fuqarolarning davlat pensiyasi orqali ta’minlash;

  1. fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiyasi bilan ta’minlash.

Davlat pensiyasi deganda, aholining pensiya yoshiga yetishi munosobati bilan qarilik bo‘yicha, nogironlik va boquvchisini yo‘qoʻlganligi uchun davlat tomonidan pul sifatida beriladigan mablag‘ tushunaladi.
Davlat pensiyasining muhim yo‘nallishlaridan biri qarilik pensiyasi boiib, Oʻzbekistonda davlat qonuni bilan yoshga doir erkaklar - 60 yoshga toiganda va ish stajlari kamida 25 yil boigan taqdirda; ayollar - 55 yoshga toiganda va ish stajlari kamida 20 yil boigan taqdirda ega boiadilar.

Download 307,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish