2- ma’ruza: turizmda transport vositalarining infratuzilmasi reja



Download 390 Kb.
bet19/39
Sana31.12.2021
Hajmi390 Kb.
#198288
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Kruizlar geografiyasi butun jahon okeanini qamrab olgan. Yozgi mavsumda Yevropalik turistlar o‘rtasida O‘rta yer dengizi bo‘ylab yo‘nalishlar ko‘proq mashhur Venesiya-Neapal, Marsella, Barsellona Kann, Rimdan boshlanadi. Yozda shuningdek kruizlarga G‘arbiy va Shimoliy Yevropa qirg‘oqlari bo‘ylab va Norvegiya sohillariga talab katta bo‘ladi. Yil bo‘yi Janubiy Atlantika va Karib dengizi bo‘ylab kruizlarga ham talab kam emas (ularga ayniqsa amerikalik turistlarda talab katta). Ushbu hududda barcha kruizlarning 70 % ga yaqini to‘g‘ri keladi. Asosiy jo‘nash portlari – Mayami, Lauperdeyl forti, Kanaveral porti, San-Xuan (Puerto - Rika) hisoblanadi. Uncha ko‘p bo‘lmagan reyslar Arubi va Sent – Martindan jo‘naydi. Keyingi vaqtlarda Shimoliy Amerika – Vankuverdan Alyaskaga yo‘nalishlar ommaviy tus olmoqda.

Qishda ikki yo‘nalish Karib va Janubi – Sharqiy Osiyo bo‘ylab kruizlar mustahkam o‘rin egallaydi, qaysikim eng yirik port Singapur hisoblanadi. Okeaniya, Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrika bo‘ylab marshrutlarga ham talab katta. Kruiz kompaniyalarining eng aldamchi takliflari dunyo bo‘ylab sayohat hisoblanadi. Bunday marshrutlar davomiyligi kamida uch oy, narxi 9 ming dollardan iborat. Bunday sayohatning bir qismini sotib olish ham mumkin.

Dengizdan farqli ravishda daryo kruizlari ob-havo injiqliklaridan xoliroq, qirg‘oq ko‘rinib turadi, axborotlar ishonchliroq. Bundan tashqari, turistlarda to‘xtab turish joylaridan foydalanish kabi ajoyib imkoniyatlar bor.

Yevropa hududida suv yo‘lida juda uzun kema yo‘llari tarmog‘i mavjud. Uning hududidan Sena, El’ba, Dunay, Reyn va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Ularning barchasi murakkab kanallar tizimi bilan tutashtirilgan. Bu esa daryo kruiz sayohati mashhurligi oshishiga imkon tug‘diradi. Daryo kruizlari bo‘yicha Germaniya birinchi, so‘ngra Buyukbritaniya, Gollandiya, Shveysariya va Avstriya kabi davlatlar yetakchi o‘rinlarni egallaydilar. Reyn va uning irmoqlari bo‘ylab (Mozel, Mayn, Nekker, Vezor) marshrutlar ko‘proq mashhur. Yevropada yetti mamlakat orqali oqib o‘tuvchi Dunay bo‘ylab kruizlarga talab juda katta. Mashhurligi jihatidan uchinchi o‘rinda Volga, Don ularning irmoqlari, ko‘llar va kanallar turadi. Bu marshrutlarga Chernobil atom elektrostansiyasi avariyasi, SSSRning tarqab ketishi va Rossiya hamda MDH mamlakatlaridagi beqaror iqtisodiy vaziyatlardan keyin talab kamayib ketdi.

Nil daryosi bo‘yicha kruizlar odatda nisbatan kengroq safarlarning dasturlari tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu yanada ko‘proq ekzotik kruizlarga talluqlidir: Amazonka bo‘ylab, Avliyo Lavrentiy va Yanszi daryolari bo‘ylab sayohat shular jumlasidandir. G‘arbda qisqa muddatli – davomiyligi besh kunlik daryo kruizlariga ayniqsa talab katta. Bu vaqt ichida turistlar biror marta ham mehmonxonalarni almashtirmasdan juda ko‘p joylarni tomosha qilishga ulgurishadi. Bunday kruizlar ayniqsa o‘rta va keksa yoshdagi kishilar uchun ko‘ngillidir:


Germaniya, Buyukbritaniya va Gollandiya daryolari bo‘ylab kruiz dasturlarini bajaruvchi kemalar bir palubali va ikki palubali bo‘lib, teploxodlar maxsus qurilgan yoki ayrim hollarda o‘zyurar birjalar bilan ta’minlangan. Teploxodlarning xususiyatlari shundaki, ularning hammasi past bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. Buning sababi shundaki, ko‘pchilik yo‘nalishda tor kanallar bo‘ylab o‘tadi, teploxodlar past ko‘priklar ostidan o‘tadi, kam suvli daryolarda bemalol suzadi. Shunga qarab, bunday kemalar sig‘imi uncha katta emas. Ammo ularning egalari o‘z kemalarini yanada shinam va qulay bo‘lishi uchun intiladilar, ularni barcha zarur narsalar bilan jihozlaydilar. Daryo kruizlari uchun ham bir yulduzli, ham lyuks klassdagi shinam teploxodlardan foydalaniladi.

Daryo kruizlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijozlar bilan amalga oshiriladi. Kema egalari – firmalar yoki ijarachi firmalar turmahsulotlarni o‘z byurolari, yoki ixtisoslashgan turistik agentliklar tarmog‘i orqali sotadilar (shu jumladan, avtobusda safarlari va safarni tashkil etuvchilar orqali).

Daryo sayohati tarixiy joylar, yodgorliklar boshqa diqqatga sazovar joylar bilan tanishish maqsadida ekskursiyalar tashkil etish uchun keng foydalaniladi, davomiyligi 24 soatdan kam emas. Bunday reyslar odatda portfloti kemalari bilan amalga oshiriladi va shahar atrofi va shahar ichkarisidagi zonalarda o‘tkaziladi. Temza (London), Sena (Parij), Neva (Sankt-Peterburg) daryolari bo‘ylab ekskursiyalar bunga harakterli misol bo‘la oladi. Odatda suvda ekskursiya uncha katta bo‘lmagan sayr paroxodlarida amalga oshiriladi va ba’zan «daryo traivili» deb ataladi.



  1. Download 390 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish