17-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari


Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari



Download 87,66 Kb.
bet2/16
Sana06.01.2022
Hajmi87,66 Kb.
#323341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
17-Mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko rsatkichlari.Mill

1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

Barchamizga ma’lumki, o’tmishda O’zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo’lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg’i, g’alla va boshqa ko’pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo’yicha markazga qaram bo’lgan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, «O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan» mamlakat edi.

Lekin, eng yomoni, O’zbekiston iqtisodiyoti asosan xomashyo tayyorlashga yo’naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo’rt va nochor holga tushib qolgan bo’lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o’tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo’ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo’lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo’yicha oxirgi o’rinlardan birida turar edi.

1991 yil sentyabridan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xomashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o’z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldik.



YAngi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko’plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg’i va g’alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, modernizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o’sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.

Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining qator infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug’urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funktsional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi.

SHunday qilib, O’zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o’z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.

Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.

Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.

Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi:

- mavjud ishlab chiqarish resurslari;

- resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi taqsimot hajmi;

- iqtisodiy sub’ektlarning ishlab chiqarish hajmlari;

- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.

Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko’rinishda quyidagi chizma orqali tasvirlash mumkin (1-chizma).

Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig’imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.




Download 87,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish