193-guruh talabasi kabulov muzaffarning ko’chmas mulk kadastri fanidan tayyorlagan topshirdi: kabulov m. Tekshirdi: allaberganov n



Download 27,15 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi27,15 Kb.
#842124
  1   2
Bog'liq
Кабулов


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA, GEOGRAFIYA KAFEDRASI GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA KADASTR YO’NALISHI 3-KURS
193-GURUH TALABASI KABULOV MUZAFFARNING
KO’CHMAS MULK KADASTRI FANIDAN TAYYORLAGAN


TOPSHIRDI: KABULOV M.
TEKSHIRDI: ALLABERGANOV N.

mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 18 moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori.


reja:
1.O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risida.


3.Izohlar.




O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risida
NIZOM
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimini belgilaydi va ko‘chmas mulk davlat kadastrining tarkibiy elementi hisoblanadi.
2. Uy-joy fondi obyektlarining joylashgan o‘rni, son va sifat tarkibi, texnik holati, obodonlashtirish darajasi va ularning qiymati to‘g‘risida ma’lumot olish hamda ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
3. Insonning yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joylar, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz keksalar internat-uylari, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan uylar) davlat yo‘li bilan hisobga olinadi.
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish, ularni uy-joy fondidan chiqarish, Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi boshqa qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi texnik (tezkor) va idoraviy statistika hisobini o‘z ichiga oladi.
Texnik inventarizatsiya o‘tkazish va uylar hamda turar joylarga egalik huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi uchun hisobga olishning yagona tizimi bo‘yicha uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, texnik hisobga olish davlat yo‘li bilan hisobga olishning asosini tashkil etadi.
Uylar va turar joylarni texnik hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Uy-joy fondini texnik hisobga olishni yuritish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklanadi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, texnik hisobga olishni amalga oshiradilar.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari:
uy-joy fondini texnik inventarizatsiyalashga;
uylar va turar joylarning texnik holatini nazorat qilishga;
uylar va turar joylarni baholashga va qayta baholashga, shu jumladan, soliq olish maqsadida baholashga va qayta baholashga;
axborot va konsultativ xizmat ko‘rsatish va uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirishga majburdirlar.
8. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildi uy yoki turar joy foydalanish uchun qabul qilib olinayotganda yoxud turar joy uy-joy fondiga kiritilayotganda tuziladi.
Keyingi texnik hisobga olish uylar va turar joylarni vaqti-vaqti bilan rejali xatlashlar o‘tkazish yo‘li bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari aniqlanishiga qarab amalga oshiriladi.
9. Inventarizatsiya ma’lumotlari va uy-joy fondini texnik hisobga olishning boshqa ma’lumotlari, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda qo‘llanish uchun majburiydir:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hamda ko‘chmas mulkka oid bitishuvlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
turar joy sohasida ko‘chmas mulkka solinadigan soliqni hisoblash va uning bazasini nazorat qilishda;
uylar va turar joylarni foydalanishga topshirishda;
uylar va turar joylarning texnik holatini hamda fizik eskirganligini aniqlashda;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini ro‘yxatdan o‘tkazishda;
uy-joy fondi obyektlariga kadastr tartib raqamlari berishda.
10. Uylar va turar joylarni rejali texnik inventarizatsiyalash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan ular mulkdorlarining mablag‘lari hisobiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar uylar va turar joylar mulkdorlarining buyurtmanomalariga ko‘ra, shartnoma narxlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

11. Qurilishi tugallangan uy va turar joyga kadastr ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan tayyorlanadi va buyurtmachi (quruvchi) tomonidan qabul qilish komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar tarkibiga kiritiladi.


Turar joy imoratlariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan ularning kadastr ishi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar mustaqil hujjatlarni tashkil etadi, ularni berish tartibi joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
13. Uylar, turar joylarni hisobga olish davlat kadastri yagona tizimining boshqa kadastrlar bilan texnologik aloqalarini ta’minlovchi avtomatik boshqarish tizimi vositalarini qo‘llagan holda uy-joy fondi reyestrini yuritish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Uy-joy fondining hisobga olish — texnik, hujjatlar yig‘ma jildi, ro‘yxatdan o‘tkazish daftarlari, inventar hujjatlar yig‘ma jildida shakllangan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning nusxalari, boshqa inventarizatsiya hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari arxivida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlarida saqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari arxivlari O‘zbekiston Respublikasi davlat arxiv fondiga kiradi va joylardagi davlat hokimiyati organlari foydalanishida bo‘lgan respublika mulki hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari arxivlarining begonalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari va boshqa organlar mansabdor shaxslarining mazkur Nizom talablarining zarur darajada bajarilishi uchun javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.



Download 27,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish