1–Ma’ruza. Mavzu: Shaharlarda suvni chetlatish tarmog‘i elementlari va drenajlar Reja


-rasm. To‘shamasidagi deformatsiya va buzilishlarning ko‘rinishi



Download 4,15 Mb.
bet22/22
Sana01.07.2022
Hajmi4,15 Mb.
#728825
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Шахар кучалари ва йуллари маъруза матни

56-rasm. To‘shamasidagi deformatsiya va buzilishlarning ko‘rinishi:


1 – cho‘zilish oralig‘i; 2 –egilish; 3 – to‘shamani siqilgan joyi; 4 –yo‘l to‘shamasida yoriqlar; 5 – to‘shamani yuqori kesilishlari; 6 – yo‘l to‘shamasining deformatsiyasi; 7 – gruntning surilish yo‘nalishi; 8 – gruntning siqilish yo‘nalishi; 9 –yo‘l to‘shamasining asosidagi gruntning holati; 10 –gruntga berilayotgan bosim maydoni
Asfaltobetonning deformatsiyasi asosan bitumning toshlarni qoplab, bir-biriga bog‘lab turgan yupqa qatlamida yuz beradi. Bitumning deformatsiyaga chidamligini oshirish uchun uning mustahkamligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Deformatsiyani quyidagi guruhlarga va turlariga bo‘linadi:
Ob-havo ta’siridan paydo bo‘ladigan deformatsiyalar. (turli ko‘rinishdagi yoriqlar, past-balandliklar, uvalanish, erish va eskirish);
Transportning mexanik ta’siridan paydo bo‘ladigan deformatsiyalar (yemirilish, iz bo‘lib qolish, ishqalanish, chuqur, cho‘qish, ezilish va qoplama chetining ajralib chiqishi);
Tuproq va gidrologik omillar natijasida paydo bo‘ladigan deformatsiyalar (qabarish, bikirlik qoplamani egilishi, bo‘ylama yoriqlar va cho‘kish);
Ishlab chiqarish kamchiliklari natijasida paydo bo‘ladigan deformatsiyalar (deformatsiyaning hamma turlari).
To‘shamalarni buzilishlari vaqt o‘tishi bilan undagi yoriqlar, cho‘kishlar, bo‘rtish, chuqurchalar va boshqa turdagi o‘zgarishlar ko‘rinishda sodir bo‘ladi. To‘shamadagi bu o‘zgarishlar qoplamaning turlariga ham bog‘liq bo‘lib, turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Cho‘kish-yetarli darajada qatlamning zichlanmagan qismida va grunt namligini me’yordan ortib ketishidan sodir bo‘lib, grunt xossasi va gidrogeologik sharoitlarga bog‘liq. Qoplama chekkalarida avtomobil g‘ildiraklari ta’sirida namligi ortib ketgan va yetarli zichlanmagan joylarda izli bo‘ylama chuqurlar hosil bo‘ladi.
To‘shamalarda sodir bo‘ladigan o‘zgarish va buzilishlar asosan unga ta’sir etuvchi kuchlar hisobiga sodir bo‘ladi. Bular ezilish, siljish, to‘lqinsimon, tarnovsimon izlar va notekis cho‘kishlardir.
Ezilish – organik bog‘lovchilar qo‘shib qurilgan qoplamalarda kunning isib ketishi va me’yoridan ortiq ortiq qo‘shilganda yuqori plastik holatga ega bo‘lib, kuch ta’sirida siqilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday hol ko‘pincha og‘ir yukli transport vositalarini muntazam to‘xtash joylarida kuzatiladi.
Siljishlar – notekisliklardan tashkil topib, to‘shama asosi pishiq bo‘lib, kuch ta’sirida qoplamani surilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday holatlar transport harakatini to‘satdan tormoz berish natijasida (bekat, chorraha, tutashmalarda) ko‘proq hosil bo‘ladi.
Tarnovsimon izlar- transport vositalarini bir izdan ko‘p o‘tib harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Buzilishlar – yo‘l to‘shamalarini yaxlit holda ko‘rilganida unda yoriqlar, chekkalarning bo‘laklanishi, qoplamadagi yoriqlardan sodir bo‘ladi.
Doimo muzlaydigan tumanlarda yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasini buzuvchi muzlashlar hosil bo‘ladi. Tekis va uncha baland bo‘lmagan joylarda yog‘in miqdori ko‘p bo‘lganda, quvurlarni olib ketish, ko‘priklarni buzilishi va uni oldida yo‘l poyini yuvilishi mumkin. Yo‘l poyini bunday buzilishga qarshi turish mahsus inshootlarni (selni yo‘nalturuvchi, oqimni bo‘luvchi, ko‘chkiga qarshi, muz surilishiga qarshi va boshqa inshootlar) qurish bilan amalga oshiriladi.
Yo‘l to‘shamasining pastki qatlamlarida bog‘lanmagan yoki kam bog‘langan materiallar bo‘lganligi uchun grunt asosida deformatsiyalar yig‘ilib yo‘l to‘shamasida buzilishlarni yuzaga keladi.
Deformatsiyalarni paydo bo‘lishida TV g‘ildiragidan tushadigan og‘irlik va ob-havo faktorlarining (temperatura va namlik) ta’sir kuchlari hisobidandir. Avtomobil yo‘lining ekspluatatsiya davrida mayda deformatsiyalar va ularni o‘zgarishlari ko‘rinmaydi. Deformatsiyalarni o‘z vaqtida aniqlash uchun yo‘l to‘shamasini mustahkamligini aniqlash bo‘yicha profilaktik nazoratlar o‘tkazish kerak.
Yo‘ldan foydalanishda harakat qatnovi tufayli notekis yedirilishlar sodir bo‘ladi, bu yedirilish harakat tezligiga uzviy bog‘liqdir.

Shahar ko‘chalari – yil davomida yo‘l inshootlarining konstruktiv elementlarini hamda yo‘l uchun ajratilgan ko‘chalarni yaroqli holatda saqlash – muntazam qarovni va nazoratni amalga oshirishda yo‘lning standart talablari ko‘rsatkichlarini takomillashtirish va ushlab turishdan iboratdir.


Avtomobilq yo‘llari – transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlarini va quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni ta’minlashi lozim.
Kunduzi va kechasi transport harakatiga standartda belgilangan sharoitni yaratish hamda yil davomida transport harakatini uzluksizligini ta’minlab berish.
Avtomobil’ yo‘llarini yuqorida aks ettirilgan holatda ushlab turish uchun ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlari quyidagi kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • yo‘l inshootlarini muntazam nazorat qilib turish va ularni quriqlash;

  • yo‘l inshootlari holatini toza saqlash;

  • yo‘l davomida yo‘lning barcha inshootlarida sodir bo‘lgan jory nuqsonlarni tezda bartaraf etish;

  • shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish va uni saqlab turishni muntazam nazorat qilish;

  • yo‘ldan o‘tuvchilar uchun harakat xavfsizligi va qulaylikni ta’minlash;

  • yo‘l inshootlarining xizmat qilish sharoitini o‘rganish va tahlil qilish.

Avtomobilq yo‘llarida yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash va quyidagi ishlar bajariladi:

  • yo‘l qoplamasini doimiy ravishda changdan, loydan, qordan,muzdan tozalash, qoplamaning yemirilishdan hosil bo‘lgan qoldiqlarni yig‘ishtirish va changsizlashtirish hamda qoplamada buzilish natijasida sodir bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish;

  • qatnov qismidagi muzgarchilik va sirpanchiqni qum va boshqa muzgarchilikka qarshi aralashmalar sepib bartaraf qilish;

  • ayrim dformatsiyalangan va bo‘shliqlar hosil bo‘lib turuvchi hamda ko‘pchish xavfi bo‘lgan yo‘l bo‘laklarida qarovni amalga oshirish (vaqtinchalik to‘siqlar o‘rnatish va qatnovni yopiq shitlar, taxtalar va boshqa buyumlardan foydalangan xolda harakatni tashkil etish, zarur bo‘lganda ularni yig‘ishtirish) yo‘lda hosil bo‘lgan o‘yiq va yoriqlarni ochish va to‘ldirish.

Saqlash ishlari yil moboynida avtomobilq yo‘llaridagi barcha elementlar – sun’iy inshootlar, yo‘lning qatnov qismi, tuproq ko‘tarmasi va avtomobmlq yo‘llari mintaqasi, ko‘cha va aerodromlar uchun juda keng ma’noga ega bo‘lib, odatda ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Bahor yoz va kuzgi davr – bunda avtobus bekatlari va povilqonlarni yuvish, supurish hamda qoplama chang bo‘lishining oldini olish; yo‘l inshootlari va belgilarini oqlash, yo‘l to‘siqlari, belgidari tozalash va yuvish; ariqlar, yon ariqchalar (kyuvet), g‘ement ariqlar (lotok), suv o‘tkazuvchi quvurlar va yo‘l o‘tkazgichlari, ko‘priklarning tayanch qismlari va yo‘llarni tozalash va yuvish; qaytarish yo‘llari ajratuvchi yo‘llar, yo‘l chekkasi hamda chiqindi bilan to‘lgan qiyaliklarni tozalash; qiyalik hamda qaytarish yo‘llaridagi o‘tlarni o‘rish va tekislash, buta va mayda butalarni qirqish; qirqilgan buta va mayda o‘tloqlarni qayta ishlash, keraksiz o‘simliklarga qarshi kimyoviy kurashish vositalaridan foydalanish, daraxtlarga suv quyish va shox shabbalarni qirqib turish hamda daraxtlarni oqlash, kam hajmli mayda ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish va h.k.

  2. Shahar ko‘chalari va yo‘llarida qishki mavsumda avtomobilq yo‘llarini saqlash ishlari yo‘lchilarga katta ma’suliyat yuklaydi. Umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va yo‘llarida sirpanchiqlikni bartaraf etish va qordan tozalash uchun bir qancha o‘nlab maxsus texnikalar, shu bilan birga, minglab tonna qum-tuz aralashmasi va o‘nlab tonna tuz ishlatiladi.

Qishki qarov ishlariga quyidagilar kiradi:

  • yo‘lni qor qatlamidan saqlash va uni qordan tozalash;

  • qishki sirpanchiqlik va muzlashning oldini olish;

  • piyodalar yo‘lkalari va maydonlarini qordan tozalash

Bu tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi ko‘rsatkichlarni inobatga olish lozim:

  • qor va muzdan tozalanadigan yo‘lning kengligi;

  • yo‘l yuzasidagi yumshoq qorning qalinligi;

  • qor yog‘ishi va qor bo‘roni boshlanishidan oldin qor tozalash mashinalarining o‘tish oralig‘i;

  • yo‘lni qordan tozalash muddati.

Qishki saqlash ishlarini tashkil qilish ishchi kuchi, energiya va mashina resurslari, pul resurslariga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida unga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bular tabiiy-iqlim, loyiha-qurilish va ekspluatag‘iya omillaridir.
Maydalangan materiallarni sepish choralarida, muz yoki muz qor qatlam yuzasiga qum, mayda shag‘al, chaqilgan tosh, mayda tosh chiqindilari, shlak va boshqa, o‘lchamlari 5-6 mm dan katta bo‘lmagan qirrali materiallar sepiladi. Sepish maxsus qum sepuvchi va boshqa mashinalarda bajariladi. Qumning me’yoriy sarfi xavfsiz qoplama yo‘l bo‘laklari uchun 200 dan 700 g/m2 gacha yoki 1000 m2 qoplamaga taxminan 0.3-0.4 m3, xavfli pastga tushish, chorraha, kichik radiusli burilish va x.k. larga me’yoriy sarf ikki barobar oshiriladi.
Nazorat savollari:

  1. Shahar ko‘chalari va yo‘llarini saqlash va ta’mirlashning qanday turlari mavjud?

  2. Tarnsport vositalarining yo‘l to‘shamasiga qanday ta’sirlarini bilasiz?

  3. Shahar ko‘chalari va yo‘llarida qishki saqlash ishlarining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

  4. Shahar ko‘chalari va yo‘llarida qishki mavsumda qanday ishlar bajariladi?

  5. Shahar ko‘chalari va yo‘llarida shovqinni kamaytirish usullarini bayon eting?

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish