16 variant savollar



Download 132,23 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi132,23 Kb.
#512816
Bog'liq
Hujjat (1)


16 VARIANT


Savollar:
1.Yalpi talabning bahodan boshqa omillariga izoh bering
2.Retsession va inflyatsion uzilishning mohiyatini va ularni bartaraf etish mexanizmini yoritib bering.
Javoblar:

1. Yalpi talab tushunchasini yaxshiroq tushunish uchun avvalo talab haqida toʻxtalamiz. Talab — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir.
Yalpi talab-bu uy xo’jaliklari, korxonalar, davlat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin: AD =S+I+G+Xn
Quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:
1.Foiz stavkasi samarasi;
2.Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3.Import xaridlar samarasi.
Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq.Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.
P↑→ Md↑(Ms sonst)→ R↑→ I↓→AD ↓
Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi iste’mol xarajati umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi.

Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va o’z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali umumiy talab hajmiga ta’sir ko’rsa
tadi.


Jami talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1.Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar:
AD = ∆C + I + G + X n
2. Xarajatlaridagi o’zgarishlar:
AD = C + ∆I + G + X n
3.Davlat xarajatlarining o’zgarishi.
AD = C + I +∆ G + X n
4.Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.
AD = C + I + G + ∆X n
2) YAMM (YAIM)ni to`liq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o`stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan miqdor retsession uzilish deyiladi.
Agarda ishlab chiqarishning xaqiqiy xajmi (U0) potentsial (U*) xajmidan kam bo`lsa, jami talab samarasiz xisoblanadi. YA`ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo`lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to`liq bandligi darajasini ta`minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta`sir ko`rsatadi.

I
shlab chiqarishning xaqiqiy va potentsial xajmi o`rtasidagi retseession uzilish
.
Ishlab chiqarishda to`liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`qotish uchun jami talabni ragʼbatlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU quyidagiga teng bo`ladi:ΔU=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori miqdori
Rеtsеssion uzilish-bu miqdor inflatsiyasiz to`la bandlik darajasigacha muvozanatli YaIMni ko`tarish uchun yalpi talabni qanchaga oshirish kеrakligini ko`rsatadi.
YAIMni to`liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish xaqiqiiy xajmi (Uo) potentsial (U*) xajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortiqcha xisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab xajmining jami taklif xajmidan qisqa muddatda katta bo`lishi oqibatida xaqiqiy va potentsial YAIM xajmlari o`rtasida inflyatsion uzilish ro`y beradi . Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda jami talabni cheklash zarur.






Ishlab chikarishning xakikiy va potentsial xajmi o`rtasidagi inflyatsion uzilish.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan V nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad xajmidagi (ΔU) qisqarish quyidagicha bo`ladi:
ΔU= -Inflyatsion uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori.
Inflatsion uzilish to`la bandlik sharoitida jami xarajatlarni (jami talab) YaIMning potеnsial darajasidan ochiq bo`lgan miqdori. Bu miqdor inflatsiyasiz to`la bandlik darajasigacha muvozanatli YaIMni pasaytirish uchun yalpi talabni qanchaga qisqartirish kеrakligini ko`rsatadi.
Download 132,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish