17-modul gap. Darak, so‘roq va buyruq gaplar



Download 20,25 Kb.
bet3/5
Sana31.07.2021
Hajmi20,25 Kb.
#133985
1   2   3   4   5
Bog'liq
17.GAP. DARAK, SO‘ROQ VA BUYRUQ GAPLAR

Darak gaplar

Gapning bu turi biror voqea-hodisa, haqida xabar berish, ish-harakatning mavjud emasligi yoki belgini tasdiqlash uchun ishlatiladi. Darak gaplarda biror voqea-hodisa haqida xabar berish bilan birga taxmin, gumon yoki istak mazmuni ham bayon etiladi. Misol: Ilg‘or kishilarga mukofotlar berishdi (xabar berish mazmuni anglashilgan). Universitet talabalarini ham taqdirlashsa kerak (gumon, taxmin mazmuni ifodalangan). Hammamiz o‘z fikr-mulohazalarimizni ochiq bayon etsak edi (istak, orzu mazmuni ifodalangan). Anjumanda uchta ma’ruza tinglanar emish (taxmin, eshitilganlik mazmuni ifodalangan).


Mashq. Berilgan gaplarning orasidan darak gaplarni ajratib, undagi turli xil modal ma’nolarni tushuntirib bering. Otli so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsating.

1. Baquvvat, semiz qorabayir ot qo‘shilgan aravaga yozgi qizil olma ortilgan (Oybek). 2. Bir to‘da o‘rtoqlarim, har kundagi kabi yig‘ilishib, Shayhontoxurga ketishdi (Oybek). 3. Oy nuriga ters o‘tirgani uchun uning yuzida ko‘zida qandoq, ifoda kasb etayotganini bilmasdim (S.Ahmad). 4. Insonning jasoratga xayrli ishlarga etaklaydigan shu emasmi?! (S.Ahmad). 5.Afzalxon akam anchagacha cho‘kkalab o‘tirdida-da, sekin qaddini rostladi (O‘.Hoshimov). 6. Yigit hayron edi: «Buning husnigina emas, hatto kiygan kiyimi mo‘jiza-ku, nega mening otimni biladi, nega yana o‘zini past olgan tovush bilan so‘raydi (A.Qahhor). 7. Kiyimidan yigit ko‘proq studentga o‘xshar edi (A.Qahhor).


Darak gaplar quyidagi belgilariga ko‘ra gapning boshqa turlaridan farqlanadi: darak gaplarning fe’l kesimlari ko‘pincha aniqlik maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi.

Darak gaplar oxirida intonatsiya (ohang) pasayadi. Misol: Samanadrov qamchi dastasi bilan kanal tomonni ko‘rsatdi. (A.Qahhor). Hammamiz Navro‘z bayramini munosib kutib olish uchun tayyorlana boshladik.


Mashq. Matndagi darak gaplarni ajratib ulardagi fe’l kesimlarning shakllanishiga ahamiyat bering.

Sherzod eshik pardani siltab tortdi-da, ichkari kirdi. Katalakdek tor xona to‘rida ingichka stol turar, stolga kattakon toshoyna tik qilib qo‘yilgandi. Oynada bo‘yniga oq fartuk tutilgan cho‘qqi soqol cholning aksi ko‘rinardi. Oppoq xalat kiyib olgan sartarosh hadeb suv ho‘llab cholning boshini ishqalardi.

Sherzod salom berib, ostonadagi eski stolga cho‘kdi. Sartarosh unga qiyo boqmay, «Valey» deb qo‘ydi-da, cholning boshini ishqalashda davom etdi (O‘.Hoshimov).
So‘roq gaplar

So‘roq gap so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar bilish, ma’lumotni olish maqsadida ishlatiladi. So‘roq gaplarning javob talab qilinmaydigan, so‘roq bildirmaydigan turlari ham bor. Misol:

1. Bayram tantanalarida ishtirok etasizmi?

2. Dengiz safarini siz ham yaxshi ko‘rasizmi?

3. Nega buncha go‘zal ko‘rinar olam?

Nega qarab to‘ymas ko‘zlarim?

Nega tush ko‘radi, ko‘piradi qon?

Nega misday qizir yuzlarim?

4. Paranji ichida borgan Ra’noni tanish uchun hech kimda karomat yo‘q, ayamga nega ishonib bo‘lmasin? (A.Qodiriy).

Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida so‘roqqa javob talab qilinadi. Keyingi ikkita misoldagi so‘roq gaplarga javob talab qilinmaydi.

So‘roq gaplarda ba’zan so‘roq bilan birga taajjub (Meni tanimayapsizmi?), buyruq (Tezroq gapirsangizchi), shubha yoki gumon (Hamma yig‘ilgandir-a?, Bu kishi o‘qituvchi bo‘lsa kerak-a?) kabi ma’nolar anglashilishi mumkin.

So‘roq gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ular quyidagilardan iborat:



1. So‘roq gaplarda kim?, nima?, qachon?, nega?, qayerda? kabi so‘roq olmoshlari ishtirok qiladi. Misol: Siz ko‘proq kimni hurmat qilasiz? Nimani eshityapsiz? Nega ertaroq kelmadingiz?


Download 20,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish