2- ma’ruza: turizmda transport vositalarining infratuzilmasi reja


Aviatsiya transporti. Dunyoning yirik aviakompaniyalari va aeroportlari



Download 390 Kb.
bet20/39
Sana31.12.2021
Hajmi390 Kb.
#198288
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Aviatsiya transporti. Dunyoning yirik aviakompaniyalari va aeroportlari.

Aviatsiya (havo) transporti jahon xo‘jaliginiing nisbatan tez va dinamik holda rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. U umumjahon transport tizimida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. Olis masofalarga turistik sayohat tashkil etishda (masalan, Shimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari yoki jahon makrohududlarining boshqa olisliklariga) aviatsiyada tashish amalda muqomli vositadir. Aviatsiya transportidan foydalanish shuningdek o‘rta (yer shari ko‘lamida) masofalarda tarqalgan (misol uchun, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarida). Ichki yo‘nalishlarda turistlarni samolyotda tashish ham ancha qulay hisoblanadi. Ayniqsa Rossiya, Xitoy, AQSH kabi yirik davlatlarda aviatsiyaning roli katta.

Jahonda 1300 dan ko‘proq aviakompaniyalar bor. Aviareyslarda har yili o‘rtacha 1.5 mlrd. kishi tashiladi. Xalqaro havo aloqalariga xizmat ko‘rsatishda jahonning 1 mingtadan ortiq aeroportlari ishtirok etadi. Ulardan 650 ga yaqini muntazam xalqaro havoda aviatashishlarni ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro tashish tarmoqlari barcha geografik hududlarni qamrab olgan va 190 dan ziyod davlatlarni bog‘laydi.

Tashish soni bo‘yicha Amerikaning Delta Airlines, Pan American,United, Fransiyaning Air France, Nemislarning Lufthansa, Britaniyaning British Airwuys Rossiyaning Aerofloti jahonning yirik aviakompaniyalari hisoblanadi.

Havo transporti uch darajada tartibga solinadi:



  • milliy – aviatashuvchilarni litsenziyalash, ham ichki, ham xalqaro marshrutlarda ishlaydi;

  • hukumatlararo – muntazam havo aloqalari tegishli mamlakatlar hukumatlari o‘rtasidagi bitimga asosan amalga oshiriladi;

  • xalqaro – muntazam reyslarga tariflar Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA)ning ishtirokchi aviakompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomaga vositachilik qilishi asosida (Avia yo‘nalishlar a’zolari uchun) yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan belgilanadi.

Aviatsiya ikki turga bo‘linadi: transport va umumga mo‘ljallangan.

Transport aviatsiyasi pochta va yuklarni, yo‘lovchilarni tashish (reysli tashish) kompaniyalaridan iborat.

Umumga mo‘ljallangan aviatsiya ham umum qabul qilingan, ham maxsus xizmatlardan iborat bo‘lib, olti toifaga bo‘linishi mumkin:

1. Charter reyslarni bajaruvchi havo taksisi;

2. Korxona va firmalarga tegishli ishlab chiqarish xodimlarini

tashish uchun samolyotlar shuningdek vertolyotlar;

3. Maxsus samolyotlar (aerosuratga olish, o‘t o‘chirish, tibbiy va h.k.);

4. Professional uchuvchilar trenirovkasi uchun;

5. Biznes va sayohat uchun xususiy samolyotlar;

6. Sport samolyotlari.

Aeroportlar muntazam reyslarga xizmat ko‘rsatadi: xalqaro, milliy va huquqiy. Turli firmalar va korxonalarning samolyotlari, shuningdek umumga mo‘ljallangan samolyotlarga. Aerovokzal binosi aeroportning o‘rta majmui hisoblanadi. Bu joyda yo‘lovchilar biletlarni sotib oladi va ularni, bagajlarni registratsiya (ro‘yxatga) oladilar.

Samolyotlardan tushirish, o‘tkazish amalga oshiriladi. Ko‘pchilik aerovokzallarda avtomobillarni ijaraga olish agentliklari, magazinlar, bufetlar, restoranlar, bank bo‘limlari bor.

Aviakompaniyalar bir butun turizmni shakllantiruvchi tizimning tarkibiy elementlaridan biri sifatida qarab chiqiladi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan holda ular turistik kompaniyalar bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish sari katta tayyorgarlik bilan boradilar. Bunday hamkorlik o‘zaro manfaatdorlikni ta’minlaydi, ya’ni bir tomondan turistik firmalarni puxta yo‘lga qo‘yilgan, tez va shinam vositalarda turistlarni tashishini ta’min qiladi, ikkinchi tomondan – avia reyslarni tijoriy yuklanishini kafolatlaydi.

Amalda (chegirmalar va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda) xizmat ko‘rsatish klassining turli ko‘rinishdagi katta soni mavjud. (15 - ilova). Milliy tashuvchilar yoki alohidagi aviakompaniyalar odatda turistlar uchun xilma-xil imtiyozlar belgilaydilar: mavsumiy, korporativ, guruhiy, bolali yo‘lovchilar, yosh kelin-kuyovlar, yoshlarga sotib olingan biletga bog‘liq holda, boradigan manzilda vaqtincha bo‘lish va boshq. Keyingi vaqtlarda aviakompaniyalar va mehmonxona zanjirlariga qo‘shma dasturlar amalga kiritiladi. Bu xizmatlar paketiga chegirma beruvchi, uchish va mehmonxonaga joylashishdan iboratdir.

Alohida kompaniyalar turistlarni jalb qilish maqsadida maxsus motivlar dasturini ishlab chiqmoqda. Ularning asosida doimiy mijozlarga xilma-xil chegirmalar, imtiyoz va qulayliklar berish yotibdi.

Masalan, Lufthansa kompaniyasining dasturi uning xizmatidan doimiy foydalanuvchi yo‘lovchilarga mo‘ljallangan. Dasturda ishtirok etish uchun maxsus blankani to‘lg‘ozish zarur. Qaysikim, uni aviakompaniyaning barcha vakolatxonalari hamda agentliklarida sotib olish mumkin. Bir oy ichida mijoz ishtirokchining shaxsiy raqami bilan maxsus kartochka oladi. Agar bir yilda yo‘lovchi kamida 50,000 mil uchgan bo‘lsa, u boshqa ko‘rinishdagi kartochka – Lufihansa Freguent Ttaveller Card oladi. 100000 mil Lufihansa Freguent Senator Cardni olish huquqini beradi.

Yo‘lovchining iqtisodiy – tejamkor klassda to‘plangan millari biznes klassda uchish chog‘ida avtomatik ravishda ikki barobar ko‘payadi va birinchi klass uchun uch martaga ortadi.

Mahalliy va qisqa Yevropa yo‘nalishlarida yo‘lovchiga tejamkor klassda kamida 500 mil, biznes klassda 1000 mil hisoblanadi. Uchish haqiqiy masofasi amalda kam bo‘lsa ham, bundan tashqari uzoq masofaga uchish chog‘ida «maxsus» millar hisoblanadi. Misol uchun, yo‘lovchi biznes-klassda Frank-Furtdan Nyu-yorkka uchadi. Masofa 3851 milni tashkil etadi. Bu raqam ikkiga ko‘paytiriladi, chiqqan natijaga «maxsus» 2500 mil qo‘shiladi. Shunday qilib Frank-furtdan Nyu-yorkda bir tomonga yo‘lovchi biznes – klassda o‘z hisobiga bir yo‘la 10202 mil oladi.

Aviakompaniya dasturi ishtirokchilariga quyidagi imtiyozlar va mukofatlarni ko‘zda tutadi:


  • Lufihansa va uning sheriklarining samolyotlari uchayotgan har qanday nuqtaga bepul uchish;

  • klassni oshirish;

  • otellarda yashash yoki ijaraga avtomobil olishda qo‘shimcha xizmatlar;

  • kompaniya o‘quv markazlariga tashrif buyurish uchun super-mukofat;

  • havo sharida sayr;

  • Yevrodisneylend (Parij yoki boshqa safarlarga imkon).


  1. Download 390 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish