17-bob. Boshqaruvning aqsh, Yevropa va osiyo mamlakatlari modeli


Skandinaviya modelining o‘ziga xos jihatlari



Download 93 Kb.
bet8/14
Sana27.05.2023
Hajmi93 Kb.
#944678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
17-мавзу Boshqaruvning AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari modeli


17.4. Skandinaviya modelining o‘ziga xos jihatlari


Menejmentning aksariyat milliy modellarida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqaruv masalalarini hal qilish va tartibga solishda davlatning faol aralashuvi kuzatiladi. Shuning uchun ham menejmentning birinchi navbatda davlat boshqaruvi sifatida talqin qilinishi hech kimga sir emas. Albatta, zamonaviy iqtisodiyotda davlat va xususiy mulkchilik o‘rtasidagi sog‘lom kelishuv munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlar soni juda ko‘p. Biroq, davlatning faol aralashuvi avvalo jamiyatning ijtimoiy qo‘llab quvvatlanishi, jamoatchilik tashkilotlari yoki kompaniyalar mustaqil ravishda hal qilishi mushkul bo‘lgan vazifalarni bajarishgan qaratilishi va “ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi institut” rolini bajarishi juda kam uchraydigan amaliyotdir.
Skandinaviya modeli aynan shunday mexanizmlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, davlatning aralashuvi birinchi navbatda aholining bandligi, daromadlarning tengligiga, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga, korxonalar faoliyatini muntazam ravishda modernizatsiyalash va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan.
Skandinaviya modeli mamlakat aholisining barchasi davlatning milliy ijtimoiy siyosatida, mehnatga layoqatli aholining qayta takror bo‘lishida, beg‘araz ijtimoiy ko‘makdan foydalanishda, keng turdagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda, oila siyosati, gender tenglik va ayollar bandligini ta’minlashda, uzluksiz malaka oshirish hamda mehnat jamoasining jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishda faol ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Menejmentning bunday modeli bozor iqtisodiyoti va xususiy mulkning davlat dasturlari asosida uyg‘unlashuvi, mehnatga layoqatsiz va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining beqarorligi natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Skandinaviya modeli kompaniyalarning sodda tashkiliy tuzilmalari asosida boshqarishni ko‘zda tutadi. Skandinaviya mamlakatlarida kompaniyalar cheklangan menejerlar tomonidan boshыariladigan ulkan tashkilotdir. Kompaniyaning maqsadi va missiyasi nafaqat rahbarlar uchun, balki kompaniyaning barcha a’zolari uchun aniq va tushunarli hisoblanadi. Kompaniya maqsadlariga erishish har bir xodimning maqsadlariga erishishini anglatadi. Skandinaviya kompaniyalarida ishga qabul qilingan har bir ishchi uchun erkinlik huquqi kafolatlangan. u ishga kirgan zahotiyoq ijodiy tasavvurga ega bo‘lishi, faoliyat olib borishi mumkin. ishchilar kompaniya rahbari kabi fikrlashi, o‘ylashi, ishlashi hattoki, nizoli vaziyatlarda o‘zining muqobil qaror variantlarini ham taklif qilishi mumkin. Buning uchun barcha qaror muhokamasi eng quyi pog‘onaga beriladi. Keyin esa yuqoriroq pog‘onaga va hokazo. Bunday imkoniyat va erkinliklar kompaniya xodimlarini yanada ijodiy faoliyat qilishi, kompaniyaga qanchalik mas’uliyatli ekanligini ham belgilab beradi.
Skandinaviy modeli xodimlarning shaxsiy javobgarligini emas, balki yaxlit javobgarligini talab qiladi. Ishchilar o‘zi bajargan ishi uchun emas, balki kompaniyaning barcha faoliyati uchun mas’uliyatni his qilishi talab etiladi. Bu shuni anglatadiki, kompaniya mehnat qiladigan joy emas, balki insonlar jamoasidir. O‘tgan davrlar mobaynida skandinaviya mamlakatlarida kompaniyalarga texnik muhandislar, keyinchalik iqtisodchilar, keyinchalik esa menejer va marketologlar rahbarlik qilishi talab etilgan. Bugungi kunda esa faqat liderlik qobiliyati talab qilinadi.
Chunki ushbu kompaniyalarda faqatgina mehnat jamoasini boshqarish kifoya.
Buning uchun kompaniya rahbarlari xodimlarni o‘zlaridan yaxshi ishlashga undaydi. Xodimlarning menejerlardan ustunligi ularning yutug‘i hisoblanadi va juda qisqa vaqt ichida yuqori pog‘onaga ko‘tariladi. Albatta, rahbarlar qo‘l ostidagilarni o‘zidan o‘zib ketishini istashmaydi. Skandinaviya paradoksi shundan iboratki, shunday qilinganda malakali kadrlarga talab ortadi, malakali kadrlar kompaniya va davlat uchun noyob resurs hisoblanadi, shuning uchun ham bugungi kungacha ularning tanqisligi kuzatiladi.
Skandinaviya menejmentida davlatning roli juda katta. Ushbu mamlakatlarda biznes yuritish avvalo ijtimoiy yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Skandinaviya mamlakatlarida juda boylar ham juda qashshoqlar ham, shu bilan birga keskin tus solgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ham sodir bo‘lmaydi. Ta’limning barcha pog‘onalarda bepul ta’lim, aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalari bepul faoliyat olib boradi, turli klub va yoshlar jamiyatlar davlat tomonidan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlanadi. Ijtimoiy tenglik g‘oyasi skandinaviya mamlakatlari uchun tarixiy ildiz otgan bo‘lib, insoniyat uchun ham bugungi kunda yangilik deb bo‘lmaydi. O‘z davrida Platon, Afina demokratiyasi, o‘rta asrlar uyg‘onish davrida Tomas Mor ilmiy ijodi ham insonlarning ijtimoiy tengligiga da’vat etadi. Sotsializmning zamonaviy talqini XXasrning taniqli shaxslari nomi bilan bog‘liq besak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sotsializm harakatining asosiy namoyondasi albatta bu K.Marks hisoblanadi. Uning kapital jamg‘arilishi, barcha insonlar teng huquqli va teng yashaydigan kommunistik jamiyat g‘oyasi bugungi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ijtimoiy siyosatning negizini tashkil qiladi.
17.4.-jadval

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish