4.Lokomotivparklariishinirejalashtirishva tezkor tartibga solinishi Lokomotiv parklarining ishini tezkor rejalashtirish o’z ichiga yuk poezdlari xarakat miqdori va lokomotivlar parki me’yorlarini belgilash, poezd va yuk ishlarining sutkalik rejasi va smena topshiriqlarini tuzishni oladi.
Temir yo’llarning tashishlar xizmati amaldagi poezdlar xarakat grafigi va vagon oqimlarining tebranishining taxlili asosida lokomotiv brigadalarining xar bir ishlash uchastkalari uchun 50-70 foyiz doimiy aylanishdagi poezdlarni raqamli kiritish xarakat miqdorlarining ikki-uch variantlarini ishlab chiqadi. Lokomotivlardan foydalanish parkining me’yorlarini MTU chegarasida xizmat ko’rsatuvchi depolar uchun, MTU boshlig’i belgilab beradi. Bir nechta lokomotivlari MTUlarda aylanadigan depolar uchun esa ushbu me’yorlar tashishlar xizmati boshlig’i tomonidan belgilab beriladi. Lokomotiv va lokomotiv brigadalariga bo’lgan talab, poezdlarni va vagonlarni qo’shni temir yo’llarga berish miqdoridan kelib chiqqan xoldagi xisoblar asosida belgilanadi. Ushbu ko’rsatkichlar poezd ishlarining sutkalik ish rejasi uchun nisbatan kerakli qismi xisoblanadi va u tashishlar xizmati tomonidan ishlab chiqiladi va xisobot sutkasini boshlanishidan 3 soat oldin MTU tomonidan e’lon qilinadi. Ba’zi temir yo’llarda poezd va vagonlarni sutkalarga taqsimlagan xolda uzatilishini uch sutkalik tizimi kiritilgan. Sutkalik rejalar soat 17-00 kech qolmasdan lokomotiv deposi tomonidan texnik xizmat ko’rsatish punktlariga, stantsiyalarga va konduktorlik zaxiralariga ma’lum qilinadi. Poezd ishlari rejasi lokomotivlardan nisbatan samarali foydalanish mumkinligi xisobi bilan tuziladi. Zamonaviy lokomotivlarning katta uzilmasdan reyslarni amalga oshirish imkoniyatlari poezdlar tuzish rejasi ishlab chiqilayotganda xisobga olinishi lozim, chunki ular asosida poezdlar xarakat grafiklari ishlab chiqiladi.
Poezd ishlarni rejalashtirish va lokomotiv parklarini tartibga solish quyidagi xolatlardan tashkil topadi.
Tezkor rejalashtirishning asosini temir yo’llar va MTUlar poezd ishlari rejasi tashkil etadi. Rejalarni ishlab chiqish uchun foydalanish ishlarining oylik texnik me’yorlari, tezkor topshiriqlar, poezdlar xarakat grafigi, yo’nalishlarda yuzaga kelgan vagon oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. MTUning poezd ishlari rejasi (xarakat miqdorlari variantlari) stansiya, lokomotiv deposi, lokomotiv brigadalarining almashish punkti va boshqa aloqador korxonalar raxbarlari tomonidan e’lon qilinadi.
Brigadalar tomonidan xizmat ko’rsatiladigan uchastkalar bo’yicha xarakat variantlari uchun lokomotivlar parki, poyezdlar xarakat grafigi asosida tuzilgan, aylanish vedomosti ma’lumotlari bo’yicha xisoblangan bir juft poyezd uchun talab koeffitsienti bo’yicha aniqlanadi. Yo’nalish yoki xizmat ko’rsatish zonalari uchun lokomotivlardan foydalanish parki MTU va temir yo’llar uchun xisoblangan lokomotivlar parkini brigadalar tomonidan xizmat ko’rsatish uchastkalari bo’yicha yig’indisi orqali aniqlanadi.
Temir yo’l yo’nalishlariga ikki temir yo’llar yoki bir temir yo’llarning bir nechta depolari lokomotivlari tomonidan xizmat ko’rsatilishida xisoblab topilgan lokomotivlar parki ular orasida temir yo’llarning lokomotiv xo’jaligi tomonidan taqsimlanadi.
Aloxida e’tiborni lokomotivlarni chegara stantsiyalari, temir yo’llar yoki MTUlar bo’yicha boshma – bosh ayrboshlash printsipiga qaratish lozim. Bu esa o’z navbatida bitta aylanish uchastkasida lokomotiv larparkidagi ortiqcha lokomotivlarni yig’ilib qolishi va boshqasida etishmay qolishi oldini oladi.
Sutkalik reja va smena topshiriqlarida quyidagilar ko’zda tutilgan bo’lishi lozim: chegara punktlari, temir yo’llar va MTU lar o’rtasida lokomotivlarni almashtirish; lokomotivlarni ro’yxatga olingan deposiga texnik xizmat ko’rsatish (TO-2, TO-3) uchun va reja bo’yicha ta’mirlashishlarini o’z vaqtida o’tkazilishi uchun qaytib kelishi lokomotivlarni temir yo’l zaxirasiga o’tkazilishi (bir sutkadan kam bo’lmagan muddatga) yoki ko’rsatilgan zaxiradan olib foydalanishga topshirish.
Lokomotivlarni texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlashlarga yo’naltirish, maxsus rejalar asosida aniqlanadi va unda lokomotivni texnik xizmat ko’rsatish punktiga qo’yilgan vaqti ko’rsatiladi. Lokomotivlarni texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlashga yo’naltirish lokomotivni texnik xizmat ko’rsatish punktiga qo’yish va uni ro’yxatga olingan depoga qaytish vaqti keltirilgan maxsus rejalar bo’yicha aniqlanadi. Ushbu rejalar MTUlarda poezd ishlarini ta’minlash bo’yicha sutkalik xamda smenali topshiriqlarga kiritiladi.
Poyezd ishlari rejasiga mos ravishda lokomotiv brigadalariga bo’lgan talablar aniqlanadi.
Lokomotiv parklarini ishini bunday tartibda tezkor rejalashtirish va ishini tartibga solish va tashkil etish natijasida poezdlar xarakati va lokomotivlardan foydalanish raxbariyatini yagona texnologik jarayonga birlashtirish ta’minlanadi.
Lokomotivlar berilishidan oldin yoki xarakatdagi davrda xar xil sabablar tufayli ishdan chmiqsa, u xolda lokomotiv dispetcheri MTU bo’yicha navbatchi, poezd dispetcheri va depo bo’yicha navbatchilar bilan birgalikda berilgan tashishlar xajmini ta’minlash choralarini ko’radilar. Buning uchun temir yo’l boshqarmasi zaxirasidagi lokomotivlardan foydalaniladi, poezdlarni uchastkalardan o’tkazish tezlashtiriladi, lokomotivlarni ekipirovkadan o’tkazish vaqti qisqartiriladi, poezdlarning og’irlik me’yorlari ruxsat etilgan miqdorgacha oshiriladi va xakozolar.
Lokomotivlar xarakatini dispetcherlik tartibga solinishi poezdlarni boshqarishning tejamkorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Poezdlar xarakatining to’g’ri yo’lga qo’yilgan dispetcherlik tartibga solinishi lokomotiv brigadalariga poezdlarni o’tkazish shartlari to’g’risidagi, uncha yaxshi yo’l profiliga ega bo’lmagan uchastkalarda joylashgan stantsiyalarda poezdlarni kesishtirish va quvib o’tish amallarini qo’llamaslik to’g’risidagi axborotlarni o’z vaqtida yetkazilishini ko’zda tutishi lozim.
Poezdlarni boshqarishning ratsional rejimlari xarakatdagi poezdning kinetik energiyadan maksimal foydalanishga asoslangan. Nafaqat to’xtash, balki xar bir tezlikni kamaytirish amali xam qo’shimcha energetik sarflarni keltirib chiqaradi. Poezdlarni qoniqarsiz o’tkazish — poezdlarni boshqarishning ratsional rejimidan samarali foydalanishga to’sqinlik qiluvchi asosiy sabablardan biri xisoblanadi.
Harakatdagi poyezdni to’xtatishda aniq bir miqdordagi kinetik energiya so’nadi. Uni kerakli tezlikka chiqarish uchun yana kerakli miqdordagi elektrenergiyasi yoki yoqilg’i sarfi talab etiladi. Shunday qilib, poezdni to’xtatishdagi shartli elektr energiyasi yoki yoqilg’i sarfi to’g’risida gapirish mumkin bo’ladi.
Birinchi smenada va umuman sutka davomida stansiyalar bo’yicha yetishmaydigan yoki ortiqcha lokomotivlar soni hisoblab topilgandan so’ng. Ular orasidagi farqlari hisoblab topiladi va shu bilan birga har bir uchastka bo’yicha yetishmaydigan lokomotivlarning ortiqcha lokomotivlarni olib kelishi uchun eng qisqa marshrutlari belgilab olinadi.